Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#abituriyent2025
#fanlarmajmuasi

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


👉 Yuklab olish
___

⚡️Утверждён комплекс предметов для приема в бакалавриат высших образовательных учреждений и соответствующих тестов (профессиональный (творческий) экзамен) на 2025/2026 учебный год

Напоминание: При утверждении параметров приема на 2025/2026 учебный год будут дополнительно утверждены комплексы предметов вновь создаваемых образовательных направлений. Также при изменении названия курсов в результате оптимизации образовательных курсов или при создании новых курсов могут быть внесены соответствующие изменения.


👉 Скачать

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Forwarded from Edu.uz
#foydali_eslatma #abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4🤩2
Forwarded from Edu.uz
#Abituriyent2025 #JavoblarVaraqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

💾 Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish.

👉 Fanlar majmuasi bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🎉1
Forwarded from Edu.uz
#Abituriyent2025 #BaholashMezoni

☄️ 2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1
Forwarded from Edu.uz
#Qabul #Abituriyent2025

⚡️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa:
fanlar majmuasi;
taʼlim tili;
test topshirish hududi.

🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
➡️taʼlim tili;
➡️test topshirish hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy taʼlim muassasasi;
➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
➡️taʼlim shakli;
➡️tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
🟢texnikum;
🟢kasb va mutaxassislik;
🟢taʼlim shakli.

🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.


Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida “Qabul-2025” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz Vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5🤩1
#Qabul2025 #Abituriyent2025

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025 #Abituriyent2025

📌 Test materiallaridan foydalanish (o‘zbek tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)


✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 #Qabul2025 | #Abituriyent2025

Test sinovlarida ishtirok etmaydigan abituriyentlar haqida

🧾 Joriy yilda 678 nafar abituriyent fanlar majmuasiga mos milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani sababli test sinovlaridan ozod qilingan hamda ularga ruxsatnoma shakllantirilmagan. Ular quyidagi ballar bo‘yicha taqsimlangan:

▪️ 189 ball – 361 nafar
▪️ 180–189 ball oralig‘i – 207 nafar
▪️ 170–180 ball oralig‘i – 57 nafar
▪️ 160–170 ball oralig‘i – 46 nafar
▪️ 150–160 ball oralig‘i – 3 nafar
▪️ 126 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 3 nafar
▪️ 96 ball (ijodiy imtihon topshiradi) – 1 nafar

🗓 Test sinovlari yakunlangach, ushbu abituriyentlar qabulning ikkinchi bosqichida, 15 kun davomida quyidagilarni tanlaydi:

Oliy ta’lim muassasasi
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Ta’lim shakli
Tanlov ustuvorligi

⚠️ Eslatma: Belgilangan muddatda tanlovni amalga oshirmagan yuqoridagi toifaga kiruvchi abituriyentlar oliy ta’lim bakalavriati tanlovida ishtirok eta olmaydi va talabalikka tavsiya etilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🎉1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Abituriyentlar diqqatiga!

Endilikda O‘zbekistonning 14 ta texnikumida BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida 100% grant asosida o‘qish imkoniyati mavjud!

💡Bu dastur sizga nima beradi?
✔️100 foiz grant asosida ta’lim olish
✔️ Xalqaro darajadagi kasb egasi bo‘lish
✔️ Buyuk Britaniyada amaliyot o‘tash
✔️ 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom
✔️ Yevropa, Osiyo va Amerikada o‘qish va ishlash imkoniyati.

🧑🏻‍💻 Hujjatlar 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshiriladi.

➡️Ta’lim shakli: kunduzgi

📊 Ajratilgan kvotalar bilan tanishing:
🟢9-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈
🟢11-sinf bitiruvchilari uchun kvota👈 (qabul avgust oyida boshlanadi)

➡️BTEC xalqaro dasturlari joriy etiladigan texnikumlar ro‘yxati👈

✍️ Kasb tanlang, xalqaro imkoniyatlarga yo‘l oching!

#BTEC #Texnikum #XalqaroTaʼlim #Abituriyent2025

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1