Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
532 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#tanlov #zukko_kitobxon
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining 9-10-sinflar o‘rtasida joriy mavsum saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔗Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar Tohir Malikning “Alvido bolalik” qissasi hamda Abdulla Qahhorning “Adabiyot muallimi” hikoyasi asosida tezkor savol-javob hamda badiiy sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha bellashdilar.

📎Tezkor savol-javob sharti orqali ishtirokchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, badiiy sahna ko‘rinishida o‘quvchilar o‘zlaridagi sahna madaniyati, aktyorlik mahorati, omma oldida o‘zini tutish kabi qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Ma’lumot o‘rnida, “Zukko kitobxon” tanlovining final bosqichi iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩11👍71🔥1👏1
#tibbiy_amaliyot
#Termiz_shahri

🔗Termiz shahridagi Prezident maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida amaliyot o‘tayotganligi haqida xabar bergan edik.

🧾O‘quvchilarimizning mazkur tibbiyot markazidagi 10 kunlik amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlab, markaz direktori tomonidan amaliyot o‘taganlik haqidagi sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Amaliyot davomida o‘quvchilar tibbiyot sohasining turli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, shifokorlarning kundalik faoliyati, bemorlar bilan ishlash jarayonlari va tibbiy xizmat ko‘rsatishning muhim jihatlari haqida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏5👍3
#Shusha_2025
#Termiz_shahri
#Turon_ijodiy_jamoasi

🎼Termiz shahridagi Prezident maktabining “Turon” bolalar ijodiy jamoasi Ozarbayjon Respublikasining Boku va Shusha shaharlarida bo‘lib o‘tadigan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi sifatida ishtirok etish uchun yaqinda jo‘nab ketishmoqda.

🔗Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan o‘quvchilarimizga berilgan bunday ishonch va shu bilan birga mas’uliyatli vazifa
Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasiga o‘zgacha faxr va iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi.

🤝Ishonamizki, o‘quvchilarimiz o‘zlariga berilgan bu ishonchni munosib oqlab, Yangi O‘zbekistonda har tomonlama yetuk va barkamol, yuksak ma’naviyatli, iqtidorli hamda ulkan salohiyatli avlodlar yetishib chiqayotganligini butun jahonga namoyon etadilar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
16👍7👏4🤩2
#futbol #direktor_kubogi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🏆
Termiz shahridagi Prezident maktabida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sportning futbol turi bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasiga start berildi.

⚽️Musobaqa 5-6-sinflar hamda 7-8-sinflar kesimida tashkil qilingan bo‘lib, “Blue” hamda “Green” sinflar qur’a tashlash yo‘li bilan o‘zaro bellashmoqda.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍144🤩4🔥3
#oʻquvchilar_farovonligi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

📌Prezident maktabi Konstitutsiyasining “Muhofaza qilish va farovonlik” siyosatiga muvofiq Termiz shahridagi Prezident maktabida “Muhofaza qilish va farovonlik” qo‘mitasi ishga tushirildi.

🔗Mazkur qo‘mita o‘quvchilar xavfsizligi hamda farovonligini ta’minlash bo‘yicha maxsus kurslarni tamomlagan maktab rahbarlari, xodimlari va o‘quvchilardan tashkil topgan bo‘lib, ular har doim o‘quvchilarimiz va xodimlarimizga yordam berishga tayyor.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilarni himoya qiladi hamda ularning farovonligini ta’minlaydi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍10
#Zakovat #final
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining 2024-2025-o‘quv yili ikkinchi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi.

📌O‘tgan davr mobaynida bilimdonlar kichik sinflar (5-7-sinflar) hamda yuqori sinflar (8-11-sinflar) toifasida o‘zaro bellashdilar. Butun mavsum davomida o‘yinlar bir-biridan qiziqarli, shiddatli, bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

🗓Turning final o‘yini joriy yilning 4-iyun sanasida o‘tkazildi.

🏆Yakuniy natijalariga ko‘ra,
➡️5-7-sinflar o‘rtasida:
🥇“Breakers” jamoasi 1-o‘rinni;
🥈“Aura” jamoasi 2-o‘rinni;
🥉“ChatGPT” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

➡️8-11-sinflar o‘rtasida:
🥇“VIP” jamoasi 1-o‘rinni;
🥈“Aristocrats” jamoasi 2-o‘rinni;
🥉“Arcane” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoalar maktab ma’muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍92🔥2🤩2
#seminar_trening
#Termiz_shahri

📌Maktabimizning sinf rahbarlari, tarbiyachi pedagoglari, psixologi hamda hamshiralari uchun “Sinflarni samarali boshqarish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔗Unda xodimlar “Bluelar” va “Greenlar” jamoalariga bo‘linib, turli shartlarni hamkorlikda bajardilar.🤩🤩🤩🤩

📖Jamoa a‘zolari mavzuga oid g‘oya va takliflarini taqdimot ko‘rinishida bayon etdilar.

Qizg‘in bahs-munozaralar bilan kechgan ushbu mashg‘ulotimiz barcha uchun manfaatli bo‘ldi.🤝🤝🤝🤝

🙎🙎‍♀️Sinfdagi har bir o‘quvchi bilan yaqindan ishlash, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun sharoit yaratish, ularning samimiy suhbatdoshi bo‘la bilish, qiyinchilig-u yutuqlarida birga bo‘lish, ota-onalar bilan samarali hamkorlikda ishlash hamda farzandlar kamoli yo‘lida yangi-yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maktab ta’limida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

📢Hurmatli vohadoshlar, aziz ota-onalar!

❗️Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

📝Yangi oʻquv yilida Termiz shahridagi Prezident maktabiga 5-sinfga hamda boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan 9- va 10-sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi.

🎥 Yuqoridagi videolavha orqali qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

👉Bizni kuzatishda davom eting: @pmtermiz

☎️Qabul boʻyicha murojaatlar uchun qisqa raqam - 1206

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11🤩9👍4🔥1💯1
#amaliyot #IT_Park
#Termiz_shahri

📌Termiz shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari Termiz shahrida joylashgan “IT-Park”da 10 kunlik amaliyot o‘tadilar.

🖇O‘quvchilarimiz amaliyot davomida “IT-Park”da mavjud zamonaviy texnologiyalar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan bir qatorda mazkur markazda faoliyat yuritayotgan soha mutaxassislari bilan muloqotlar olib borib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yana bir karra mustahkamlab oldilar.

🔖O‘quvchilar “Start UP” loyihalarda nimalar qilish kerakligi haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarining “Start UP” loyihalarini mukammallashtirishdi.

📃Amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilar “IT-Park” rahbari tomonidan sertifikat bilan taqdirlandilar.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥72
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

📢Hurmatli vohadoshlar, aziz ota-onalar!

❗️Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

📝Yangi oʻquv yilida Termiz shahridagi Prezident maktabiga 5-sinfga hamda boʻsh oʻrinlari mavjud boʻlgan 9- va 10-sinflarga oʻquvchilar qabul qilinadi.

🎥 Yuqoridagi videolavha orqali qabul jarayonlari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.

👉Bizni kuzatishda davom eting: @pmtermiz

☎️Qabul boʻyicha murojaatlar uchun qisqa raqam - 1206

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍72
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#zukko_kitobxon #final
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining joriy mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📌Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 6-Green, 7-Blue hamda 9-Blue sinflari tanlovning final o‘yinida ishtirok etishdi.

🔗Tanlov
nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar Said Ahmadning “Qorako‘z majnun” hikoyasi hamda Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi asosida tezkor savol-javob hamda badiiy sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇9-Blue sinfining “Dynamo” jamoasi 1-o‘rinni;
🥈6-Green sinfining “Polvonlar avlodi” jamoasi 2-o‘rinni;
🥉7-Blue sinfining “Mangulik yulduzlari” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
10🔥5👍4🤩1
#3_kun_qoldi
#Qabul_2025
#Prezident_maktabi #Termiz_shahri

📢 Hurmatli ota-onalar, qadrli o‘quvchilar!

Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.

☎️Qabul jarayonlari bo‘yicha qisqa 1206 hamda (55) 452-09-22 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Call-markaz har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.

🎥 ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma hamda my.gov.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

🗓Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar davom etadi.

Aziz o‘quvchilar!
Shoshiling!
Xalqaro maktabda xalqaro ta'lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3🔥2
#2_kun_qoldi

9
#oxirgi_kun
#Qabul_2025
#Prezident_maktabi #Termiz_shahri

📢 Hurmatli ota-onalar, qadrli o‘quvchilar!

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2025-2026-o‘quv yili uchun arizalar qabulining oxirgi kuni. Qabul bugun soat 23:59 ga qadar davom etadi.

☎️Qabul jarayonlari bo‘yicha qisqa 1206 hamda (55) 452-09-22 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Call-markaz har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib boradi.

🎥 ariza.piima.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma hamda my.gov.uz sayti orqali ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Aziz o‘quvchilar!
Shoshiling!
Xalqaro maktabda xalqaro ta'lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchi_2025
#Prezident_maktabi
#Termiz_shahri

🎓Bitiruvchi-2025

Termiz shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o‘quv yili yakuni munosabati bilan "Ilm — eng buyuk sharaf!" shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" bayrami bo‘lib o‘tdi.

Bayram dasturidan bitiruvchilar qasamyodi, o‘qituvchilarning bitiruvchilarga tabrigi, taqdirlash marosimi hamda bir-biridan ajoyib badiiy sahna ko‘rinishlari joy oldi.

Bitiruvchi o‘quvchilarimiz o‘tgan davr mobaynida ularga ta'lim-tarbiya bergan ustozlariga ehtirom ko‘rsatib, buyuk ajdodlarga munosib avlodlar bo‘lishga va'da berdilar.

Maktab ma'muriyati tomonidan esa 2024-2025-o‘quv yilining eng yaxshilari taqdirlandi.

Ustozlar va boshqa xodimlar Prezident maktabida tahsil olib, ayni vaqtda katta hayot ostonasida turgan yigit va qizlarga iliq tilaklar bildirib, kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

Tadbir davomida namoyish etilgan badiiy sahna ko‘rinishlari hamda raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩17🔥139👍3
#ota_onalar_yigʻilishi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha “Taʼtil — mustaqil rivojlanish fursati!” mavzusida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi.

📊Kun tartibidagi asosiy masala oʻquvchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari boʻlib, har bir oʻquvchining fanlar kesimida yillik baholari mahalliy va xorijlik oʻqituvchilar hamda ota-onalar tomonidan atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, o‘zlashtirishi sust bo‘lgan o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni munosib rag‘batlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

📜Yigʻilish soʻngida esa oʻtgan oʻquv yili davomida namunali xulqi va odobi, maktab hayotidagi faolligi, ayniqsa fanlarni yuqori baholarga oʻzlashtirib, barchaga oʻrnak boʻlib kelgan oʻquvchilarining ota-onalariga maktab maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥123👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_yigʻilishi
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🎥Termiz shahridagi Prezident maktabida 2024-2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha “Taʼtil — mustaqil rivojlanish fursati!” mavzusida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishidan videolavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥8👍3🤩21
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#Termiz_shahri

⚡️ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichiga start berildi.

Surxondaryo viloyatida saralash imtihonlari quyidagi manzillarda tashkil etilmoqda:
📍Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi
binosi — 1-38-guruhlar
📍
Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi — 39-64-guruhlar
📍
Termiz shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zali — 65-73-guruhlar

Imtihon jarayonlarini
www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20👍7💯3🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#Termiz_shahri

⚡️NO COMMENT

Ayni vaqtda Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan imtihon jarayonlaridan videolavha

Imtihon jarayonlarini
www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩128👍3🔥2💯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#Termiz_shahri

🎥 Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtgan Prezident maktablari uchun kirish imtihonining ikkinchi bosqichidan video lavha.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍147🤩1