Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.09K subscribers
7.33K photos
532 videos
7 files
2.09K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#Davra_suhbati
#Katta_hayotga_kichik_qadamlar_bilan

📣Termiz shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Shoxista Xamdamova hamda IELTS 7, SAT 1330 xalqaro sertifikatlar sohibi, University of Arizona, Mississippi Satate University, Wingtage University, University of Michigan-Dearborn, Northern Illions Universitylariga tahsil olish yo'llanmasini qo'lga kiritgan maktabimizning 11-sinf o'quvchisi Asror Xo'jayev "Katta hayotga kichik qadamlar bilan" mavzusida Denov tumanidagi 1 va 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 10-11-sinf o'quvchilari uchun davra suhbati tashkil etdi.

Uchrashuvda o’quvchilar SAT (Scholastic Assessment Test) xalqaro sertifikatini olish va uning imtiyozlari, “TOP 1000” talik Universitetlarga hujjat topshirish va qanday qilib grant yutish yo’llari, “El-yurt umidi” jamg’armasi imtiyozlaridan foydalanish haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati

⚡️AQSHNING MINNESOTA UNIVERSITETIDA TAHSIL OLAYOTGAN BITIRUVCHIMIZ BILAN DAVRA SUHBATI

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, AQSHning Minnesota universiteti talabasi, "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibasi Abdumurodova Mo‘tabar hamda maktabning bitiruvchi sinflari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🎬 00:21 Batafsil videolavhada...

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩7
#davra_suhbati #oliy_taʼlim
#Termiz_shahri

Termiz shahridagi Prezident maktabida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

🗓Bitiruvchi o‘quvchilarni ushbu oliy ta'lim muassasasiga jalb qilishga qaratilgan ochiq muloqot mobaynida ta'lim dargohining ilmiy-texnik bazasi, mavjud ta'lim grantlari va turar joy bilan ta'minlash imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berildi.

Universitet 2022-yil 7-yanvarda Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 2030-yilgacha raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar boʻyicha yuqori sifatli taʼlim va tadqiqotlar olib boradigan Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy taʼlim muassasasiga aylanish hamda Oʻzbekiston yoshlariga jahon standartlari asosida taʼlim berish va xalqaro miqyosida tan olingan tadqiqotlarni oʻtkazish maqsad qilingan.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#davra_suhbati
#Zulfiya_mukofoti_sohibasi

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi bilan davra suhbati tashkil etildi.

Samimiy tarzda bo‘lib o‘tgan davra subatida Gulruxsorabegim Abdusaidova o‘zining erishgan yutuqlari, ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichdan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qabul qilgandagi hayajonli lahzalarni Prezident maktabida tahsil olayotgan uka-singillari bilan bo‘lishdi.

Ayniqsa, 10 dan ortiq davlatlarda bo‘lgan Gulruxsorabegim tomonidan xalqaro oliy ta’lim muassasalari, xorijiy mamlakatlarda tahsil olishning, malaka oshirishning afzalliklari to‘g‘risidagi qilingan taqdimot o‘quvchilar uchun manfaatli bo‘ldi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍12👏3
#davra_suhbati

📌Termiz shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minnisota universiteti talabasi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti Mo‘tabar Abdumurodova tomonidan “Study in USA” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📝M.Abdumurodova maktabimizda tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari va afzalliklari, chet el oliygohlariga hujjat topshirish jarayonlari, shuningdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

🔗Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Ayniqsa, AQShdagi eng yirik oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqotlar markazlaridan biri bo‘lgan Minnesota universiteti kompuslaridan tayyorlangan lavhalar o‘quvchilarning chet elda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍17