Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#imtihon_2025
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 Hurmatli ota-onalar!

📆Ertaga, 9-iyul kuni Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo'nalishi uchun kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!

⚡️ Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:

🗣Jumladan:

✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;

✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;

✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);

✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.

Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!

🔖 Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!

❗️MAʼLUMOT UCHUN: TALABGORLAR IMTIHON BOSHLANISHIDAN 1,5 SOAT OLDIN TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI HAMDA RUXSATNOMA BILAN KELISHLARI SHART.

📱 1-smena: soat 8:00 da
📱 2-smena: soat 12:00 da
📱 3-smena: soat 17:00 da

📞 Savollar bo‘yicha 1206 ga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
#imtihon_2025

9–12-iyul kunlari quyidagi maktablarga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

🔹 Ixtisoslashtirilgan maktablar (aniq fanlar);
🔹 Jasorat maktabi;
🔹 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab va Filiallari;
🔹 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab;
🔹 Ibn Sino nomidagi Tayanch maktabi va Filiali;
🔹 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat;
🔹 Ijod maktablari
.

🗓 Imtihonlar 9-, 10-, 11- va 12-iyul kunlari, 3 smenada (soat 08:00, 12:00 va 17:00) o‘tkaziladi.

📥 Ruxsatnomalar: ariza.piima.uz orqali yuklab olinadi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍2
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari boshlanmoqda.

Surxondaryo viloyatida mazkur imtihonlar 3 smenada quyidagi manzillarda tashkil etilmoqda:
📍Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi
binosi — 1-38-guruhlar.
📍Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash
markazi — 39-64-guruhlar.

1-smena: soat 8:00 da
2-smena: soat 12:00 da
3-smena: soat 17:00 da

Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Ma‘lumot uchun, kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 105 daqiqa vaqt ajratiladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
32👍8🔥3
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Surxondaryo_viloyati

Imtihon jarayonlari davom etmoqda ...

🔗Jarayonlarni
www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
19👍11🤩9
#imtihon_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Surxondaryo_viloyati

Bugun Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinf aniq fanlar yo‘nalishi uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Agentlik tizmidagi:
🔹Jasorat maktabi;
🔹 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab va Filiallari;
🔹 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktab;
🔹 Ibn Sino nomidagi Tayanch maktabi va Filiali;
🔹 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat;
🔹 Ijod maktablari
uchun kirish imtihonlari 10-12-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
16👍6🔥4💯2🤩1
#imtihon_2025
#Jasorat_maktablari
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Ayni vaqtda Jasorat maktablari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Ma‘lumot uchun, kirish imtihoni savollarini bajarish uchun jami 100 daqiqa vaqt ajratiladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
16👍11🤩2
#imtihon_2025
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ayni vaqtda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Tayanch ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
20👏6
#imtihon_2025
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari davom etmoqda.

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va filiallariga hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida: tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 62 497 ta ariza kelib tushgan.

Bitta o’ringa 38 nafar talabgor to‘g‘ri kelmoqda.

Surxondaryo viloyatida mazkur imtihonlar Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8🔥7
#imtihon_2025
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va filiallariga hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari yakunlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari ertaga, 12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Surxondaryo viloyatida imtihon topshiruvchilar jarayonlar Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tashkil etiladi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
11👍7
#imtihon_2025
#Al_Beruniy_maktabi

Ayni vaqtda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga birinchi bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yurtimiz ta’lim tizimida yangi bosqich hisoblangan ushbu maktabga kirish uchun 6 184 ta talabgor o‘quvchidan ariza kelib tushgan (bir o‘ringa o‘rta hisobda 103 nafar talabgor).

Ma’lumot uchun: birinchi bosqich sinov jarayonlari matematika  va ingliz tili fanlaridan (har bir fan bo‘yicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida) tashkil etilmoqda. Matematika fani uchun 90 daqiqa, ingliz tili fani uchun 40 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥107👍6💯2
#imtihon_2025
#Bahodir_Jalolov

📣 DIQQAT! IMTIHONLAR BOSHLANDI!

🥊 Bugun, 17-iyul kuni Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni boshlandi!

📍 Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan talabgorlar belgilangan manzilda, sport kiyimida, hujjatlari va ruxsatnomalari bilan erta tongdan yetib kelishdi.

Imtihonda har bir ishtirokchi jismoniy tayyorgarlik darajasi bo‘yicha sinov topshirmoqda.

📎 Maʼlumot uchun:
Talabgorlar kasbiy (ijodiy)
imtihon doirasida jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha quyidagi sinovlardan o‘tadilar:
➡️ 60 metr masofaga yugurish;
➡️ baland turnikda tortilish;
➡️ past turnikda 90° osilgan holda tortilish (qizlar uchun);
➡️ turgan joyidan uzunlikka sakrash;
➡️ oldinga egilish.

⚔️ Shuningdek, maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha quyidagi mashqlar ham bajariladi:
soya bilan jang;
qoplar bilan ishlash;
sparing tushish.

✔️ Jarayonlar professional mezonlar asosida, sport muhiti va xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍1
#imtihon_2025
#Bahodir_Jalolov

Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabining kasbiy (ijodiy) imtihonining uchinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan kelgan talabgorlar ishtirok etishmoqda.

📆Eslatib o‘tamiz, ertaga Namangan va Qashqadaryodan kelgan talabgorlar uchun imtihon davom etadi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma bilan kelishi talab etiladi.

Test 22-iyul 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

📍 IMTIHON MANZILI:
Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#Bahodir_Jalolov
#Oksan_Chusovitina

Ijodiy imtihonlar davom etmoqda!

🤩Ertaga, 21-iyul kuni Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablarining kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘ladi!

Ijodiy imtihonlarga sport kiyimida kelish shart.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma bilan kelishi talab etiladi.

Test 22-iyul 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

📍 IMTIHONLAR MANZILI:
Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabi

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥2
#imtihon_2025
#Bahodir_Jalolov

Ijodiy imtihonlar davom etmoqda!

🤩Bugun Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabida Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridan kelgan talabgorlar ishtirok etishdi.

📆Eslatib o‘tamiz, ertaga Navoiy, Buxoro, Surxandaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan talabgorlar uchun imtihon davom etadi.

Ijodiy imtihonlarga sport kiyimida kelish shart.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asli hamda ruxsatnoma bilan kelishi talab etiladi.

Test 22-iyul 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

📍 IMTIHONLAR MANZILI:
Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabi

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#Oksana_Chusovitina

🤩Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabining kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘lib o‘tdi

📹 Bugungi kun jarayonlari videolavhada

Test 22-iyul 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2
#imtihon_2025
#Bahodir_Jalolov

🤩Bugun Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabining test imtihoni bo‘lib o‘tdi

📎Eslatib o'tamiz, 17–21-iyul kunlari hududlar kesimida Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabining kasbiy (ijodiy) imtihoni bo‘lib o'tdi.

Ushbu sport maktabining test jarayonlarini jonli efir orqali kuzatish imkoniyati yaratildi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23👍7
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

📣 DIQQAT E‘LON!

Prezident maktablariga hujjat topshirib, 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar va ularning ota-onalari!

📆 27-IYUL kuni Prezident maktablariga kirishning ikkinchi bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

📲 Imtihonga ruxsatnoma olish uchun ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuborildi.

🔗 Ruxsatnomani yuklab olish havolasi:
https://ariza.piima.uz/application/cabinet

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 1206

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥3🤩1
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#2_bosqich

📢PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONINING IKKINCHI BOSQICHIGA START BERILDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Maʼlumot oʻrnida Prezident maktablariga kirish imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida qoʻllaniladigan oʻquv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda imtihon natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ham ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Imtihonda ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
🔥107👍4🤩2💯1
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

🤩 Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi!

📎Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida Cambridge xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadi.

👍93