Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021 |#Test_natijasi

⚡️ 2021-yil 5-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi

🔰 Abituriyentlar o‘z natijalarini
4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021bot
👉 @mandat2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021

⚡️Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qayta test sinovi tashkil etish tartibi tasdiqlandi

🔰Unga ko‘ra tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlarga test sinovlari o‘tkazilayotgan hududda Davlat test markazi hamda SEO va JS vakili tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

🔸Davlat test markaziga koronavirus kasalligi tasdiqlanib, davolanayotgan abituriyentlar yoki ularning vakillari tomonidan respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq yakunlangun (16-avgust) ga qadar onlayn ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 3 kun ichida SEO va JSga tekshirish uchun taqdim etiladi.

🔸Bunda abituriyentlar yoki ularning vakillari arizani (tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda) [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

🔸SEO va JS tomonidan arizalar o‘rganilib, haqiqatdan kasalligi tasdiqlangan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga 3 kun muddatda qayta taqdim etiladi.

🔸Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida mazkur toifadagi abituriyentlar uchun qayta test sinovlari tashkil etiladi.

🔸Bunda o‘rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilgan va to‘liq sog‘aygan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SEO va JS tomonidan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kundan 4 kun avval Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida tana harorati 37 C dan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga qadar to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

————————
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️ESLATMA!

⚠️Akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

🔚 Bugun, 20-avgust
litsey.edu.uz portal orqali o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha akademik litseylarni ustuvorlik sifatida belgilashning OXIRGI KUNI.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘zlarining login va parollari bilan shaxsiy kabinetga kirgan holda soat 24-00ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi:

• tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘rilash;

• xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklash;

• hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1 dan 5 tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta’lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilash;

• kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilash.

*Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilinadi. 👇
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021

Tana harorati 37º C dan yuqoriligi aniqlangan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qachon o‘tkaziladi?

Ma’lumki,
2021-2022-o‘quv yili uchun OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan 16-avgustga qadar 12 kun davomida kuniga 2 smenada bo‘lib o‘tdi.

🌡 Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, test sinovlariga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan. Mazkur abituriyentlar uchun tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

📌 Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va “mandat” Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.
____________
👉 @eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021

Davlat test markazi tomonidan qo‘shimcha ma’lumot

🔰 Yuqoridagi xabarda qayd etilganidek, test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlari tashkil etish rejalashtirilgan.

✔️ Bundan tashqari mazkur test sinovlarida koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmagan va 16-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilgan abituriyentlar ham qatnashishi belgilangan.

☝️ Ma’lumot o‘rnida, 16-avgustga qadar 1 200 nafardan ziyod abituriyent koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda ularning ma’lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalinib, tuzalib chiqqan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari qaysi sanada o‘tkazilishi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasi asosida belgilanadi.
________________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

⚡️ ESLATMA

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 30-avgust kuni oʻtkaziladi


📆 2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi.

🔰 Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;

2️⃣-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

🖥 Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

DIQQAT! MUHIM EʼLON!!

2021-yil 30-avgust kuni oʻtkazilgan akademik litseylarga kirish test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari eʼlon qilindi.

Natijalar bilan talabgorlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining litsey.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetiga oʻzining login va paroli bilan kirgan holda tanishishlari mumkin.
________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Professional_ta'lim |#Qabul_2021

⚡️DIQQAT! ESLATMA‼️

❗️Kollejlar va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun 10-sentabrga qadar (shu kuni ham) o’qishga qabul qilish uchun ONLAYN ro‘yxatdan o’tkazish davom etmoqda.

👉 Kollejlar uchun elektron platformahttps://kollej.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 176 ta kollejda jami 170 dan ortiq kasblar va mutaxassisliklar mavjud.

👉 Texnikumlar uchun elektron platformawww.texnikum.edu.uz.

✔️Abituriyentlar uchun 197 ta texnikumda jami 138 dan ortiq mutaxassisliklar mavjud.

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;

3️⃣ passport ma’lumotlar kiritiladi.
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Qo'shma ta'lim dasturlari 2021-2022.pdf
1.1 MB
#Qabul_2021 |#Qoʻshma_dastur

⚡️ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

2021/2022-o‘quv yili qabuli uchun xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul ko‘rsatkichlari yuklanmoqda (faylni oching👆).

Fayl orqali 30 ta OTMda hamkor xorijiy OTM bilan yo‘lga qo‘yilgan bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 264 ta QOʻSHMA TAʼLIM DASTURIga oid maʼlumotlar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

Bunda:

bakalavriat yo‘nalishlari – 192 ta (shundan 13 tasi sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari – 72 ta (kunduzgi).

Mazkur qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari soni – 6332 nafar bo‘lib, shundan:

bakalavriat yo‘nalishlari uchun – 5722 nafar (shundan 370 nafari sirtqi ta’lim shaklida);

magistratura mutaxassisliklari uchun – 610 nafar (kunduzgi) etib belgilangan.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul_2021|#Professional_taʼlim

⚡️ Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari eʼlon qilindi

🔰 2021-2022-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ning kunduzgi taʼlim shakliga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

✔️ Kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalari bilan ruxsatnoma.dtm.uz sayti orqali tanishishlari mumkin.

👉 Buning uchun ruxsatnoma.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube