Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonining an’anaviy (oflayn) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan

Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayoniga faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi.

————————
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti

Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Taʼlim jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi

Moʻmin Ibodov,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati rahbari

👉 HD formatda koʻrish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan hududdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga taʼtil berilishi haqida turli asossiz xabarlar tarqalmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekani va oʻsha kunlari Samarqanddagi barcha oliy o‘quv yurtlarida tasdiqlangan oʻquv jadvaliga koʻra dars jarayonlari odatdagidek davom etishini maʼlum qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Magistratura qishki qabulidagi yengillik tizimdagi islohotlardan qaytish emas, balki abituriyentlarga berilgan qo‘shimcha imkoniyat

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabuli yuzasidan rasmiy bayonoti

📄 Bayonotni matn shaklida o‘qish👈

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga etkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.

Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrardik.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi

Xabaringiz bor, Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.

Bu tartib, shunigdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilngan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.

Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#rasmiy_bayonot

Hurmatli OAV hamda talaba-yoshlar,


Bugun soat 11:30da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining Qarshi davlat universitetida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabuli ma’lum uzrli sababga ko‘ra boshqa kunga qoldirilganligini ma’lum qilamiz.

Navbatdagi sayyor qabul aniq kuni va sanasi bo‘yicha qo‘shimcha xabar beriladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍13
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar yuridik texnikumlarning o‘quv rejalari hamda pedagog xodimlarining yuklamalari va mehnatiga haq to‘lashni amaldagi tartibi saqlab qolinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab boshqa vazirlik idoralar tasarrufida bo‘lgan kollej va texnikumlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Shu jumladan, Adliya vazirligi tizimidagi 12 ta yuridik texnikum ham.

Ma’lumot uchun, yuridik texnikumlar pedagog xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-оktаbrdаgi 677-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shtat lavozimi bo‘yicha mehnatiga haq to‘lanmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi boshqa texnikumlar pedagog xodimlariga esa Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori asosida tarifikatsiyalash tartibi bo‘yicha bazaviy tarif stavkalariga muvofiq mehnatiga haq to‘lanadi.

Yuqorida keltirilgan Hukumat qarorlarining talablari ikki xil bo‘lganligi sababli yuridik texnikumlarning pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini o‘quv yili o‘rtasida qo‘llash bir qator muammolarni yuzaga keltiradi.

Shu bois, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining murojaatiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi hamda qonunchilik hujjatlari asosida yuridik texnikumlarning 2024/2025-o‘quv yilidagi faoliyatini tegishli o‘quv rejalari va pedagog xodimlarining yuklamalari asosida yakunlash hamda pedagog xodimlarning mehnatiga haq to‘lash ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bog‘lagan holda amalga oshirish ma’qullandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi va ba’zilarining ayrim bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til bo‘yicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.

Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

🟢xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;

🟢gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;

🟢boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan noto‘g‘ri talqinlarga e’tibor bermaslikni so‘raydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🤩2👍1