Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.12K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
#turizm #MUN
#Termiz_shahri

⚡️Ayni damda Termiz shahridagi Prezident maktabida MUN (Model United Nations) konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda va bunda respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan maktab o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Dastavval, konferensiya ishtirokchilari Surxondaryo vohasida joylashgan qadimiy obidalar va muqaddas qadamjolar: Sulton Saodat majmuasi, Fayoztepa yodgorligi hamda Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohlarida unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.

Konferensiyaning asosiy qismi haqidagi xabarlarimizni kuzatib boring.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
12👍8🔥3
#TermezPS #MUN

Konferensiyaning asosiy qismi boshlandi.

📝Termiz shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tayotgan Termez PS MUN konferensiyasi yosh liderlar uchun xalqaro munozara maydoniga aylandi! Ushbu nufuzli anjumanda 100 dan ortiq ishtirokchilar turli mamlakatlar nomidan chiqish qilib, global muammolar bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini ilgari surmoqda.

Jarayonlarni kuzatishda davom eting.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
18👍9
#TermezPS #MUN

Konferensiya yakunlandi.

Konferensiya doirasida delegatlar xalqaro muammolarni tahlil qilib, o‘z mamlakatlari manfaatlarini himoya qilish barobarida, diplomatik yo‘l bilan kelishuv va yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishdi. Kun tartibidagi mavzular qatorida iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish, xavfsizlik va xalqaro hamkorlik kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Mazkur Model United Nations
konferensiyasi yosh liderlar uchun nafaqat bahs-munozaralar, balki hamkorlik va innovatsion g‘oyalar, xalqaro munozara maydoniga aylandi! Ishtirokchilar o‘z nutqlari va takliflari orqali xalqaro diplomatiyaning haqiqiy muhitini his qilishdi.

Bu kabi keng qamrovli tadbirlar yoshlarning kreativ fikrlash, o‘z qarashlarini erkin bayon qilish, global muammolarga faol munosabat bildirish va o‘zaro muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbir yakunida eng faol delegatlar maxsus nominatsiyalar asosida taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
14🤩4👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#MUN

Surxondaryo MTRK | Termiz shahridagi Prezident maktabida respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 100 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirokida konferensiya tashkil etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍6🔥4👏1