Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢10-may, juma kuni AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Brifing

⚫️Mavzu: Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli
⚫️Vaqti: 16:00
⚫️Ishtirok etadi: Jo‘rabek Jangirov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 11-may
14:00 dan 17:00 gacha
🗺 Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Mirzo Gʻolib koʻchasi, 1-uy

Murojaat uchun:
+99890 943-70-02
+99894 607-12-28


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Farmon_ijrosi_amalda
#STEM_trening

PREZIDENT MAKTABLARI KEMBRIJ DASTURI BOʻYICHA TAJRIBALARINI UMUMTAʼLIM MAKTABLARI BILAN OʻRTOQLASHMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentlik tomonidan Kembrij xalqaro taʼlim dasturi boʻyicha bilim va tajribalarni ommalashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Xususan, Agentlikning Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan seminar-treningda taʼlim maskani oʻquv jamoasi ayni yoʻnalishdagi bilim va tajribalarini hududdagi ixtisoslashtirilgan hamda umumtaʼlim maktablarining STEM fanlari oʻqituvchilari bilan oʻrtoqlashdi.

Mazkur treninglardan asosiy maqsad, pedagoglarning zamonaviy bilimlarga ega, erkin fikrlovchi, aniq va tabiiy, axborot texnologiyalari, robototexnika va boshqa yoʻnalishlarda dunyodagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni kamolga yetkazish, oʻquvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, yangi baholash mezoni borasidagi bilim-malakalarini mustahkamlab borishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Brifing_Qabul_2024
#Live

⚡️ 2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ishtirokida shu mavzuda brifing boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM