Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.6K subscribers
17K photos
2.18K videos
70 files
6.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#yil_sarhisob
#fevral_2024

⚡️2024-YIL FEVRAL OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev tizimdagi Farg‘ona, Namangan viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻlib, taʼlim muassasalari faoliyatini yaqindan oʻrgandi.

Kembrij xalqaro taʼlim tashkiloti maslahatchisi Stiv King Nukus shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim maskanida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Agentlik va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Sayfullo Saidov dunyo QS reytingida 17-oʻrinda turadigan "Princeton" universitetiga 350 000 AQSH dollari miqdoridagi grant asosida muddatidan oldin oʻqishga qabul qilindi.

"Yangi O‘zbekistonda taʼlim islohotlari" mavzusida videorolik yaratildi.

Agentlik hamda Koreya Respublikasining Chonnam taʼlim departamenti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyat boshladi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining bitiruvchisi Sevara Kazimova "Duke Kunshan" universitetining to‘liq grantini qo‘lga kiritdi.

Agentlikda tizimdagi muammolar va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan onlayn yig‘ilishi o‘tkazildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf oʻquvchisi Rayhona Shoyimqulova xorijdagi nufuzli oliygohlarning jami 948 ming AQSH dollarlik grantlarini qoʻlga kiritdi.

Agentlik ishchi guruhi tizimdagi Jizzax, Navoiy viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarida yaqindan oʻrganish olib bordi.

Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Tur‘gun Jonzoqov Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatiga 100 foizlik natija bilan ega boʻldi.

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Xitoy davlatida boʻlib, sohaga oid xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishdi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari xalqaro SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi hamda Nukus harbiy prokuraturasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri, senator Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM