Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#tadbir

Bugun, 1-may kuni, Xorijiy tillar hamda Matemetika va kompyuter ilmlari fakulteti dekan o’rinbosarlari A.Jo’rayev, X.Murodov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va talabalar ishtirokida “Biz – korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mavzu yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i Xolmumin Ismatov o’z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#tadbir

Bugun, 6 may kuni, Fizika hamda Kimyo-biologiya fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari N.Odilova, R.Yo‘ldosheva tomonidan “Olima rahbar ayol” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida “Lider qizlar klubi”ni tashkil qilish va klubda olib borilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#tadbir

⚡️10-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Sh.Usmonov tomonidan "Men do‘stimga kitob sovg‘a qilaman" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda ishtirokchi talabalar  qiziqarli shartlarni bajarish asnosida bir-birlariga kitoblar sovg‘a qilishdi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍4🎉3
#tadbir

⚡️Issiqxona, innovatsiya, talaba

Geografiya va agronomiya fakultetida “Issiqxona, innovatsiya, talaba” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda fakultet dekani A.Xayriddinov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Islomov, fakultet dotsenti B.Shokirov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari B.Majidov, R.Qurbonov, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish ta’lim yo‘nalishi talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda hamda dunyo bo‘yicha qurilayotgan issiqxonalar, ularda yetishtirilayotgan sarhil sabzavotlar, ko‘katlar hamda sitrus mevalarni yetishtirish bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida o‘zining bilimi bilan kursdoshlariga namuna bo‘layotgan talabalarga va ularning ota-onalariga fakultetning tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🤩1
#tadbir

⚡️Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!

Bugun, 17-may kuni, S.Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi, Xonobod qo‘rg‘oni 10329-Harbiy qism harbiylari, Qarshi davlat universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali mas'ullari va talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassisi N.Sattorova, QarDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi L.Rustamov, TATU Qarshi filiali Kompyuter injenering fakulteti tyutori J.Husanov mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#tadbir

⚡️Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

Joriy yilning 21-may kuni Qarshi davlat universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Qashqadaryo viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i R.Ravshanov, Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot bo‘limi bosh maslahatchisi N.Sattorova, “Kolumbiya madaniy instituti” tomonidan “Lotin Amerikasi faxriy fan doktori”, “Ta’lim fidoyisi” ko‘krak nishoni sovrindori, xalqaro psixolog S.Islamova, Toshkent davlat yuridik universiteti dekan o‘rinbosari Sh.Bobodo‘stov va universitet talabalari, Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi yuristkonsulti N.Shodixonov taklif etildi.

Tadbirda “O‘smirlar dunyo qarashining shakllanishda korrupsion holatlarning ta’siri”, “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!” kabi qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan qisqa savol-javoblar o‘tkazilib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi. Tadbir yakunida, shuningdek, “Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq!” mavzusida “Eng yaxshi insho” nominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan insholar tanlovi hamda “Korrupsiyasiz hayot sari!” mavzusida “Eng yaxshi targ‘ibot materiali” nominatsiyasi bo‘yicha videoroliklar tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1🤩1
#tadbir

23-may kuni Iqtisodiyot hamda Tibbiyot fakultetlarining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari M.Ostanova, M.Muhammadiyeva tomonidan “Ilmli ayol - jamiyat ko‘rki” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ilmli ayolning jamiyat va oiladagi o‘rni hamda ahamiyati to‘g‘risida fikrlar bildirildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#tadbir

⚡️Xorijiy tillar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Nekboyeva tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida "Hamshira ko‘rigida bir kun" mavzusida tadbir o‘tkazildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏2
#tadbir

⚡️Maxtumquli – o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi ramzi

Bugun Qarshi shahar Madaniyat markazida Respublika ma’naviyat va maʼrifat markazi Qarshi shahar boʻlinmasi, “Oltin me’ros” xalqaro xayriya jamoat fondi viloyat boshqarmasi, Qarshi shahar madaniyat boʻlimi, “Nuroniy” jamgʻarmasi Qarshi shahar boʻlimi, Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi va Qarshi davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi hamkorligida ulug’ turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog’iy tavalludining 300 yilligiga bag’ishlab “Maxtumquli - Vatan va xalq kuychisi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ma’ruzalarda Maxtumquli Firog‘iy ijodining betakrorligi, o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda shoir ma’naviy merosining tutgan o‘rni beqiyos ekaniga e’tibor qaratildi. Kecha davomida mutafakkir she’rlari asosida yaratilgan qo‘shiqlar ijro etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_o'quv_yili
#tadbir #no_comment


⚡️Qarshi davlat universitetida “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉22👍17🤩5🔥4👏2
#tadbir

Bugun Xorijiy tillar fakultetida “Jinoyatchilikni oldini olish va korrupsiyaviy holatlarni sodir etmaslik” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Srajiddinova, profilaktika inspektori D.Ro’ziyeva, dekan o’rinbosari X.Murodov, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.Suyarova, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari E.Mustafayev, O.Azizov va fakultetning 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlarimizning, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy ongini rivojlantirish, ularni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelajakka bo‘lgan ishonchini va fidoiyligini oshirish borasida ma’ruzalar eshitildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
#tadbir

Bugun Tarix fakultetida tashkil etilgan davra suhbatida ta’lim muassasalariga oid odob-axloq tushunchasini shakllantirish va takomillashtirib borish, talabalarni universitet va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, kiyinish, muomala va xulq-atvorga bo‘lgan talablarni o‘rgatish borasida so‘z bordi.

Tadbirda universitet profilaktika inspektori D.Ro`ziyeva, fakultet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Karimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari va birinchi kurs talabalari ishtirok etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏1
#tadbir

Yosh avlodda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biridir. Shu ma’noda ta’lim muassasalari tarbiya maskani ham hisoblanadi.

Bugun, 17-sentyabr kuni, Kimyo-biologiya fakulteti Kimyo ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish" mavzusida targʻibot tadbiri o‘tkazildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#tadbir

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi (sirtqi ta’lim shakli) 5-bosqich talabalari ishtirokida “Mehrjon” bayram tadbiri o‘tkazildi. Oltin kuzda pishib yetilgan mevalardan tayyorlangan ko‘rgazmalar va ishtirokchilar chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz berdi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2
#tadbir

25-sentyabr kuni 10-sonli talabalar turar joyida tarbiyachi-pedagog M.Rahmonova va Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Sh.Ashurova boshchiligida 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati  bilan "Sizga ta'zim aziz ustozlar" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan faol   talabalarga tashakkurnoma  va  kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tadbir #videolavha

⚡️Turizm taraqqiyotga yo‘l ochadi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 18-iyul sanasidagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-269-sonli qarori ijrosi hamda 27-sentyabr
“Xalqaro turizm kuni" munosabati bilan Qarshi davlat universitetining yangidan foydalanishga topshirilgan Turizm amaliyot markazida tadbir tashkil etildi.

Unda viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo’yicha o’rinbosari A.Zakirov, Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori M.Abdulhayirov, Toshkent davlat transport universiteti professor-o’qituvchilari, viloyatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti vakillari, Qashqadaryo viloyati yosh turizm elchilari kengashi a’zolari hamda Iqtisodiyot fakulteti Turizm va marketing kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida turizm sohasida “Dual ta'lim”ni tashkil etish, nazariya va amaliyot uyg’unligini ta'minlash maqsadida hamkorlik shartnomalari imzolanidi va Yosh turizm elchilari faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir yakunida kelishilgan hamkorlik istiqbolini davom ettirish belgilab olindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥4🎉1🤩1
#tadbir #jarayon

1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori M.Salomova tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida qiziqarli viktorina tashkil etildi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#tadbir

7-oktyabr kuni Tibbiyot fakulteti Davolash ishi va pediatriya kafedrasi o'qituvchisi, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo'yicha Qashqadaryo viloyati filliali vrach-narkologi M.Qayumov, Yoshlar bilan ishlash bo'limi tyutorlari va talabalar ishtirokida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ularga ruju qo‘yish ortidan ayanchli oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
#tadbir

16-oktyabr kuni Kimyo-biologiya fakultetida "Biz zoʻravonlikka qarshimiz" mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda universitet profilaktika inspektori D.Roʻziyeva, fakultet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi R.Yo‘ldosheva, Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutori Sh.Ernazarova, Geografiya va agronomiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi S.Xoliqova hamda kimyo taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabalari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilib, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlashda huquqiy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar tadbir ma'ruzalarida aks etdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2🔥1
#tadbir

⚡️Korrupsiyasiz sog‘lom jamiyat sari

Jamiyat uchun eng xatarli illatlardan biri korrupsiyadir. U qonun ustuvorligi va adolatning izdan chiqishi, davlat organlariga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi. Filologiya fakultetida “Korrupsiyasiz sog‘lom jamiyat sari” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini bohqarish bo’limi bosh mutaxassisi Sh.Ahmedov, fakultet professor-o‘qituvchilari, filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), kutubxona-axborot faoliyati, amaliy filologiya yo‘nalishlari 4-kurs talabalari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar korrupsiyaviy holatlar tufayli yuzaga keladigan tahdidlar, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash, ayniqsa inson huquqlari va erkinlarini ta’minlashda ushbu illatning ta’siri, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish omillari xususida to‘xtaldilar. Qatnashchilar nafaqat bugun, balki kelgusida ham har qanday sharoitda bo‘lmasin, bunday jinoyatlardan ogoh bo‘lishlari, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashishlari kerakligi xususida ta’kidlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4