Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
70.5K subscribers
21K photos
2.63K videos
73 files
7.66K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda
#STEM_trening

PREZIDENT MAKTABLARI KEMBRIJ DASTURI BOʻYICHA TAJRIBALARINI UMUMTAʼLIM MAKTABLARI BILAN OʻRTOQLASHMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
tegishli farmoni ijrosi doirasida Agentlik tomonidan Kembrij xalqaro taʼlim dasturi boʻyicha bilim va tajribalarni ommalashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Xususan, Agentlikning Nukus shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan seminar-treningda taʼlim maskani oʻquv jamoasi ayni yoʻnalishdagi bilim va tajribalarini hududdagi ixtisoslashtirilgan hamda umumtaʼlim maktablarining STEM fanlari oʻqituvchilari bilan oʻrtoqlashdi.

Mazkur treninglardan asosiy maqsad, pedagoglarning zamonaviy bilimlarga ega, erkin fikrlovchi, aniq va tabiiy, axborot texnologiyalari, robototexnika va boshqa yoʻnalishlarda dunyodagi tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan yoshlarni kamolga yetkazish, oʻquvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, ularning ilm-fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, shuningdek, yangi baholash mezoni borasidagi bilim-malakalarini mustahkamlab borishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube