Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#technoways_marafoni
#yoshlar_akademiyasi

⚡️Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun “
TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 8–11-oktyabr kunlari Nukus shahrida TechnoWays texnologik rivojlanish marafoni tashkil etiladi.


Marafonda yoshlarning muhandislik yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, innovatsion, texnologik va startap loyihalarini saralab olish hamda qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

30 yoshdan oshmagan va qoraqalpog‘istonlik iqtidorli yoshlar;

Muhandislik sohasida ilmiy-innovatsion loyiha prototipi yoki mahsuloti bo‘lishi;

Bir ishtirokchi bitta loyiha bilan ishtirok etishi lozim.

Loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

marafonda ishtirok etayotgan loyihaning ilmiy-innovatsion yangiligi;

loyiha prototipining amaliyotga joriy etishga tayyorlik darajasi;

loyihaning mavjud analoglardan farqi;

loyihani joriy etishdan kutilayotgan natijaning muhimlilik darajasi.

🔖 MARAFON NIZOMI👈

Marafonda g‘olib deb topilgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📩 Ariza yuborish

Arizalar 29-sentyabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998912259000

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4