Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#Tanlov_2024
#Olima_Ayollar

📢 Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qabul qilish uchun “Olima ayollar” tanlovi 86-turi e’lon qilinmoqda
.

💡Tanlov doirasida ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ilmiy loyihalar fan yo‘nalishari kesimida ajratiladigan kvotalar asosida saralab olinadi.

📥Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali
2024-yilning 1-mayga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

👉BATAFSIL

🕰 Murojaat uchun tel:
+998996664314
Telegram:
@Mr_shohfizik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munozara #tanlov

Bugun Qarshi davlat universitetida "Munozara" intellektual tanlovining hududiy bosqichi tashkil etildi. Mazkur bosqichda viloyatning 6 ta oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan jamoalar "Sun'iy intellekt ayrim kasblar qisqarishiga sabab boʻladi", "Diplom muvaffaqiyat garovi emas", "Internetni cheklash foydali" mavzularida bahs olib bordilar.

Hakamlarning yakuniy qarorlariga ko'ra, birinchi o'rinni Qarshi davlat universiteti jamoasi qo‘lga kiritdi. Shahrisabz davlat pedagogika instituti jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi uchinchi o‘rin nasib etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_teatr_studiyasi
#tanlov #final #Qaqnus_g'olib


Bugun har qancha quvonsak arziydi...!!!

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉25👍7👏2
#e’lon #tanlov #chellenj

📣 “Men tugʻilgan maskan” chellendjida ishtirok eting!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Oʻzbekligim- oʻzligim” NNT bilan hamkorlikda milliy tanlov“Men tugʻilgan maskan” chellenjiga start beradi.

Tanlovda qatnashish sharti juda oddiy:
✔️ O‘zi tugʻilgan shahar, qishloq yoki ovulingizdagi milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar haqida kreativ reels tayyorlaysiz;
✔️ Instagramdagi “O‘zbekligim-oʻzligim” profilini belgilaysiz va #men_tugilgan_maskan xeshtegini postga yozasiz.

Gʻoliblar eng koʻp layk va koʻrishlar soniga qarab aniqlanadi.

❗️Bosh sovrin noutbuk!

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi to‘lqini uchun arizalar qabuliga start berildi!


Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Tanlov asosiy va maxsus yo‘nalishlarga bo‘linadi.

Tanlovning asosiy yo‘nalishi quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar;
2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
3. MicroSaaS va AdTech;
4. Kompyuter va mobil o‘yinlar;
5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar.

📢 Maxsus yo‘nalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni o‘z ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat.

Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi:
1-o‘rin — $100,000
2-o‘rin — $50,000
3-o‘rin — $30,000

Tanlovning rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishingiz, asosiy yo‘nalishlar, o‘tkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍8🔥2👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent2024 #tanlov_ustuvorligi #foydali_tavsiya

📹 Ushbu video “Tanlov ustuvorligi nima?” deb so‘rayotgan abituriyentlar uchun

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍2
#stipendiya #tanlov

⚡️Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi

Qarshi davlat universitetida Prezident va nomli davlat stipendiyalariga nomzod talabalar uchun tanlovning oliy ta'lim bosqichi sinov jarayonlari bo'lib o'tdi.

Sinovlar avvalida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.Bekpulatov Prezident va nomli davlat stipendiyalarining ahamiyati, tanlov bosqichlari va talablari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Tanlovning ilk bosqichida Qarshi davlat universitetining 3 nafar magistrant va 41 nafar bakalavr bosqichi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Islom Karimov, Navoiy, Ulug‘bek, Bobur nomli davlat stipendiyalariga da’vogarlik qilmoqda.

Talabgorlar O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni bilish darajasi doirasida maxsus komissiya a'zolari tomonidan suhbatdan o'tkazildi. Sinovdan yuqori natija bilan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirokini davom ettiradi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸   Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
#tanlov

⚡️“Xorijiy tillar” fan olimpiadasining universitet bosqichi o’tkazildi

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu olimpiada tanlovi ham iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi va qo‘shimcha imkoniyatlari desak mubolag‘a bo‘lmaydi, albatta.

Mazkur tanlovning universitet bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Talabalar tomonidan ixtiyoriy variant savollari olindi va tayyorgarlik ko‘rishlari uchun vaqt ajratildi. Belgilangan vaqt tugaganidan so‘ng suhbat shaklida savol-javoblar o‘tkazilib, komissiya a’zolari tomonidan har bir talabaning natijasi ochiq va oshkoralik tamoyiliga asosan baholari o‘z o‘rnida belgilangan tartibda e’lon qilindi.

Mazkur tanlovning universitet bosqichida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

“Ingliz tili” fanidan:
1-o‘rin. Komilova Charos Ilhom qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,
2-o‘rin. Yarasheva Fero‘zabonu Ravshan qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,
3 -o‘rin. Rustamova Mohinur Xurshid qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
“Fransuz tili” fanidan:
1-o‘rin. Ulug‘bek Rabbimov Tolib o‘g‘li Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi,
2-o‘rin. Hasanova Aziza Akmal qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,
3-o‘rin. Quvatova Ruxshona Yunus qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.
“Nemis tili” fanidan:
1-o‘rin. Dilinur Polvonova Alisherovna Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi,
2-o‘rin. Shavkatova Mohigul Raman qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi,
3-o‘rin. Abdullayeva Munisa Quvondiqovna Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Universitet bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga talabalar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldilar. Respublika bosqichi g’oliblari esa tegishli ravishda bazaviy stipendiyaning 5, 4, 3 baravari miqdorida pul mukoflari bilan taqdirlanadi hamda qonunchilikka muvofiq magistraturaga qabul qilinishi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasiga tavsiya beriladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🎉7🔥1👏1
#tanlov

⚡️Pazanda qiz – oila ko‘rki

11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan Filologiya fakulteti 10-sonli talabalar turar joyida “Pazanda qiz – oila ko‘rki” mavzusida pazandachilik tanlovi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Saydullayeva mamlakatimizda xotin-qizlarimizning ta’lim olishi, ularni har tomonlama yetuk insonlar, jamiyat tarbiyachilari bo‘lib ulg‘ayishlari uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilganligi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Sh.Ashurova, tarbiyachi-pedagog M.Rahmonovaning bevosita tashabbusi ostida tashkil etilgan tanlovda ishtirokchi qizlar tomonidan tayyorlangan taomlar - sifati, ta’mi, tayyorlash texnologiyasining o‘ziga xosligi asosida baholandi. Tadbir yakunida mahoratli qatnashchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1
#tanlov

Qarshi davlat universitetida “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi tashkil etildi. Tanlovda 25 nafar talaba test, annotatsiya, kitobxonlkik va mutolaa ma’daniyatini keng targ’ib qilish shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Ismigul Samadova 1-o‘rinni egallab respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Pedagogika fakulteti 1-bosqich talabasi Mukarram Xushvaqtova 2-o‘rinni va Xorijiy tillar fakulteti 1-bosqich talabasi Qilicheva Nilufar 3-o‘rinni egalladilar. G‘olib va sovrindorlar rag‘batlantiriladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🎉7
#tanlov #hududiy_bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba va o‘quvchilar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, davlat tilining nufuzini mustahkamlash, yoshlar orasida o‘zbek tiliga hurmatni oshirish maqsadida “Til bilimdonlari” respublika ko‘rik-tanlovi o’tkazilmoqda. Bugun Qarshi davlat universitetida mazkur tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlabki saralash bosqichidan yuqori ball bilan o‘tgan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalaridan 18 nafar talabalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Hududiy bosqichda ishtirokchilar mas’ul kuzatuvchi nazorati ostida o‘z telefonlari orqali saralash bosqichida bo’lgani kabi o‘zbek tili imlo qoidalari, tinish belgilarining qo‘llanilishi, savodxonlik va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha tuzilgan jami 50 ta test savollarini ishladilar va har bir testga javob berish uchun 40 soniyadan vaqt belgilandi. Tez orada yakuniy natijalar e’lon qilinadi. Ma’lumot uchun, tanlov nizomiga ko‘ra, respublika final bosqichida hududiy bosqichlarda 1-2-3-o‘rinni egallagan qatnashchilar ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1🎉1
#tanlov

