Forwarded from Edu.uz
#Forum
Birozdan soʻng Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi oʻz ishini boshlaydi
Avval xabar berilganidek, 26-27-oktabr kunlari Samarqand shahrida Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi boʻlib oʻtadi.
Samarqand davlat universitetida oʻtayotgan ushbu nufuzli xalqaro forumda ikki davlat tomonidan 200 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.
Forum doirasida ikki mamlakat taʼlim tashkilotlari, yetakchi kompaniyalari oʻrtasida fan, taʼlim, ishlab chiqarish integratsiyasini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, muhandislik-texnologiyasi, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar oʻtkaziladi.
Anjuman yalpi majlisida ikki davlat rahbarlarining forum ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittiriladi.
Forumning dastlabki ishi mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish doirasidagi muzokaralarga bagʻishlanib, soʻng shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettiriladi.
Forum yakuni boʻyicha rezolyutsiya qabul qilinadi.
🟣

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#forum
⚡️ Referendum va yoshlar
Yaqinda o‘tkaziladigan referendum munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab yoshlar o‘rtasida keng targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri Qarshi davlat universitetida "Biz yoshlar o‘z kelajagimizga befarq emasmiz" shiori ostida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Forumda mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Faol talabalar ishtirokida targ‘ibot chiqishlari, gala-konsert tashkil qilindi.
Konsert dasturida xalqimiz suygan taniqli san’atkorlar, “Farzona” quvnoqlar va zukkolari jamoasi o‘z chiqishlari bilan qatnashib, yig‘ilganlarga kayfiyat ulashdi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram

👍13🎉3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#referendum2023
#forum
🇺🇿 Qarshi davlat universitetida "Biz yoshlar o‘z kelajagimizga befarq emasmiz" shiori ostida “Referendum va yoshlar” forumi o‘tkazildi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
#forum
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Edu.uz
#live #forum
22-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.
Tadbirni Xitoy Ta’lim vaziri o‘rinbosari Chen Sze, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov ochib berdilar.
Plenar yig‘ilishda Ikkinchi Pekin chet tillari universiteti rektori Szi Szinbyao, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, Shimoliy-Gʻarbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-texnik universiteti rektori Vu Puta nutq so‘zladilar.
——————
22 января в Пекине начал работу Узбекско-Китайский образовательный форум
Мероприятие открыли заместитель министра образования Китая Chen Sze и первый заместитель министра высшего образования, науки и инноваций Узбекистана Комилжон Каримов.
На пленарном заседании выступили ректор Второго Пекинского университета иностранных языков Sizi Szinbao, ректор Самаркандского государственного университета Рустам Холмуродов, ректор Северо-Западного научно-технического университета сельского и лесного хозяйства Vu Puta.
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Bizni kuzating

👍6
#forum #xalqaro_hamkorlik
#live
⚡️Qarshi davlat universitetida “Xitoy tili markazi” tashkil qilinadi
Qarshi davlat universiteti rektori, professor D.Nabiyev va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Bekpulatov ayni damda Pekin shahrida oʻtkazilayotgan birinchi Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro forum ikki davlat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida oʻtkazilmoqda.
Anjumanda ikki mamlakat tomonidan 100 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ilm-fan vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashyapti.
Bugun forumning dastlabki kunida Qarshi davlat universiteti va Xitoyning Ansin pedagogika universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, Qarshi davlat universitetida "Xitoy tili markazi" tashkil qilinadi hamda xitoy tili kursini muvaffaqiyatli o'zlashtirgan talaba va o'qituvchilar Ansin pedagogika universitetiga qisqa muddatli stajirovkalarga yuboriladi.
Ma’lumot o‘rnida, 2023-yilning 21-oktabr kuni universitetga Ansin pedagogika universiteti rektori Peng Fengliang boshchiligida delegatsiya tashrif buyurgan va hamkorlikning dastlabki qadami sifatida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.
👉@qarduuz 👈

👍8
👍15👏2
#forum #xalqaro_hamkorlik
⚡️ Xitoyning Tyanzin chet tillar universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Avval xabar berilganidek, Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ilxom Bekpulatov birinchi Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumida ishtirok etmoqdalar.
Forum doirasida Qarshi davlat universiteti Xitoy olim ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Tyanzin chet tillar universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Ushbu shartnomaga ko'ra, Tyanzin chet tillar universiteti bilan ilmiy sohada hamkorlik qilish, QarDU professor - o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish hamda talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, Tyanzin chet tillar universitetida 30 dan oshiq chet tillarni o'qitish bo'yicha yo'nalishlar mavjud bo'lib, shu bilan birga iqtisod, huquq, menejment va muhandislik yo'nalishlarida ham mutaxassislar tayyorlanadi.
Mavzuga doir: Qarshi davlat universitetida “Xitoy tili markazi” tashkil qilinadi
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

👍27👏5
#forum
⚡️ Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi
Joriy yilning 15-fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida voha olimalarining hissasi” mavzusida olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum avvalida qatnashchilar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimalarning ilmiy tadqiqot natijalariga oid koʻrgazmalarni ko‘zdan kechirishdi. Ta’kidlash joiz, mazkur anjuman olima ayollarning oʻzaro tajriba almashishlari uchun imkoniyatlar maydoniga aylandi.
Tadbir davomida ilm-fan yoʻlida fidoyilik namunalarini koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar, turli tanlovlar gʻolibi boʻlgan talaba qizlarga tashakkurnomalar topshirildi. Xususan, forumda ishtirok etgan Qarshi davlat universitetining bir guruh olima ayollari ham maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

👍10🔥1
Forwarded from Edu.uz
#forum
Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumining seksiyasida respublikamizning 14 ta oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi.
Mazkur sessiya ishida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan professional ta’lim muassasalari tizimini rivojlantirish muhokama qilindi.
Seksiya ishi davomida 17 ta hamkorlik memorandumi, shartnoma va yo‘l xaritalari imzolandi.
___
В секции Первого Узбекско-Белорусского форума профессионального образования приняли участие ректоры 14 высших образовательных учреждений нашей республики.
В ходе сессии обсуждены вопросы двустороннего сотрудничества, в том числе развития системы профессиональных образовательных учреждений.
По итогам работы сессии подписано 17 меморандумов о сотрудничестве, соглашений и дорожных карт.
Facebook | X | YouTube

⚡️ Istiqbolli hamkorlik: Qarshi davlat universitetida jahon talablariga javob beradigan filologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi
Joriy yilning 29-aprel — 1-may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov boshchiligidagi ta’lim muassasalari delegatsiyasi Minsk shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
29-aprel kuni Birinchi O‘zbekiston-Belarus forumi o‘z ishini boshladi. Seksiya yig‘ilishida Minsk davlat lingvistika universiteti rektori Natalya Yevgenyevna Lapteva va Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, axborot almashinuvi hamda maslahat va axborot xizmatlari sohasi, ilmiy va ijodiy faoliyat sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida filologiya tillarni va o‘qitish: ingliz tili, nemis tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3+1 va lingvistika: ingliz tili magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 shakllarida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi. Bundan tashqari, Minsk davlat lingvistika universiteti bilan hamkorlikda Qashqadaryo yoshlarini nemis tiliga o‘rgatish bo‘yicha intensiv kurslar ochiladi.

👍16
#forum
⚡️ Hamkorlik davom etadi: Top-1000 talikdagi Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi
Birinchi O‘zbekiston-Belarus forumi doirasida Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev hamda Belarus milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilyevich o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida marketing, iqtisod, amaliy matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3+1 va iqtisod, amaliy matematika magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 shakllarida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Belarus milliy texnika universiteti Belarus Respublikasida muhandislik ta’limi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik geografiyasiga 30 dan ortiq mamlakatlar – Rossiya, Xitoy, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Peru, Angliya, Litva, Latviya va boshqalar kiradi. QS dunyo OTMlari top mingtalik reytingida 2024-yilda 801-850 o‘rinni egallagan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Birinchi O‘zbekiston-Belarus forumi doirasida Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev hamda Belarus milliy texnika universiteti rektori Xaritonchik Sergey Vasilyevich o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida marketing, iqtisod, amaliy matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 3+1 va iqtisod, amaliy matematika magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 1+1 shakllarida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Belarus milliy texnika universiteti Belarus Respublikasida muhandislik ta’limi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik geografiyasiga 30 dan ortiq mamlakatlar – Rossiya, Xitoy, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Peru, Angliya, Litva, Latviya va boshqalar kiradi. QS dunyo OTMlari top mingtalik reytingida 2024-yilda 801-850 o‘rinni egallagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🤩1
#forum
Bugun Minsk shahridagi Milliy kutubxona binosida birinchi O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumini rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Belarus Ta’lim vaziri Andrey Ivanes, O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda O‘zbekistonning Belarusdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov ochib berdilar.
Belarus Professional ta’limi instituti rektori Valeriy Golubovskiy “Kadrlar tayyorlash tarmog‘i kasbiy ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmi sifatida” mavzusida, O‘zbekiston Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudoyberdiyev “O‘rta kasb-hunar ta’limi sohasida hamkorlik aspektlari: istiqbol va imkoniyatlar” mavzusida, Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori, Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari respublika kengashi raisi Vadim Bogush “Informatika va radioelektronika sohasida turli malaka darajasidagi mutaxassislarni tayyorlash integratsiyasi” mavzusida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Mahkamov “IT sohasida kasb-hunar va oliy ta’lim integratsiyasining ustuvor yo‘nalishi” mavzusida chiqishlar qildilar.
Ta’lim forumida Qarshi davlat universiteti rektori, professor Dilmurod Xamidullayevich Nabiyev ishtirok etdi. Forum doirasida Qarshi davlat universiteti va P.M.Masherova nomidagi Vitebsk davlat universiteti, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.

👍8👏3
#forum
Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev, Toshkent davlat texnika universiteti rektori S.Turabdjanov va O‘zbekiston Milliy universiteti rektori I.Majidov O‘zbekiston-Belarus professional ta’lim forumi doirasida Belarus Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Vasilyevich Karpenko bilan uchrashdilar. Samimiy ruhda kechgan muloqotda siyosiy partiyalar faoliyati, saylov qonunchiligi bilan tanishildi, o‘zaro tajriba almashildi. Partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni muhim ekanligi qayd etildi.

👍15
#forum
Xabar berilganidek, 29-aprel–1-may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida Birinchi O‘zbekiston-Belarus professional taʼlim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Belarus milliy texnika universitetida “O‘zbekistonning bebaho merosi” mavzusida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari, san’atkorlar, badiiy va folklor jamoalari qatnashdi. Shuningdek, Yuneskoning Belarus Respublikasidagi doimiy vakolatxonasi hamda Yunesko ishlari bo‘yicha Belarus milliy komissiyasi rahbarlari, Belarus Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ta’lim vazirligi, Sport va turizm vazirligi, ilm-fan adabiyot, madaniyat va san’at faollari, OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizning madaniy va turistik salohiyati to‘g‘risida hikoya qiluvchi videorolik namoyish etildi, O‘zbekistonning Yunesko butunjahon nomoddiy madaniy merosiga kiritilgan madaniy meros obektlari va ularning targ‘iboti to‘g‘risida chiqishlar qilindi. Milliy kurash, Shashmaqom, Lazgi, Baxshi, Boysun folklori namunalari ko‘rsatildi. Tadbir davomida milliy hunarmandchilik mahsulotlari, o‘zbek atlasi va adrasi, miniatyura san’ati namunalari va milliy taomlar ko‘rgazmalari namoyish etildi. Qatnashchilarga milliy taom – osh tortildi.

👍9
Forwarded from Edu.uz
#jarayon #forum
O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda
Bugun “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi ikki davlat madhiyalari ostida tantanali ravishda ochildi.
Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasida oliy ta’lim sohasida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, tomonlar istiqbolda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, akademik mobillik dasturlarini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirishni qayd etdilar.
Shundan so‘ng forumning madaniy qismi boshlandi. O‘zbekiston va Malayziya san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashib, ikki mamlakat madaniyatini yaqinroq tanishtirishga zamin yaratdi.
Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

#Ma’rifat_karvoni #Forum #Live
Ayni kunlarda “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun Qarshi davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans poydevori” mavzusidagi ilmiy-ma’rifiy forumda asosiy e’tibor Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ilmiy-innovatsion mega loyihalarining mazmun-mohiyatiga qaratilmoqda.
Forumda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, yosh ilmiy-tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. Tafsilotlar keyinroq batafsil yoritiladi.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt

👏1
#Ma’rifat_karvoni #Forum #Batafsil
⚡️ Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori
Xabar berilganidek, bugun Qarshi davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” mavzusida ilmiy-ma’rifiy forum bo‘lib o‘tdi. Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Prezident tashabbusi bilan barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, mazkur markaz Islom madaniyati, bag‘rikenglik va taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etuvchi yirik ma’rifiy majmuaga aylanadi.
Markazda bosma va elektron kitoblardan iborat kutubxona, qo‘lyozmalar arxivi, zamonaviy ekspozitsiyalar joy oladi. Loyihada xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etmoqda.
Tadbirda markaz haqida videorolik namoyish etildi va ishtirokchilar uning ma’naviy-ilmiy ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

👍4