#yil_sarhisob
#fevral_2024
⚡️ 2024-YIL FEVRAL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev tizimdagi Farg‘ona, Namangan viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, taʼlim muassasalari faoliyatini yaqindan oʻrgandi.
✅ Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti maslahatchisi Stiv King Nukus shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim maskanida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
✅ Agentlik va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
✅ Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Sayfullo Saidov dunyo QS reytingida 17-oʻrinda turadigan "Princeton" universitetiga 350 000 AQSH dollari miqdoridagi grant asosida muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.
✅ "Yangi O‘zbekistonda taʼlim islohotlari" mavzusida videorolik yaratildi.
✅ Agentlik hamda Koreya Respublikasining Chonnam taʼlim departamenti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
✅ Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyat boshladi.
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.
✅ Samarqand shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sevara Kazimova "Duke Kunshan" universitetining to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.
✅ Agentlikda tizimdagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi.
✅ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rayhona Shoyimqulova xorijdagi nufuzli oliygohlarning jami 948 ming AQSH dollarlik grantlarini qoʻlga kiritdi.
✅ Agentlik ishchi guruhi tizimdagi Jizzax, Navoiy viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida yaqindan oʻrganish olib bordi.
✅ Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Tur‘gun Jonzoqov Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatiga 100 foizlik natija bilan ega boʻldi.
✅ Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Xitoy davlatida boʻlib, sohaga oid xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishdi.
✅ Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.
✅ Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Nukus harbiy prokuraturasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
✅ Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazildi.
✅ Ogahiy nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#fevral_2024
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisob
#mart_2024
⚡️ 2024-YIL MART OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Surxondaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarda bo‘lib, ta’lim muassasalari faoliyatini yaqindan o‘rgandi.
✅ Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabiga Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja tashrif buyurdi.
✅ Agentlik ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati o‘rganildi.
✅ Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida Zulfiya tavalludining 109 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazildi.
✅ "Qizlar olimpiadasi"ning Agentlik bosqichi tashkil etilib, unda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar taqdirlandi.
✅ “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
✅ Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Zulfiya Shomurotova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
✅ Agentlikda Ilmiy-metodik kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
✅ 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
✅Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Ilhomjon Baxronov , “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Ahmadov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafonida g‘olib bo‘lib, Londonga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
✅ Koreya Respublikasining Incheon Metropolitan City ta’lim boshqarmasi delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan tanishdi.
✅ Prezident maktablarida xalqaro SAT imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Turkiya elchixonasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
✅ Guliston shahridagi Prezident maktabi, Pastdarg‘om tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari IELTS imtihonidan 8 ballni qo‘lga kiritdi.
✅Toshkent, Nukus shahridagi Prezident maktablarida “Science Fair” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✅ IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
✅ Navoiy shahridagi Prezident maktabi, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari "Tech Girls" dasturi g‘olibi bo‘ldi.
✅ Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari va tuzilmalarida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” bosh g‘oyasi asosida bayram sayllari tashkil etildi.
✅ Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining ilmiy-amaliy treninglar haftaligi tashkil etildi.
✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali o‘tkazildi.
✅ Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz g‘olib va sovrindor boʻldi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#mart_2024
✅Xatirchi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Ilhomjon Baxronov , “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Ahmadov, Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafonida g‘olib bo‘lib, Londonga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
✅Toshkent, Nukus shahridagi Prezident maktablarida “Science Fair” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisob
#aprel_2024
⚡️ 2024-YIL APREL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
✅ "Yangi Oʻzbekiston" universiteti uchun zamonaviy kampus qurish ishlari boshlanishiga tamal toshi qoʻyildi.
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda sayyor qabul o‘tkazdi.
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yoʻnalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar, sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
✅ Agentlik direktori Alisher Ubbiyev tizimdagi Jizzax viloyatida joylashgan maktablarda oʻrganish olib bordi.
✅ Oʻquvchilarimiz Harvard University, College London, Northwestern University, Elmira College kabi dunyoning eng yetakchi oliygohlari toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.
✅ Agentlik matbuot kotibi faoliyati AOKA reytingida yuqori baholandi.
✅ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan uchrashuv tashkil etildi.
✅ Ilk bor “Ijodiy olimpiada" tashkil etildi.
✅ “Robot Gumanoid” loyihasi doirasida oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etildi.
✅ Ikki nafar oʻquvchimiz 5 000 000 hamda 3 000 000 AQSh dollaridan ziyod xalqaro taʼlim grantlarini yutdi.
✅ Buxoro, Fargʻona shahridagi Prezident maktablari,Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Zangiota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi.
✅ Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Oʻquvchimizga 8 ta xorijiy universitet taʼlim granti ajratdi.
✅ Koreya Respublikasining Woosong universiteti rasmiylari bilan muzokaralar olib borildi.
✅ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti “Quality Assurance Agency” a’zoligiga kiritildi.
✅ Oʻquvchimiz 7 ta xorijiy oliygohga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi
✅ “Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
✅ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Oqdaryo, Rishton tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarining oʻqituvchilari malaka (test) sinovidan 100 ballik natija koʻrsatdi.
✅ Ilk bor “Spirituality, Sport, Science, Socializing” nomi ostida keng koʻlamli festival oʻtkazildi.
✅ Oʻquvchilarimiz 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.
✅ Bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya fanlari spetsifikatsiyalari hamda yakuniy davlat attestatsiyasi topshiriqlari ishlab chiqildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#aprel_2024
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM