Termiz shahridagi Prezident maktabi
4.13K subscribers
7.33K photos
530 videos
7 files
2.08K links
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.

Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot

https://www.instagram.com/pmtermiz

https://m.facebook.com/pmtermiz

https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_yil
#Prezident_maktabi

〽️Yakunlanayotgan 2023-yil Termiz shahridagi Prezident maktabi uchun bir nechta muhim voqealar bilan yodda qolmoqda. Jumladan, o‘quvchilarimizning xalqaro hamda fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari, xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritganliklari, Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillarini munosib kutib olinganligi, shuningdek, maktab xodimlarining xorijiy safarlarini ta’kidlab o‘tish mumkin.

🎄Yil yakuni va kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan maktabimizda Yangi yil bayrami tashkil etildi. O‘zgacha va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayramda o‘quvchilar o‘zlarining turli sahna ko‘rinishlari va qiziqarli o‘yinlar bilan bayram qatnashchilari va mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashdilar.

❄️Bundan tashqari, maktabimizning eng erkatoy 5-sinf o‘quvchilariga maktabimiz direktori tomonidan yangi yil sovg‘alari berildi.


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Natijalar

Ustozlarimiz yutuqlari ko'payaversin


⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi tarix va tarbiya fanlari o'qituvchisi Abduraimov Fazliddin Shamsiddin o'g'li O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazilgan tarix fani imtihonida ishtirok etib, yuqori natijani qo'lga kiritdi va umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatga ega bo'ldi.


Ustozimizni ushbu yutuq bilan maktab jamoasi nomidan muborakbot etamiz. Kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.💐💐💐

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

⚡️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Vatan madhi yangrar dilimda” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovi eʼlon qilgan edi.

🔥Ushbu tanlovda Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

💐Ushbu yutuq bilan maktab jamoasini hamda o‘quvchilarini muborakbod etamiz.

📝 Ma‘lumot uchun, Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchilari jamoasi ham "mening madhiyam" tanlovida II o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
#xavfsiz_yangiyil

⚠️ Pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan ogoh bo‘ling!

↪️ Batafsil infografikada.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🔵 Unutmang!!!

Pirotexnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3

SPORT– SOG‘LIK GAROVI


⚡️ Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, do'stona munosabatlarni shakllantirish, xodimlarning bo‘sh vaqtini yanada mazmunli o‘tkazish maqsadida maktabimizda "Quvnoq startlar" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar o‘zaro kichik guruhlarga bo‘linib, berilgan shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, "TEZKOR" jamoasi a‘zolari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
😁4👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TABRIKNOMA


Aziz vatandoshlar! Sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yilda barcha xayrli ishlaringizda sizga omad yor bo'lsin! Go'zal va betakror yurtimiz tinch-osoyishta, oliyjanob, bag'rikeng xalqimiz hamisha omon bo'lsin! Xonadoningizni baxt, oilaviy totuvlik hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz. Yangi yil barchamiz uchun omadli, qut-barakali va sermazmun yil bo'lsin!

Hurmat bilan Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi


🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🤩3
#IT_oromgohi_2024

Yurtimiz yoshlari uchun uzoq kutilgan anʼanaviy Raqamli Avlod IT oromgohining qishki mavsumiga start berildi!

Mazkur oromgoh shu yilning 5–9-yanvar kunlari offlayn va onlayn formatda boʻlib oʻtadi.

Oromgohda ishtirok etish mutlaqo bepul!

Onlayn yoʻnalishlar:
🔹.Net;
🔹Web Dizayn;
🔹AI (Tools);
🔹Front-end;
🔹No coding;
🔹Python.

Offlayn yoʻnalishlar:
🔸Raqamli dizayn;
🔸3D dizayn;
🔸Kibersport (Dota 2);
🔸Robototexnika;
🔸Website (no coding).

Loyiha yakunida oromgohning eng faol ishtirokchilari (onlayn va offlayn) qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi!

📝Roʻyxatdan oʻtish: Online.raqamliavlod.uz

PS: Shoshiling, offlayn yoʻnalish uchun joylar chegaralangan!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🤩4👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati

⚡️AQSHNING MINNESOTA UNIVERSITETIDA TAHSIL OLAYOTGAN BITIRUVCHIMIZ BILAN DAVRA SUHBATI

Bugun Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi, AQSHning Minnesota universiteti talabasi, "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibasi Abdumurodova Mo‘tabar hamda maktabning bitiruvchi sinflari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🎬 00:21 Batafsil videolavhada...

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤩7
#Vakant
#Prezident_maktabi

📣Termiz shahridagi Prezident maktabi pedagog-tarbiyachi hamda kimyo fani mutaxassisligi (laborant) lavozimlariga vakant e’lon qiladi.

➡️Imkoniyatlar:
🟢 “Cambridge University Press” nashriyoti (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan o'quv materiallari;
🟢 Kembrij xalqaro o'qitish tizimi;
🟢 Xalqaro tajribaga ega xorijlik o'qituvchilar (co-teaching);
🟢 Xorijlik mutaxassislar tomonidan haftalik malaka oshirish treninglari;
🟢 Ahil va professional jamoa;
🟢Malakaviy va shaxsiy rivojlanish;
🟢 Iqtidorli o’quvchilar;
🟢 Xalqaro konferensiya va treninglarda ishtirok etish va boshqa ko’plab imkoniyatlar.

➡️Talablar:
🟠IELTS, TOEFL yoki unga teng bo’lgan boshqa sertifikatlar; (bor bo‘lsa ustunlik beriladi)
🟠Pedagogik yo’nalishdagi diplom; (kimyo, biologiya, fizika, matematika, amaliy matematika)
🟠Pedagogika sohasidagi ish tajribasi (5 yil);
🟠Ijodkorlik (Creativity);

Murojaat uchun:
@Aziza1114

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3🤩2👍1
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda maktabimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4🤩2