Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#Shaxmat_shashka
#Bellashuv

⚡️Jismoniy barkamollik – sog‘lom tafakkur – sog‘lom kelajak

3-sonli talabalar turar joyida Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi qoshidagi “Shaxmat-shashka” to‘garagi a’zolarining 1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Jismoniy barkamollik – sog‘lom tafakkur – sog‘lom kelajak” shiori ostida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Bellashuvni Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori (DSc) N.Kayumova, “Shaxmat-shashka” to‘garagi rahbari, kafedra katta o‘qituvchisi B.Daminova, kafedra o‘qituvchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Saidova, kafedra o‘qituvchisi I.Bozorova, fakultet tyutori S.Rustamov, to‘garak sardori Sh.Ashurov kuzatib bordi. Tadbir juda qiziqarli va bahslarga boy bo‘ldi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga darajali diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

👉@qarduuz 👈