➡️ Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajarilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida olib borilishi belgilangan vazifalarni bajarilishida ilmiy yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar tanlovi e’lon qilinmoqda.

Mazkur tanlovning fan yoʻnalishlari va amaliy loyiha mavzulari:

1️⃣Veterinariya va chorvachilik fanlari
➡️Fitoterapiya veterinariya-yirik shoxli hayvonlarda tugʻruqdan keyingi endometritlarni davolash va oldini olishda iqtisodiy samaradorligi yuqori boʻlgan mahalliy dori vositalarini yaratish;
➡️Orolboʻyi hududlarida asalari boqishning oʻziga xos yangi texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️Orolboʻyi hududida saksovullar orasida mahalliy yantoq turlarini koʻpaytirish texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️Orolboʻyi hududlarida chorva uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha namunaviy texnologik xaritalarni ishlab chiqish;
➡️Orolboʻyi hududida baliqchilik sohasida baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarni ishlab chiqish.

2️⃣Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari
➡️Orol dengizining qurigan tubida tabiiy iqlim, va tuproq sharoitining oʻzgarishiga moslashini hisobga olgan holda shoʻrga chidamli boʻlgan ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish;
➡️Janubiy Orolboʻyi tabiiy va ekologik sharoitlarini hisobga olgan holda noanʼanaviy qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️Qoraqalpogʻistonning shoʻrlangan tuproqlari sharoitida paxta va gʻalla ekinlarini har xil organik (baktomin, plantastim, sporagin, fosfomaks, green fulvika, eko root) ozuqalarni qoʻllagan holda yuqori hosil olish agrotexnologiyasini ishlab chiqish;
➡️Masofadan turib Orolboʻyi zonalarining tuproq xususiyatlarini aniqlash uchun kosmik tasvirlarni spektral tahlil qilish;
➡️Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish, yuqori mahsuldorlik salohiyatiga erishish, tuproq unumdorligini tiklash texnologiyasini ishlab chiqish;
➡️Orolning qurigan tubida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos qashqarbeda, oq joʻxori, xashaki lavlagi, javdar kabi chorva uchun ozuqabop ekinlar navlarini yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish;
➡️Kuzgi bugʻdoyning yangi navlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasida turli tuproq iqlim sharoitida yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish;
➡️Yumshoq bugʻdoyning markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyasi asosida Qoraqalpogʻiston
Respublikasi tuproq-iqlim sharoitiga mos shoʻrga va qurgʻoqchilikka chidamli, yuqori hosildor yangi navini yaratish.

3️⃣Filologiya va ijtimoiy fanlar
➡️Qoraqalpoq zamonaviy ijrochilik sanʼati va folklori namunalari jamlangan elektron platforma yaratish.

▶️ Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar loyiha.ilmiy.uz manzili orqali 2024-yilning 10-dekabrga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.

➡️Tanlov shartlari.

Batafsil ma'lumot
https://innovation.gov.uz/contest/post-1784

Murojaat uchun: Ramazon Nurmamatov
📞 +99897 744 03 92

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#tanlov

⚡️G‘oya - tahlil - natija

Kimyo-biologiya fakulteti Noorganik kimyo kafedrasi dotsenti N.Jo‘raqulova tashabbusi bilan kimyo ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi g‘oya” mavzusida tanlov o‘tkazildi.

Taqdimotlar orqali bayon etilgan mazmunan mukammal va tahliliy yechimga ega g‘oyalar hakamlar tomonidan xolisona baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Gavhar Azizboyeva birinchi o‘rinni egalladi. Dildora Eshturdiyeva ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nozima Sharipovaga uchinchi o‘rin nasib etdi. G‘oliblar pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3🎉2🤩2
#tanlov

Fizika fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “Milliy naqshlar dizayni” mavzusida tanlov o‘tkazidi. Unda qatnashchilar tanishtiruv, milliy naqishlar chizish va ta`rif berish kabi shartlari asosida bellashdi. Yakunda g‘olib talabalar e’tirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11
#milliylik #tanlov

Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy liboslarimizni asrab-avaylash va yosh avlod o‘rtasida keng targ‘ib targ‘ib qilish hamda tasviriy san’at va moda dizayni uyg‘unligini namoyon etish maqsadida San’atshunoslik fakultetida rasmlar tanlovi tashkil etildi. “Eng yaxshi milliy libos dizayni” va “Eng yaxshi libos tasviri (rasm)” nominatsiyalarida bellashgan talaba qizlarga sertifikat va diplomlar topshirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥5🤩2
Forwarded from Edu.uz
#tanlov #kelajak_muhandislari

🔻“3D modellashtirish” tanlovida qatnashing!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli musobaqalar va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 14–15-aprel kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “3D modellashtirish” yo‘nalishida tanlov bo‘lib o‘tadi. Unda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar qatnashishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin uchun: noutbuk 💻
🥈2-o‘rin uchun: planshet 💻
🥉3-o‘rin uchun: printer. 🖨

❗️ Eslatib o‘tamiz, rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish

📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
🗓 Sana: 14–15-aprel
🕖 Soat: 9:00

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥1
#tanlov

Xabar berilganidek, bugun oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar hay’atining bergan baholariga ko‘ra, Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili) 024-1-guruh talabasi Avlaqulova Dilnura Karimqul qizi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning hududiy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍12🔥2
#tanlov

Bugun, 20-may kuni oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Eng yaxshi esselar” Respublika tanlovining hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Jumladan, Qarshi davlat universitetida ham viloyatdagi barcha davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari markazlashgan holda tanlovda ishtirok etdi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍14🔥3
Forwarded from Edu.uz
#Eʼlon #Tanlov

📣 Diqqat! Xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda!

O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida “Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida xalqaro tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tanlov Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunjahon tashqi savdo akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

📌 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ijtimoiy-iqtisodiy, menejment va yuridik sohalarning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari.

🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 2025-yil 11-iyun

Batafsil ma’lumot va taqdimot shakli bilan tanishish uchun havola:
👉 https://rouz.vavt.ru

Aloqa uchun:
🔹 @nctms

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Edu.uz
#tanlov

“Anor” yozgi dam olish oromgohi uchun tanlov

“Vatandoshlar” jamoat fondi xorijda yashayotgan o‘zbek yoshlari uchun quvonarli yangilik bilan chiqdi — fond tomonidan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh vatandoshlar uchun O‘zbekistonda tashkil etiladigan “Anor” yozgi dam olish oromgohi uchun tanlov e’lon qilindi.


Tanlovga kimlar qatnasha oladi?

Mazkur tanlov xorijda istiqomat qilayotgan 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘zbek millatiga mansub bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan. Ushbu oromgoh ular uchun ona Vatan bilan yaqindan tanishish, o‘zbek tili, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini chuqurroq anglashga keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, yoshlar yangi do‘stlar orttirib, unutilmas taassurotlar bilan qaytadilar.

“Anor” oromgohi — bu nafaqat hordiq, balki ma’naviy o‘sish, til va madaniyatni o‘rganish, o‘zlikni anglash sari muhim qadamlardan biridir.

✈️ Xorijdagi yaqinlaringizga yuborib qo‘ying.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🎉3