Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
44.2K subscribers
20.1K photos
2.56K videos
72 files
7.35K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#TESOL_Arabia

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ishtirok etayotgan TESOL Arabia 26-konferensiyasi hamda ko'rgazmasiga start berildi.

Ushbu konferensiya “Til o’rgatishda translingvizm va ko’p tillilik” mavzusiga bag’ishlangan.

Ko'rgazmada dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, xususan ingliz tili fani bo'yicha kitoblar nashr etuvchi ko'plab nashriyotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

🔴Ayni paytda konferensiyada Agentlik delegatsiyasi nomidan Agentlikning Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo'limi boshlig'i Nargiza Kuchkarova "O'qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi yangi paradigma" mavzusida nutq so'zlamoqda.

Ma'lumot o'rnida, TESOL Arabia 26-xalqaro konferensiyasi 11-13-mart kunlari bo'lib o'tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Янги_Ўзбекистон_университети
#Germaniya
#Amaliyot

Tez orada kimlar amaliyot uchun Germaniyaga borishi aniq bo‘ladi

📣Xabar berib o‘tganimizdek, TUM International bilan hamkorlikda shu yilning aprel oyida "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalarining 8-10 nafari Germaniyaning Myunxen shahridagi yetakchi korxonalarda 1 haftalik amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lishadi.

Shu munosabat bilan, 10 mart kuni universitet tomonidan talabalar uchun saralashning 1-bosqichi boshlandi. Unda talabalar o‘zlari ishlab chiqqan loyiha taqdimoti bilan ishtirok etishmoqda.

Talabalar taqdim etgan 22 ta loyiha universitet hakamlar hayʼati tomonidan baholanib, eng yaxshi deb topilgan loyiha egalari saralashning ikkinchi bosqichiga yo‘llanma olishadi.

📌 Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichi 15 martga qadar davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Эътироф

📊 Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi e'lon qilindi

2022-yilning yanvar-fevral oylarida AOKA tomonidan Respublika darajasidagi 139 ta tashkilot va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2021 yil 2-yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

✔️ Unga ko'ra, Respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 45 nafarining ish natijalari yuqori, 57 nafariniki o‘rta, 33 nafariniki qoniqarli, 4 nafarining faoliyati past darajada, deya baholandi.

⚡️ 2021-yilning ikkinchi yarmida yuqori natija qayd etgan Axborot xizmatlari rahbarlari ro'yxatidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ham o‘rin oldi.

E'tirof muborak bo'lsin!
#TESOL_Arabia

Xabar berganimizdek, Agentlik delegatsiyasi ishtirok etayotgan TESOL Arabia 26-xalqaro konferensiyasida delegatsiya nomidan Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo'limi boshlig'i Nargiza Kuchkarova nutq so'zladi.

❗️Nutq "O'qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi yangi paradigma" mavzusiga bag'ishlangan.

✔️Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'qituvchilarining malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish imkoniyatlari haqida yig'ilganlarga taqdimot qilindi.

Shuningdek, Nargiza Kuchkarova o'z nutqida:

🔸Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari va tashkilotlar;
🔸Agentlik qoshida tashkil etiladigan malaka oshirish tizimi - PDQ dasturi;
🔸Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan tashkil etilgan "Zamonaviy trener" haftaligi haqida ma'lumot berdi
.

🔴Konferensiya davom etmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Test_namunalari_9_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf rus guruhlari uchun BIOLOGIYA fanidan test namunalari.

📆 Eslatib o’tamiz, haftaning har dushanba va shanba kunlari Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashlashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilib boramiz.

✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko'ring!
______
Образцы тестов по БИОЛОГИИ для русскоязычных групп 7 класса специализированной школы имени Абу Али ибн Сины.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Янги_Ўзбекистон_университети

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Yangi O'zbekiston" universiteti hamda Massachusetts Institute of Technology J-WELL rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar:
hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari,
"Yangi O'zbekiston" universitetida ochilishi ko'zda tutilgan yangi yo'nalishlar uchun o'quv dasturlari ishlab chiqish borasida hamkorlikni amalga oshirish;
universitet talabalarining MIT Campusda qisqa muddatli amaliyotini tashkil etish va Research & Development markazlar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

✔️Uchrashuv so'ngida, shuningdek MIT hamda "Yangi O'zbekiston" universiteti professorlari o'rtasida o'zaro almashinuv loyihalarini yo'lga qo'yish bo'yicha fikr almashildi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Test_namunalari
#Prezident_maktablari

❗️Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️
Prezident maktablari saralash imtihonlarining 5-sinf MATEMATIKA fanidan test namunalari.

📆 Eslatib o’tamiz, haftaning har dushanba va shanba kunlari ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilib boramiz.

✔️Bizni kuzatib boring!

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#A_level
#Mock_imtihonlar
#Inson_qadri_uchun

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIDA A-LEVEL MOCK IMTIHONLARI BO'LIB O‘TMOQDA!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro A-level mock imtihonlariga start berildi.

📍Imtihonlar Cambridge Assessmеnt International Education akkreditatsiyasidan o'tgan 4 ta - Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonlar Agentlik mas'ullari nazoratida tashkil etilgan.

Xalqaro A-level mock imtihonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad:

▶️o'quvchilarni may-iyun oyida bo‘lib o'tadigan A-level imtihonlariga tayyorlash hamda
▶️ularning xalqaro ta'lim dasturlarini o'zlashtirish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichini sinovdan o'tkazish hisoblanadi.

📌Imtihonlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan tanlov fanlari - kompyuter ta'limi, biologiya, matematika, fizika va kimyo fanlaridan bo‘lib o‘tmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube