Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#qabul_2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#4_kun #LIVE

Bugun, 29-iyul kuni Qarshi davlat universitetida ijodiy imtihonlarning navbatdagi kuni bo‘lib o‘tmoqda. 204 nafar talabgorlar yengil atletika, kurash, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlarda ishtirok etmoqda.

Imtihonlar davrida turli korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi X.Ismatov abituriyentlarning ota-onalari bilan suhbatlashdi.

Muloqotda ilm va ishonch barcha yutuqlarning kaliti ekanligi ta’kidlanib, ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilganligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#qabul_2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#6_kun #LIVE

⚡️Qarshi davlat universitetida ijodiy imtihonlar davom etmoqda

Bugun, 31-iyul kuni abituriyentlar sport faoliyati: yengil atletika (sirtqi), voleybol (sirtqi), rangtasvir: dastgohli (kunduzgi), tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sinovlarda ishtirok etmoqda. Rejaga muvofiq 227 nafar abituriyentlar sinovlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, abituriyent va ularning ota-onalariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida jarayonlar universitetning https://qarshidu.uz/uz/page/imtihonlarni-onlayn-kuzatish platformasi orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸   Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏1
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Joriy yil
kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
yo‘nalish;
oliy ta’lim muassasasi nomi;
manzil;
sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
Qadrli abituriyentlarga ESLATMA!

⚡️
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomani ikki xil shaklda yuklab olish mumkin

Xabaringiz bor, joriy yildan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashadigan abituriyentlar uchun ham alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi. Unda kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan.

Ruxsatnomani quyidagi ikki xil shaklda:

har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan (1-rasm);
yoki abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamga yuborilgan SMS xabardagi havola orqali (2-rasm) yuklab olish mumkin.

Shu o‘rinda abituriyentlardan ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Eslatma: imtihonlar respublika bo‘yicha belgilangan grafik asosida 19-iyulga qadar (shu kuni ham) 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kasbiy(ijodiy)_imtihon
#5-kun #jarayon


⚡️Qarshi davlat universitetida alohida iqtidor talab etuvchi ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda.

⚡️Bugun abituriyentlar Sport faoliyati: kurash, futbol hamda Dizayn: libos va gazlamalar kabi ta’lim yo‘nalishlari bo’yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Forwarded from Edu.uz
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha
kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3
#kasbiy_ijodiy_imtihon #Qabul2025

⚡️Qarshi davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7-15-iyul kunlari o'tkaziladi

2025/2026 o'quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning aniq sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishing:

➡️https://qarshidu.uz/oz/page/kasbiy-ijodiy-imtixon-jadvali

Kasbiy (ijodiy) imtihon talablari, dasturlari va baholash mezonlari bilan tanishing👇

➡️Musiqa ta'limi
➡️Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
➡️Dizayn: libos va gazlamalar
➡️Rangtasvir: dastgohli
➡️Amaliy san'at: badiiy kulolchilik
➡️Cholg'u ijrochiligi
➡️Jismoniy madaniyat
➡️Adaptiv jismoniy tarbiya va sport
➡️Sport faoliyati: dzyudo
➡️Sport faoliyati: futbol
➡️Sport faoliyati: kurash
➡️Sport faoliyati: mini-futbol
➡️Sport faoliyati: voleybol
➡️Sport faoliyati: yengil atletika

Bogʻlanish uchun telefon raqam:
📞 (+99875) 220-00-01

📍Manzil: Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy

*Eslatma: Abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan institut hududiga yetib kelishlari lozim.

📌 Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM