Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#Insholar_tanlovi

⚡️21-oktabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli tashkilotlarida, ta’lim muassasalarida tegishlicha tadbirlar tashkil etilmoqda.

Tarix fakultetida sana munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida fakultet talabalari oʻrtasida insholar tanlovi oʻtkazildi. Tanlov avvalida siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Sh.Ermatov, fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi A.Shaymanova davlat tilining ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida to‘xtalishdi. Tanlovda talabalar o‘z ijodiy ishlarida Ona tilimizni ulug‘lovchi she'rlar va hikmatli so‘zlarni aks ettirishdi. Yakunda g‘oliblar aniqlanib, esdalik sovg‘alari, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

👉@qarduuz 👈
#insholar_tanlovi

⚡️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani

Joriy yilning 10-mart kuni “Korrupsiya- taraqqiyot dushmani” mavzusidagi insholar tanlovinining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning fakultetlar bosqichida dastlabki uch o‘rinni (1-2-3) egallagan jami 41 nafar talabalar ishtirok etdi.

Mazkur tanlovdan maqsad talaba-yoshlarda korrupsiyaga qarshi huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, unga qarshi murosasiz munosabatda tarbiyalash hamda yoshlarning mazkur illatga qarshi kurashishga keng jalb qilishdan iborat. G‘oliblar quyidagi tarzda taqdirlanadi:

1-o‘rin 1 000 000 (bir million) so‘m;
2-o‘rin 700 000 (yetti yuz ming) so‘m;
3-o‘rin 500 000 (besh yuz ming) so‘m.

Tanlov natijalari tez orada e’lon qilinadi.

👉@qarduuz 👈
👍17🎉1
#insholar_tanlovi

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Iqtisodiyot, Roman-german filologiyasi, Kimyo-biologiya, Matematika va kompyuter ilmlari fakultetlarida “Men zo‘ravonlikka qarshiman” mavzusida insholar tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchi qizlar o‘z bilim va iqtidorlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Xususan, insholarda yurtimizda gender tenglikni ta’minlash, oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish, sog‘lom muhitni qaror toptirish, bilim olish, kasb-hunarli bo‘lish hamda o‘zi qiziqqan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni istagan har bir xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi amaliy misollar orqali ifoda etildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
#insholar_tanlovi

Qarshi davlat universitetida “Men zo‘ravonlikka qarshiman” mavzusida insholar tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tganligi xususida xabar berilgan edi.

Bugun barcha fakultetlardan saralangan talaba-qizlar ishtirokida ushbu tanlovning universitet bosqichi o‘tkazildi. Natijalar aniqlangandan so‘ng tanlov g‘olibalari darajali diplom, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#insholar_tanlovi

Joriy yilning 8-noyabr kuni Filologiya fakultetida Qarshi davlat universiteti xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 11-noyabr — “Kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlab, talabalar o‘rtasida “Muqaddas zaminda azizdir inson!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Natijalar tez orada e'lon qilinadi. G‘olib va sovrindorlar universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3👏2
#insholar_tanlovi

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 15-noyabr kuni tanlovning universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultetlar saralash bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar qatnashdi. Tez orada natijalar e’lon qilinadi. G‘oliblar tegishli ravishda bir million, yetti yuz ming va besh yuz ming so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1👏1
#insholar_tanlovi

Xabar berilganidek, ayni kunlarda universitetda “Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq!” mavzusida insholar tanlovining fakultetlar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, bugun Tarix va Tibbiyot fakultetlarida o‘tkazilgan
insholar tanlovi ham tafakkuri teran yoshlarni bir auditoriyaga jamladi.

Ma’lumot o‘rnida, tanlovning oliygoh bosqichi 19-mart kuni o‘tkaziladi. G‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉7👍6🔥3
#insholar_tanlovi

Joriy yilning 19-mart kuni “Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq!” mavzusida insholar tanlovining universitet bosqichi bo'lib o‘tdi.

Natijalar tez orada e’lon qilinadi. Ma’lumot o‘rnida, tanlovning oliygoh bosqichi g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤩2
#insholar_tanlovi

✍️ Bugun Tarix fakulteti talabalari o'rtasida “Yoshlar odam savdosiga qarshi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda fakultetning akademik guruhlaridan tanlab olingan 27 nafar talabalar ishtirok etdi. G‘oliblar fakultet dekanati tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#insholar_tanlovi

21-may kuni 1-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash  bo'limi tyutori S.Djumayeva, tarbiyachi-pedagog M.Murodova tomonidan "Ta'tildagi mening rejalarim" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

Talabalar o‘z insholarida yaqinlashayotgan ta'til oylaridagi maqsad va vazifalarini bayon etib berishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#insholar_tanlovi

Qarshi davlat universitetida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida insho, rasm, videoroliklar tanlovlari va “Antikorrupsiya bilimdoni” bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Tanlovlar fakultet, universitet va respublika bosqichlarida tashkil etilayotir. 20-noyabr kuni insholar tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, dastlabki uch o‘rin ham Filologiya fakulteti talabalariga nasib etdi.

Jumladan, 1-o‘rinni Shoxrux Karimov, 2-o‘rinni Dilsora Rasulova, 3-o‘rinni Ismigul Samatova egalladi. Shuningdek, Xorijiy tillar fakulteti talabalari Laylo Karimova, Nozima Hamrayeva tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Universitet bosqichi g‘oliblari tegishli ravishda 1 200 000 (bir million ikki yuz ming), 800 000 (sakkiz yuz ming) va 600 000 (olti yuz ming) ming so‘m miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ldilar.

Tanlovlarning respublika bosqichida g‘olib bo'lgan talabalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
🥇- 6 mln. so'm;
🥈- 5 mln. so‘m;
🥉- 4 mln. so‘m.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥1
#insholar_tanlovi

Qarshi davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: miliiy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning vazifasi - ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish, jadidlarimizning badiiy asarlari roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish, jadid bobolarimiz faoliyatini o‘rganish, shuningdek, ularning ibratli hayoti va ijodi bilan tanishtirishdan iboratdir.

Tanlov natijalari tez orada e’lon qilinadi, g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda darajali diplomlar bilan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍12🔥1
Qarshi davlat universiteti
#insholar_tanlovi Qarshi davlat universiteti talabalari o‘rtasida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: miliiy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning vazifasi - ajdodlarimiz xotirasini…
#insholar_tanlovi #natija

Xabaringiz bor, kuni kecha talabalar o‘rtasida “Jadidlar jasorati-millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari” mavzularida insholar tanlovining universitet bosqichi o‘tkazilgan edi. Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko‘ra, natijalar aniq bo'ldi:

🥇Shohista Shermamatova - Filologiya va tillarni o`qitish: o`zbek tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi,
🥈Marjona Shomurodova - Filologiya va tillarni o`qitish: o`zbek tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi,
🥉Mushtariybegim Shomurodova - Filologiya va tillarni o`qitish: ingliz tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi,
🥉Mohidil Usmonova - Filologiya va tillarni o`qitish: o`zbek tili yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

Tanlovda birinchi o‘rinni egallagan Shohista Shermamatova respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏4
#insholar_tanlovi #mintaqaviy_bosqich

Bugun Qarshi davlat universitetida “Jadidlar jasorati - millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: miliiy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkazilgan insholar tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo va qo‘shni Surxondaryo viloyatlari oliy ta’lim muassasalaridan jami 14 nafar (OTM bosqichida g‘olib bo‘lgan) talabalar ishtirok etdi.

Dastlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Talabalar ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonov tanlovning maqsad va vazifalari xususida batafsil to‘xtalib, barcha qatnashchilarga omad tiladi. Tanlovning natijalari haqida keyinroq ma’lumot beriladi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍13👏5
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
#insholar_tanlovi

🗣“Jadidlar jasorati – millatimiz faxriinsholar tanlovi yakunlandi!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularidagi insholar tanlovi mintaqaviy bosqichi ishtirokchilarining ishlari Ekspertlar guruhi tomonidan baholandi.

☑️Mazkur tanlovning mintaqaviy bosqichi 3-13-fevral kunlari butun respublikamiz hududlari bo‘ylab, 7 guruhga bo‘lingan holda o‘tkazildi. Mintaqaviy bosqichda yozilgan jami hisobda 120 ga yaqin insholar baholash uchun Ekspertlar guruhiga taqdim etildi. Ekspertlar insholarni to‘liq shaffof va adolatli tarzda baholadilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra tanlov g‘oliblari bilan tanishing:

👩‍🚒 “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” mavzusida

🥇1-o‘rin: Lobaroy Shuxratova NamDChTI talabasi;
🥈2-o‘rin: Mohizar Abduqahhorova FarDU talabasi;
🥈2-o‘rin: Shaxnoza Muhammadjonova TDPU talabasi;
🥉3-o‘rin: Madinabonu Saidova – TXMBTU talabasi;
🥉3-o‘rin: Xoliniso Karimova ADPI talabasi.

👩‍🚒“Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida

🥇1-o‘rin: Shohista Shermamatova QarDU talabasi;
🥈2-o‘rin: Hulkar Miyzamova NIU talabasi;
🥈2-o‘rin: Sitora Begmatova SamDU Urgut filiali talabasi;
🥉3-o‘rin: To‘maris Kadirimbetova QQXAI talabasi;
🥉3-o‘rin: Xurshida Tojimurodova TerDPI talabasi.

🏆Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mos ravishda 8, 6, 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan, faol qatnashgan ishtirokchilar Vazirlik faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

📌Faxriy yorliq bilan taqdirlangan ishtirokchilar ro‘yxati

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🎉3🔥2🤩1
#insholar_tanlovi

Qarshi davlat universitetining barcha fakultetlarida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” shiori ostida “Jadidlar, milliy o’zlik, istiqlol va davlatchilik g’oyalari” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍7🤩1
#insholar_tanlovi

Sport va Kimyo-biologiya fakultetlari talabalari o‘rtasida “Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari” mavzusidagi insholar tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi. Ushbu tanlov barcha fakultetlarda davom etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5
#insholar_tanlovi

Filologiya fakulteti talaba-yoshlari o'rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” mavzusida insholar tanlovining fakultet bosqichi o’tkazildi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍8🔥2👏2🎉2🤩2