Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#tashrif

Mehr-muruvvat insoniylikning eng go'zal fazilatidir. Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti "Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)" va "Savdo ishi (turlari bo'yicha)" ta'lim yo'nalishlarining 1-kurs talabalari guruh murabbiylari M.Raimova va L.Babayeva bilan birgalikda Qarshi “Muruvvat" bolalar internat uyiga bordilar. Tashrif chog‘ida internat uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3
#tashrif #tanishuv

Bugun Qarshi davlat universitetiga Quvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarga Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti haqida ma’lumot berildi. So‘ngra fakultetda sifatli tahsil uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, o‘quv laboratoriyalari, tibbiyotga oid adabiyotlar bilan jihozlangan shinam kutubxona va Inkubatsiya markazi Quvaytlik delegatsiya a’zolarida iliq taassurot qoldirdi. Uchrashuv davomida samarali hamkorlik xususida ham so‘z bordi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🤩2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #loyihalar #taqdimot

Davlatimiz rahbari imzolagan hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, yoshlarni tadbirkorlik loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 200 million dollar ajratildi.

Ayni topshiriqlar ijrosi doirasida Aloqabank boshqaruvi raisi Irisbekova Kammuna Narinbayevna Qarshi davlat universitetida bo‘lib, viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i bilan birga viloyatdagi yosh tadbirkorlar va startaplar loyihalarga ega yoshlarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Shuningdek, loyihalarni tizimli amaliyotga tatbiq etish, viloyatda inkubatsiya markzalari faoliyatini tashkil qilish va yosh tadbirkorlarni qo'llab- quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍13👏2