Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
76K subscribers
21K photos
2.64K videos
73 files
7.68K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#A_level
#Mock_imtihonlar
#Inson_qadri_uchun

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIDA A-LEVEL MOCK IMTIHONLARI BO'LIB O‘TMOQDA!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro A-level mock imtihonlariga start berildi.

📍Imtihonlar Cambridge Assessmеnt International Education akkreditatsiyasidan o'tgan 4 ta - Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonlar Agentlik mas'ullari nazoratida tashkil etilgan.

Xalqaro A-level mock imtihonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad:

▶️o'quvchilarni may-iyun oyida bo‘lib o'tadigan A-level imtihonlariga tayyorlash hamda
▶️ularning xalqaro ta'lim dasturlarini o'zlashtirish bo‘yicha sifat ko‘rsatkichini sinovdan o'tkazish hisoblanadi.

📌Imtihonlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan tanlov fanlari - kompyuter ta'limi, biologiya, matematika, fizika va kimyo fanlaridan bo‘lib o‘tmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#A_level
#AS_level
#IGCSE
#Mock_imtihonlar

🤩 Agentlik tizimidagi Prezident maktablarida IGCSE, AS va A-level MOCK imtihonlari oʻtkazilmoqda.

Xalqaro IGCSE, AS va A-level mock imtihonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad oʻquvchilarni may-iyun oyida boʻlib oʻtadigan asosiy imtihonlarga tayyorlash, shuningdek, ularning xalqaro taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish boʻyicha sifat koʻrsatkichini sinovdan oʻtkazish hisoblanadi.

Sinov imtihonlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan tanlov fanlari - kompyuter taʼlimi, biologiya, matematika, fizika, kimyo hamda biznes va iqtisodiyot fanlaridan boʻlib oʻtmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, A-level sertifikati 1750 dan ortiq xorijiy oliygohlar tomonidan tan olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM