Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
532 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#hisobot_toʻgaraklar
#Termiz_shahri

“Yosh iste’dodlar minbari”


🔗Termiz shahridagi Prezident maktabida darsdan tashqari qo‘shimcha akademik va noakademik to‘garaklar faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, san’at, drama, raqs, musiqa, kulolchilik, notiqlik, robototexnika, shaxmat, suzish kabi amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan to‘garaklar o‘quvchi-yoshlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch, ijodkorlik va tashabbuskorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

Kuni kecha maktabimizda noakademik to‘garaklarning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. To‘garak a’zolari o‘tgan vaqt mobaynida mashg‘ulotlarda olgan bilim va egallagan ko‘nikmalari asosida taqdimotlar, badiiy sahna ko‘rinishlari hamda ko‘rgazmalar namoyish etdilar.

Maktabimizda ilk bor tashkil etilgan bu tadbir yig‘ilganlarga manzur bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩10👍73