Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.9K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ochiq_muloqot #Eslatma

📌Prezident hamda ijod maktablariga qabul yuzasidan o‘tkaziladigan ONLINE OCHIQ MULOQOT bugun soat 16:00 da bo‘lib o‘tadi.

💻📱Bizni kuzatish uchun quyidagi havolalarga kiring:

🔹Youtube 👉https://youtu.be/B08wMljGu7U

🔹 Facebook👇 https://www.facebook.com/events/3039781732919664

❗️Darvoqe, savollaringizni izohlarda qoldirishni unutmang!

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Qabul_2021

Sevimli telekanalining Zamon informatsion ko'rsatuvida Prezident va ijod maktablariga qabul jarayonlariga bag'ishlangan Ochiq muloqotdan lavha namoyish etildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ochiq_muloqot

🔰 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahridagi 350 nafar maktab direktorlari hamda o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

⚡️- Oldimizda davlatimiz rahbari ishonib topshirgan ta’lim islohotlarini amalga oshirishdek mashaqqatli va sharafli vazifa turibdi. Bu vazifalarni amalga oshirishda barchamizdan fidoyilik, halollik talab etiladi, - dedi vazir.

Shuningdek,
muloqot davomida:

tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar;
pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish;
o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish borasidagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

❗️Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirdan javob ham olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#xorijiy_hamkorlik
#ochiq_muloqot

⚡️Agentligimiz tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetida 18-may kuni fizika bo'yicha xorijlik hamda mahalliy professorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etiladi.

Ochiq muloqotda:
🔹 Koreyaning Sejong universitetidan keladigan Dr. Suklyun Hong;
🔹 Amerikaning The University of Texas at Dallas universitetidan Dr. Anvar Zakhidov;
🔹 Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Dr. Qodir Gʻulomov bilan uchrashuv tashkil etiladi.

📚 Fizika sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar mazkur uchrashuvda ishtirok etishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish: https://bit.ly/nuu-physics-may18
📍Manzil:
"Yangi O'zbekiston" universiteti
Vaqt: 18.05.2023, 16:00

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Pedagogika yo'nalishini bitirayotgan talabalar uchun maxsus platforma yaratildi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, talabalarning fikr-mulohazalariga quloq tutish maqsad qilingan.

❗️Hilola Umarova so‘zi avvalida ta'lim sifatini oshirish yo'lida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi va o‘qituvchilar bu jarayonlarning markazida ekanligini, pedagogika universitetining bitiruvchilari — bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta'kidladi.

Shundan so‘ng, universitet bitiruvchilari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalari vazirga bildirishdi.

Xususan:

vazirlik tomonidan pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglarda universitet bitiruvchi talabalarining ham ishtirok etishi,

maktabgacha ta’limda maqsadli kvotalar ko‘lamini kengaytirish takliflari bildirildi.

Murojaat bilan chiqqan talabalarning masalalari joyida hal etildi.

❗️Bundan tashqari, faol talabalar vazirlikka amaliyotga taklif qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida vazirlikning “
Ish.uzedu.uz” platformasi taqdimoti bo’lib, unda tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi.

Ochiq muloqot so’nggida vazir universitetning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

Unda Hilola Umarova doimiy izlanishda bo’lish, o’z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi.


✔️Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini jami 5 ming nafardan ziyod talaba tamomlamoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Soliq qo‘mitasi raisi o’rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan:


taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi,
litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash,
xususiy maktablarga xorijiy ustozlarni jalb qilish kabi takliflar ilgari surildi.

Ushbu takliflarni o’rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar takliflari bilan bir qatorda muammolariga yechim topish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, shuningdek videoselektor orqali Respublikadagi sohaga doir faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot
#Сўх

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Farg‘ona viloyati, So‘x tumani pedagoglari bilan uchrashdi.

Unda 200 nafardan ortiq maktab o‘qituvchilari, faxriy ustozlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

❗️ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan
muloqot davomida o‘qituvchilarning soha faoliyatiga doir takliflari, fikr va mulohazalari tinglandi.

Ishtirokchi pedagoglar Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor va bu islohotlarning eng olis hudud bo‘lgan So‘xdagi natijalari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Vazir Hilola Umarova so‘zi avvalida ustozlarni boshlangan yangi o‘quv yili bilan qutlar ekan, so‘nggi yillarda sohada olib borilayotgan izchil islohotlar davomiy bo‘lishini, hududdagi o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda sohada uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda alohida o‘rnak ko‘rsatgan 10 nafar pedagog “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, tumandagi 9 ta maktabga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 151-sonli umumta'lim maktabida bir guruh ota-onalar va pedagoglar bilan
ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Sardor Radjabov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova ishtirok etdi.

Muloqotda yangi baholash tizimi, uning o‘ziga xos tomonlari va kutilayotgan natijalar haqida so’z yuritildi.

Tadbir davomida ota-onalar tomonidan:

BSB va CHSB imtihonlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari,
imtihonlarda past natija ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan ishlash,
baholash tizimi bilan bog’liq kelgusi rejalar kabi mavzularda ko‘plab savollar berildi.

Savollarning barchasiga mas’ullar tomonidan batafsil javob berildi.

❗️Shuningdek, tadbirda mazkur baholash tizimi o’quvchilarda o‘z ustida ishlashga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirayotganligi ham alohida ta’kidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_muloqot

Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 99-sonli maktabda yangi baholash tizimi va uning muhim jihatlariga bag‘ishlangan
ochiq muloqot tashkil etildi.

 🔹 Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Muloqot avvalida masʼullar tomonidan o‘quvchilarning bilimini baholash bo‘yicha mezonlarga asoslangan yangi tartib xususida to‘liq maʼlumot berildi.

Xususan, vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov so‘zga chiqib, ota-onalarni o'ylantirayotgan masalalar va uning yechimiga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM