Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#Soʻragan_edingiz

📢 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri hamda vazir oʻrinbosarlarining murojaatlar platformasi orqali kelib tushgan savolga javob

85-SAVOL:
Magistratura ta’lim bosqichidagi kirish imtihonlarida, ya’ni mutaxassislik yo‘nalishi imtihoniga homiladorlik sababli (tug‘ruq bo‘lganligi) belgilangan kuni qatnasha olmagan taqdirda imtihon uchun qo‘shimcha kun ajratilishi mumkinmi?

JAVOB:
Normativ-huquqiy hujjatlarda mazkur holat bo‘yicha ma’lum bir tartib belgilanmagan. Ammo bu holatda talabgor tegishli OTMga uzrli sababini ma’lum qilgan holda imtihonni (faqat) oldinroq kunga o‘tkazishni so‘rab, rasmiy tarzda murojaat qilish tavsiya etiladi (tug‘ruq jarayonidan avval).

86-SAVOL:
Test imtihonlari javoblari e’lon qilinganidan so‘ng, yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan kontraktni to‘lash uchun qayerga murojaat qilishlari kerak?

JAVOB:
Test sinovlaridan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni amalga oshrish uchun qaysi oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirgan bo‘lsalar, o‘z tanlovlariga ko‘ra tanlagan oliy o‘quv yurtlariga bevosita murojaat qilishlari mumkin.

87-SAVOL:
Oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kira olmasam test sinovlarida toʻplagan ball bilan texnikumga kirish imkoniyati mavjudmi?

JAVOB:
Texnikumlarga joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun test sinovlarida ishtirok etib, tegishli ball toʻplagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi. Mazkur toifadagi abituriyentlar texnikumlarga oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Bunda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar texnikumlardagi test sinovida ishtirok etishi yoki etmasligini texnikumga hujjat topshirishda maʼlum qiladi.
〰️〰️〰️〰️
🔄 Quyida bugungacha berilgan savollarga javoblar bilan tanishing👇
1-4 | 5-7 | 8-11 | 12-15 | 15-20 | 21-23 | 24-27 | 28-31 | 32-35 | 36-39 | 40-43 | 44-47 | 48-52 | 53-57 | 58 | 59-60 | 61-63 | 64-66 | 67-69 | 70-72 | 73-74| 75-76 | 77-78 | 79-81 | 82| 83-84 |

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Soʻragan_edingiz

SAVOL:
Assalomu alaykum, natijalar ham chiqdi. Jiyanimga „Shartnoma bilan tavsiya qilindi“ deb xabar keldi. Xotin-qizlar uchun beriladigan tavsiyanomasi bor edi. Grantga kirmaydimi? L'gota (imtiyoz)ni ham hisobga olinganligini qayerdan bilamiz endi?

JAVOB:
Avvalo jiyaningiz talaba boʻlgani bilan tabriklaymiz.

Tartibga koʻra, ushbu tavsiyanomaga ega abituriyent toʻplagan balliga qoʻshimcha ball berilmaydi. Balkim, hududlar kesimida ajratilgan imtiyozli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. Masalan, joriy yil Qashqadaryo viloyati uchun 193 (Respublika boʻyicha 2000) nafar tavsiyanomaga ega talabalar uchun qoʻshimcha grant oʻrinlari berildi.

Agar abituriyent shu kvota doirasida yuqori ball toʻplay olmagan boʻlsa, u umumiy tartibda hamma qatori davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatga ham ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jiyaningiz toʻplagan ball tavsiyanomaga ega talabgorlar orasida hududlar kesimida oʻtish baliga yetarli boʻlmagan (“l'gota”si kuygan), ammo umumiy tartibdagi kvotada tanlagan beshta yoʻnalishning ketma ketligiga koʻra bittasiga toʻlov-kontrakt uchun yetarli ball hisoblangan va talabalikka tavsiya etilgan.
©Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

Abituriyentlarga yuboring👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
Forwarded from Edu.uz
#Saylov_24_10_2021 |#Soʻragan_edingiz

Savol:
Doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun o‘z saylov uchastkasiga borishi kerakmi?

JAVOB:
Yoʻq. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qoʻshimcha imkoniyat yaratildi. Endilikda saylovlarda ovoz berish uchun talabalar oʻz saylov uchastkasini oʻzgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin.
———————————
➡️ Oʻz saylov uchastkangizni aniqlash uchun havolaga oʻting

➡️ Saylov uchastkangizni almashtirish uchun murojaat joʻnatmoqchi boʻlsangiz
mana bu havolaga oʻting

👉🏻 Telegram - Facebook - Instagram - You Tube - Twitter - Portal
Forwarded from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz

122-SAVOL:
Assalomu alaykum, men kollej.edu.uz orqali hujjat topshirdim. Aytishlaricha imtihonsiz oʻqishga qabul qilinishim mumkin ekan. Shunday boʻlishi mumkinmi? Yoki imtihon boʻladimi?

JAVOB:
Amaldagi tartibga asosan, kollejlar, texnikumlarga kasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha abituriyentlar tomonidan tushgan arizalar soni davlat buyurtmasi parametrlari bilan teng bo‘lganda, abituriyentlar tanlovsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi. Ammo, agarda kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha tushgan arizalar soni tasdiqlangan kvotadan ortiq boʻlganda kirish imtihonlari kasb va mutaxassislik xususiyatiga koʻra test sinovlari, kasbiy (ijodiy) yoki yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz|#Call_center

Vazirlik “Call-center”iga eng ko‘p kelib tushayotgan savollardan

123-SAVOL:
Assalomu alaykum! Men Toshkentdagi unversitetga o‘qishga kirdim. Toshkentda ijarada yashash uchun imkonim yo‘q. Kirgan universitetim yotoqxonasidan joy olmoqchiman. O‘zi qanday mezonlar asosida yotoqxonadan joy ajratiladi?

JAVOB:
Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish boʻyicha asosiy mezonlar quyidagilar:

Kam ta’minlangan oila farzandlari;

Boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oila a’zosi;

I va II guruh nogironligi boʻlgan talaba;

Toʻliq davlat ta’minotida boʻlganlar (chin yetim);

Oilasida 2 va undan ortiq toʻlov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talaba;

“Temir daftar”ga tushgan oila farzandi;

Ota-onasining doimiy ish joyi mavjud boʻlmagan talaba;

Oilasida I va II guruh nogironligi yoki surunkali kasallik bilan davolanadiganlar boʻlgan talaba.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
___
Kanallarimizga ulaning 👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz

125-SAVOL:
Men bu yil o‘qishga kirolmadim, ammo super kontrakt asosida o‘qimoqchiman. Super kontraktga arizamni elektron tarzda yo‘llab, shartnomamni ham elektron shaklda rasmiylashtirmoqchi edim, ammo ariza to‘ldirishda ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnoma turini tanlash so‘ralyapti. Shular haqida batafsil ma’lumot bersangiz.

JAVOB:
Avval xabar qilganimizdek, joriy o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali elektron shaklda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Mazkur platforma orqali oliy ta’lim muassasalarida tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomasiga ariza berish jarayonida ikki yoki uch tomonlama shartnoma turini tanlash lozim.

Bunda:
Ikki tomonlama shartnomaOTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Unda tabaqalashtirilgan shartnoma to‘lovi abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi tomonidan to‘lanadigan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak bo‘ladi.

Uch tomonlama shartnoma — OTM, abituriyent va uchinchi tomondan esa biror-bir yuridik yoki jismoniy shaxs o‘rtasida tuziladi. Unda tabaqalashtirilgan shartnoma to‘lovi abituriyent yoki talaba yoxud ularning ota-onasi tomonidan emas, balki biror-bir tashkilot (masalan, bank yoki abituriyent ota-onasining ishxonasi) orqali to‘lovni amalga oshirish imkoni bo‘lgan taqdirda, uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak bo‘ladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz

126-SAVOL:
Farzandim Jizzax shahridagi akademik litseyga o‘qishga topshirgan edi. Ammo o‘qishga kirolmabdi. O‘g‘limning aytishicha, savollarning ko‘pchiliga to‘g‘ri javob bergan. Shuning uchun apellyatsiyaga bermoqchimiz, shunga qayerga murojaat qilishimiz kerak?

JAVOB:
Akademik litseylarga kirish imtihonlari natijasidan norozi bo‘lgan abiturientlar test topshirgan ta’lim muassasasining o‘ziga yozma ravishda murojaat qilgan holda apellyatsiya arizasini qoldirishlari mumkin.

Apellyatsiya arizasini test topshirgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida apellyatsiya komissiyasiga berish huquqiga ega.

Shikoyat arizasi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat nomzod ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Nomzod pasporti yoki ID kartasi (tug‘ilganlik haqida guvohnoma bilan nomzodning shaxsini tasdiqlovchi fotosurati yopishtirilib, muhrlangan maktab ma’lumotnomasi) va nomzod ruxsatnomasi bilan xabarnomada belgilangan kunda kelishi shart.

Nomzod taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘z tahlilini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilingan test materiallari bilan birga Apellyatsiya komissiyasiga topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, apellyatsiya arizalari 25-sentabrga qadar (shu kuni ham) test topshirilgan ta’lim muassasida tuzilgan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
_
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2022
#soʻragan_edingiz

⚡️2022/2023-o‘quv yili uchun Javoblar varaqasi

🔰 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2022/2023-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

👆Javoblar varaqasining namunasi bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

➡️ Kvotalar va oʻtish ballari @eduuzuniversalbot'da

Bizni kuzating:👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz

📢@eduuzuniversalbot hamda vazirlik ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifa izohlarida qoldirilgan savollarga javoblar

SAVOL:
Magistratura qishki qabul natijalari qachon eʼlon qilinadi?

JAVOB:
Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tekshirish maʼlum vaqt talab etishini inobatga olib, natijalar fevral oyining birinchi 10 kunligida eʼlon qilish rejalashtirilgan.

SAVOL:
Kontrakt-shartnomalarini qayerdan olsam boʻladi?

JAVOB:
Toʻlov-shartnomalarini kontrakt.edu.uz sayti orqali olish mumkin. Saytdan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bu yerda.

SAVOL:
Oʻqishimni Tojikistondagi universitetdan perevod qilmoqchiman. Hozir hujjatlarimni topshirsam boʻladimi?

JAVOB:
Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlaridan mamlakatimiz davlat OTMga oʻqishni koʻchirish amaldagi tartibga muvofiq, faqat iyul-avgust oylarida tashkil etiladi.

Qishki davrda esa 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishni koʻchirishga ruxsat beriladi.

Maʼlumot oʻrnida, uzrli sabablarga koʻra oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan 20-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Soʻragan_edingiz

📢@eduuzuniversalbot hamda vazirlik ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifa izohlarida qoldirilgan savolga javob

SAVOL: Assalomu alaykum, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bu yil qanday tartibda bo‘ladi? Batafsil ma’lumot berolasizmi?

JAVOB: Prezidentning 279-son qaroriga muvofiq talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilgan:

▶️xorijdagi (jumladan, TOP-1000 talikdan o‘rin olgan) OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mumkin;

▶️ko‘chirish imtihon asosida talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va majburiy 3 ta fandan test, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi (xuddi bakalavr qabulida bo‘lgani kabi);

◀️test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar tasarrufida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining (old.DTM) rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;

◀️o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.

❗️Ma’lumot o‘rnida, xorijdan o‘qishni ko‘chirishda uzrli sabablar inobatga olinmaydi, faqat imtihon asosida amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1