#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge_Assessment
Cambridge Assessment International Education tashkiloti maslahatchisi Stiv King Buxoro shahridagi Prezident maktabida boʻlib, taʼlim muassasasidagi oʻquv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida Stiv King ishtirokida Prezident maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Muloqotda mehmon oʻquvchilarimizning kelgusidagi rejalari, ilmiy izlanishlari, ilgʻor loyihalari bilan qiziqib, yoshlarimizning ilmiy, ijodiy salohiyatiga yuqori baho berdi.
Xalqaro ekspert oʻquvchilarimizga ta’lim sohasidagi yangi istiqbollar, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ilmiy izlanishlar va loyihalarni amalga oshirishda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#xalqaro_hamkorlik
#CIS
🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Tashrif doirasida GIS vakillari Nurafshon shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan "Science, Sport, Social, Spirituality" festivalida ishtirok etib, “Science fair” loyihalar taqdimoti, sport musobaqalari, robofutbol, psixologik treninglar, "Oʻzbek milliy taomlari" koʻrgazmasi jarayonlarini yaqindan kuzatdi.
CIS vakillari festival mazmun-mohiyatiga yuqori baho berib, taʼlim muassasasida shu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi oʻquvchilarni jamoaviy ishlash koʻnikmalarini oshirish bilan birga oʻquv jarayonlarini yanada qiziqarli va yangicha mazmunda tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati Xitoy davlatining Yinghua Group va Yinghua Academy vakillari bilan muzokara oʻtkazdi.
Agentlikka Yinghua Group va Yinghua Academy bosh direktori Syangyang Lin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Yinghua Group va Yinghua Academy bosh direktori Syangyang Lin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzaro muloqotda A.Ubbiyev Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida boshqa sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani, xususan, mazkur uchrashuv ham amaliy hamkorlik sifatida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Uchrashuvda Agentlik tizimida tashkil etilishi rejalashtirilgan xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab va unda ikkinchi til sifatida xitoy tilini oʻqitish masalalari, xalqaro fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy konferensiyalar boʻyicha maʼlumot almashinuvi, oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, ikkitomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga oid harakatlar rejasi kelishib olindi.
Shuningdek, muloqot doirasida Agentlik hamda Yinghua Group va Yinghua Academy faoliyatiga oid taqdimotlar oʻtkazildi.

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi vakillari Singapur davlatida malaka oshirmoqda.
🗣 Agentlik va markaz mutaxassislaridan iborat delegatsiya Marshall Cavendish Education tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan 30 soatlik amaliy o‘quv kursida ishtirok etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
✅ Ushbu trening Singapur tajribasiga asoslangan baholash yondashuvlari, sinov savollari tuzish, spetsifikatsiya jadvallarini ishlab chiqish hamda yuqori darajadagi tafakkurni baholash kabi dolzarb mavzularni qamrab oladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktabi
#xalqaro_hamkorlik
#qoʻshma_yigʻin
🤩 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida boks boʻyicha Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi bilan birgalikda qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda.
🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi ishtirokidagi qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini 16-aprelga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik
#qoʻshma_yigʻin
🥊 Unda sport maktabimizning yosh bokschilari hamda mehmon sportchilar malakali murabbiylar boshchiligida mahoratini oshirish bilan birga oʻzaro tajriba almashish imkoniga ham ega boʻlmoqda.
🇦🇿 Ozarbayjon Respublikasining oʻsmirlar milliy terma jamoasi ishtirokidagi qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini 16-aprelga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi vakillari Singapur davlatida malaka oshirishayotgani haqida xabar bergan edik.
Singapurda oʻtkazilgan treninglar davomida ishtirokchilar baholashning xalqaro yondashuvlari, sinov savollarini loyihalashtirish, spetsifikatsiya jadvallari va yuqori tafakkurni baholash kabi dolzarb yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
Marshall Cavendish Education tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan 30 soatlik amaliy o‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Singapurda oʻtkazilgan treninglar davomida ishtirokchilar baholashning xalqaro yondashuvlari, sinov savollarini loyihalashtirish, spetsifikatsiya jadvallari va yuqori tafakkurni baholash kabi dolzarb yo‘nalishlarda nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.
Marshall Cavendish Education tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan 30 soatlik amaliy o‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.
Safar chog‘ida delegatsiya Pekin til va madaniyat universitetiga tashrif buyurib, oliygoh vakillariga O‘zbekiston ta’lim tizimi hamda Agentlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Uchrashuv davomida Agentlik tizimidagi maktablarda xitoy tilini o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, mazkur tashabbus doirasida universitetdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, o‘qituvchilar uchun stajirovka va almashinuv dasturlarini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Pekin til va madaniyat universiteti xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgacha ushbu universitetda 500 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan.
Delegatsiya, shuningdek, "Beijing National Day" maktabida boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy ta’lim dasturlari, hamda sun’iy intellekt fanini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur maktab 1954-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoyning eng ilg‘or maktablaridan biri hisoblanadi. Maktabning Pekin kampusida hozirda 5000 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, joriy yilda ushbu maktabda Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xitoy_safari
🗣 Tashrif doirasida bir qator yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Safar chog‘ida delegatsiya Pekin til va madaniyat universitetiga tashrif buyurib, oliygoh vakillariga O‘zbekiston ta’lim tizimi hamda Agentlik faoliyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Uchrashuv davomida Agentlik tizimidagi maktablarda xitoy tilini o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, mazkur tashabbus doirasida universitetdan malakali mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, o‘qituvchilar uchun stajirovka va almashinuv dasturlarini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Pekin til va madaniyat universiteti xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Hozirgacha ushbu universitetda 500 dan ortiq o‘zbekistonlik talabalar tahsil olgan.
Delegatsiya, shuningdek, "Beijing National Day" maktabida boʻlib, taʼlim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy ta’lim dasturlari, hamda sun’iy intellekt fanini o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur maktab 1954-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoyning eng ilg‘or maktablaridan biri hisoblanadi. Maktabning Pekin kampusida hozirda 5000 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, joriy yilda ushbu maktabda Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🤩 Avval xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida qator yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, tajriba almashish kabi masalalari yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Tashrif doirasida Agentlik delegatsiyasi “Beijing Guangqumen” oʻrta maktabida bo‘lib, zamonaviy infratuzilma, ilg‘or o‘quv dasturlari va sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu maktab 2025-yildan boshlab ta’lim jarayonini sun’iy intellektga moslashtirishni boshlagan ilk taʼlim muassasalaridan sanaladi. Hozirgi kunda maktabda 5700 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Shuningdek, Agentlik vakillari Pekin shahridagi nufuzli “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabiga ham tashrif buyurdi. Xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitishida koʻp yillik tajribaga ega mazkur xalqaro maktabda 60 ta davlatdan 400 dan ortiq xorijiy o‘quvchilar va 1200 nafar mahalliy o‘quvchilar tahsil olmoqda. Tashrif davomida delegatsiya maktabda Misr madaniyatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan haftalik tadbirlarda ishtirok etdi hamda xorijiy o‘quvchilarga mo‘ljallangan xitoy tili darslarini kuzatdi.
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabi rahbariyati o‘rtasida boʻlib o‘tgan uchrashuvda boshlang‘ich sinflarda xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish tajribasi almashinuvi, qisqa muddatli o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini joriy etish hamda hamkorlikda xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xitoy_safari
Tashrif doirasida Agentlik delegatsiyasi “Beijing Guangqumen” oʻrta maktabida bo‘lib, zamonaviy infratuzilma, ilg‘or o‘quv dasturlari va sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu maktab 2025-yildan boshlab ta’lim jarayonini sun’iy intellektga moslashtirishni boshlagan ilk taʼlim muassasalaridan sanaladi. Hozirgi kunda maktabda 5700 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Shuningdek, Agentlik vakillari Pekin shahridagi nufuzli “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabiga ham tashrif buyurdi. Xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitishida koʻp yillik tajribaga ega mazkur xalqaro maktabda 60 ta davlatdan 400 dan ortiq xorijiy o‘quvchilar va 1200 nafar mahalliy o‘quvchilar tahsil olmoqda. Tashrif davomida delegatsiya maktabda Misr madaniyatiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan haftalik tadbirlarda ishtirok etdi hamda xorijiy o‘quvchilarga mo‘ljallangan xitoy tili darslarini kuzatdi.
Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va “Fangcaodi” xalqaro boshlang‘ich maktabi rahbariyati o‘rtasida boʻlib o‘tgan uchrashuvda boshlang‘ich sinflarda xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish tajribasi almashinuvi, qisqa muddatli o‘quvchi va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini joriy etish hamda hamkorlikda xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🤩 Agentlik delegatsiyasining Xitoyga safari davom etmoqda.
Avval, xabar berilganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati va masʼul xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib turibdi.
Agentlik delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Xitoy tilini o‘qitish markaziga tashrif buyurib, markaz rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Tashrif avvalida Agentlik vakillari ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvning asosiy qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev O‘zbekiston ta’lim tizimi, xususan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, ularda oʻqitish jarayonlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish borasidagi islohotlar mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berdi.
Tomonlar hamkorlikda xitoy tilini xorijiy til sifatida oʻqitish bo‘yicha oʻquv dasturlari va darsliklarni moslashtirish, xitoylik mutaxassislarni Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga jalb etish hamda xitoy tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar uchun HSK imtihonlarini aynan taʼlim maskanlarining oʻzida tashkil etish kabi masalalarni muhokama qildi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan takliflar almashildi.
Agentlik delegatsiyasi XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi O‘quv dasturlari va darsliklar tadqiqoti institutiga ham tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida Xitoy tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur va darsliklarni O‘zbekiston standartlari hamda milliy madaniyatidan kelib chiqqan holda moslashtirish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

🤩 Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan Agentlik delegatsiyasi mamlakatning yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Agentlik direktori Alisher Ubbuyev boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi tashrif manzili XXRning Vuchin shahrida joylashgan “Yinghua Akademiyasi” yuqori maktabi bo‘ldi.
Tashrif davomida Agentlik vakillari mazkur maktabda ta’lim jarayoni, milliy va xalqaro dasturlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyamiz va Yinghua Akademiyasi rahbariyati hamda Vuchin shahri hokimi o‘rtasida davra suhbati ham o‘tkazildi. Muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan taklif almashdilar. Muzokara yakunida Agentlik hamda “Yinghua Group” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, delegatsiya “Yinghua Group” tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasasi hamda boshlang‘ich maktabga ham tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xitoy_safari
Agentlik direktori Alisher Ubbuyev boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi tashrif manzili XXRning Vuchin shahrida joylashgan “Yinghua Akademiyasi” yuqori maktabi bo‘ldi.
Tashrif davomida Agentlik vakillari mazkur maktabda ta’lim jarayoni, milliy va xalqaro dasturlar asosida olib borilayotgan o‘quv tizimi, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maktabda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyamiz va Yinghua Akademiyasi rahbariyati hamda Vuchin shahri hokimi o‘rtasida davra suhbati ham o‘tkazildi. Muloqotda tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan taklif almashdilar. Muzokara yakunida Agentlik hamda “Yinghua Group” o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, delegatsiya “Yinghua Group” tizimidagi maktabgacha ta’lim muassasasi hamda boshlang‘ich maktabga ham tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🤩 Agentlik delegatsiyasi XXRning Tyanjin shahridagi Nankai universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifning dastlabki qismida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Nankai universiteti vitse-prezidenti ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladilar.
Muzokaralar davomida Xitoy tili va madaniyati fakulteti bitiruvchilari hamda magistrlarini O‘zbekistonga xitoy tilini o‘qitish uchun jalb qilish, shuningdek, Nankai universiteti bilan Agentlik tizimidagi universitetlar o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun, 1919-yilda tashkil topgan mazkur universitetda bugungi kunda 11 nafar o‘zbekistonlik talaba ham borligi kishini quvontiradi. Agentlik direktori vatandosh talabalar bilan uchrashib, samimiy suhbatlashdi.
Tashrifning ikkinchi qismida delegatsiya universitetning Xitoy tili va madaniyati fakulteti rahbari bilan uchrashdi va davra suhbati o‘tkazilib, istiqboldagi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Xitoyga safar doirasida delegatsiya Tyanjin shahrida o‘tkazilayotgan 85-xalqaro ta’lim jihozlari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi.
Mazkur ko‘rgazmada 300 dan ortiq tashkilot maktabgacha va maktab ta’limi uchun zamonaviy uskunalar, laboratoriya jihozlari, robototexnika hamda sun’iy intellekt integratsiya qilingan elektron dasturlarni namoyish etdi.
Shu tariqa delegatsiyaning Xitoyga tashrifi muvaffaqiyatli yakunlandi.

🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Buxoro shahridagi Prezident maktabi mutaxassislari bilan uchrashdi.
⚡️ Buxoro shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.
✅ Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.
🗣 Avvalroq, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva, Namangan, Andijon, Fargʻona hamda Nurafshon shahridagi Prezident maktablari ham CIS akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#CIS
CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#CIS
🤩 Xalqaro maktablar Kengashi (CIS) vakillari Guliston shahridagi Prezident maktabi mutaxassislari bilan uchrashdi.
⚡️ Guliston shahridagi Prezident maktabi Xalqaro maktablar kengashi (CIS) ga aʼzolik uchun 1-, 2-bosqich tayyorgarliklardan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlib, jarayonning soʻnggi bosqichi (3-bosqich) boshlandi.
✅ Maʼlumot oʻrnida, Xalqaro maktablar kengashi a’zosi boʻlish ta’lim muassasasining xalqaro darajada tan olinganini bildiradi. Ushbu maktablarda oʻqiydigan oʻquvchilarning chet eldagi nufuzli universitetlarda toʻliq grant yutish imkoniyati oshadi.
🗣 Avvalroq, Agentligimiz tizimidagi Nukus, Toshkent, Xiva, Namangan, Andijon, Fargʻona hamda Nurafshon shahridagi Prezident maktablari ham CIS akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#CIS
CIS vakillari Prezident maktabida bir haftalik tashrif bilan boʻlib, bu yerda oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#Prezident_maktablari
🤩 Toshkent shahridagi Prezident maktabida Yaponiyaning CSPC-Japan tashkiloti rahbari, hamda yapon milliy sanʼati vakillari bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#festival
⚡️ Oʻquvchilarimiz xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etmoqda
🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va ta’lim vazirligining rasmiy taklifiga binoan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 16 nafar iqtidorli o‘quvchidan iborat delegatsiya Shusha shahrida o‘tkazilayotgan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etmoqda.
🗣 Mazkur festival turkiy tilli davlatlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, yosh avlodni o‘z milliy qadriyatlari, san’at va an’analari asosida tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim madaniy voqea hisoblanadi. Unda ishtirokchilar o‘z milliy cholg‘u asboblari, folklor raqslari, adabiy chiqishlari va ijodiy ko‘rgazmalari orqali o‘z xalqining boy madaniy merosini namoyish qiladi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#festival
🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va ta’lim vazirligining rasmiy taklifiga binoan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 16 nafar iqtidorli o‘quvchidan iborat delegatsiya Shusha shahrida o‘tkazilayotgan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etmoqda.
🤩 O‘quvchilarimiz ham “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida o‘zlarining betakror kuy-qo‘shiqlari, raqslari va hunarmandchilik namunalari orqali Vatanimizning boy madaniyatini namoyish etmoqda.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#festival
🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va ta’lim vazirligining rasmiy taklifiga binoan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 16 nafar iqtidorli oʻquvchidan iborat delegatsiya Shusha shahrida tashkil etilgan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
🤩 Oʻquvchilarimiz mazkur nufuzli festivalda oʻzbek milliy kuy-qoʻshiqlari, folklor raqslari va hunarmandchilik namunalari, ijodiy koʻrgazmalari orqali Vatanimizning boy madaniyatini namoyish etib, ishtirokchilar va tashkilotchilarning eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Turkiy tilli davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, yosh avlodni oʻz milliy qadriyatlari, sanʼat va anʼanalari asosida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur festival doirasida oʻquvchilarimiz Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayev bilan muloqotda boʻldi.
Shuningdek, oʻquvchilarimiz Ozarbayjon ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, festival taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#festival
🇦🇿Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va ta’lim vazirligining rasmiy taklifiga binoan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 16 nafar iqtidorli oʻquvchidan iborat delegatsiya Shusha shahrida tashkil etilgan “Shusha – Turkiy millatlar birligi madaniyati durdonasi” xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Turkiy tilli davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash, yosh avlodni oʻz milliy qadriyatlari, sanʼat va anʼanalari asosida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur festival doirasida oʻquvchilarimiz Ozarbayjon Respublikasi Ilm-fan va taʼlim vaziri Emin Amrullayev bilan muloqotda boʻldi.
Shuningdek, oʻquvchilarimiz Ozarbayjon ommaviy axborot vositalariga intervyu berib, festival taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari
⚡️ XALQARO EKSPERTLAR ISHTIROKIDA TRENING BOSHLANDI
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun maxsus trening mashgʻulotlari boshlandi.
📶 Trening mashg‘ulotlarini olib borishga AQA xalqaro taʼlim tashkiloti vakillari Samantha Twiselton va Ann Burgess taklif etilgan. Xalqaro ekspertlar ilg‘or xalqaro yondashuvlar hamda amaliy bilimlar orqali samarali rahbarlik, o‘zgarishlarni boshqarish, ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, hamkorlikda ishlash va jamoani boshqarish borasida muhim ko‘nikmalar bilan oʻrtoqlashmoqda.
📆 13-iyunga qadar davom etadigan trening mashgʻulotlari rahbar kadrlarning xalqaro tajribaga asoslangan bilimlarga ega bo‘lishi, ularning zamonaviy menejment yondashuvlarini chuqur anglab yetishi va amalda qo‘llay olishi uchun muhim zamin yaratadi.
🗣 Mashg‘ulotlar interaktiv shaklda, amaliy topshiriqlar va guruh muhokamalari asosida olib borilib, ishtirokchilar yangi bilim va koʻnikmalar olish, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📍 Tadbirga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qilmoqda.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari
✅ Mazkur trening Buyuk Britaniyaning AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan boʻlib, tizimdagi maktablar rahbar xodimlarining boshqaruv salohiyatini yanada rivojlantirish, ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, shuningdek, zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda rahbarlik malakasini takomillashtirish maqsadlarini koʻzda tutadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda maxsus trening mashgʻulotlari tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.
📺 Trening davomida yoritilgan muhim mavzular, ilgari surilgan g‘oyalar va ishtirokchilarning shaxsiy taassurotlari haqida INTERVYUda batafsil tanishishingiz mumkin.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#trening
#boshqaruv_koʻnikmalari
✅ Mazkur trening doirasida zamonaviy ta’lim standartlari, yetakchilik kompetensiyalari va global baholash tizimlariga oid qator o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar ushbu jarayonlarda nafaqat nazariy bilim, balki real tajriba asosida chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#boshqaruv_koʻnikmalari
🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga kiruvchi maktablar rahbar xodimlari uchun AQA (Assessment and Qualifications Alliance) xalqaro taʼlim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan maxsus trening mashgʻulotlari yakunlandi.
➖ Tadbirning yopilish marosimida trening ishtirokchilariga AQA xalqaro taʼlim tashkilotining maxsus sertifikatlari topshirildi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#boshqaruv_koʻnikmalari
✅ Mazkur trening doirasida zamonaviy ta’lim standartlari, yetakchilik kompetensiyalari va samarali rahbarlik, ta’lim muassasasining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, jamoani boshqarish kabi mavzular yuzasidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar ushbu jarayonlarda nafaqat nazariy bilim, balki real tajriba asosida chuqur bilimlarga ega bo‘lishdi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#xalqaro_hamkorlik
📣 📣 📣 📣 📣
⏺ Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Marshall Cavendish Education (MCE) xalqaro taʼlim tashkiloti o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda MCE xalqaro taʼlim tashkiloti ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari materiallarini ishlab chiqish va imtihon jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.
📝 Maʼlumot oʻrnida, MCE O‘zbekistonda 2024-yildan buyon faoliyat yuritib, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’limiy resurslarni joriy etish ishlariga koʻmaklashmoqda. 2025-yilda Singapurda MCE ekspertlari tomonidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining mutaxassisslariga 30 soatlik treninglar o‘tkazilgan edi.
🔔 Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#xalqaro_hamkorlik
✅ Mazkur hamkorlikdan maqsad — milliy o‘quv dasturi va xalqaro standartlarga mos, sifatli baholash vositalarini ishlab chiqish hamda mutaxassislar salohiyatini oshirishdir.