Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.7K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#MSITF_2024

⚡️OʻQUVCHIMIZ SPORT DASTURLASH OLIMPIADASI GʻOLIBI

Toshkent shahrida Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy-texnik innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni keng joriy qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivali o‘tkazildi.

Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Sport dasturlash olimpiadasida respublikamizning barcha yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu olimpiadada qatnashgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Javohir Toshtemirov 2-o‘rinni egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur olimpiadada qatnashgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchilari Asilbek Sunnatov 1-o‘rinni, Anasxon Komilov 3-o‘rinni qoʻlga kiritgan.

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#sharaf_lentasi
#Xotira_aziz

⚡️Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, sport musobaqalari oʻtkazilib, oʻquvchilarimiz ustozlari boshchiligida urush qatnashchilari va mehnat faxriylari holidan xabar olmoqda.

🗣Shuningdek, "Xotira – ulugʻ qadriyat" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari ham oʻtkazildi.

Maʼlumot oʻrnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 2-martdagi PF-2243-son farmoni bilan mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan.

📶 Jarayonlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 PREZIDENT MAKTABLARI
📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#sharaf_lentasi
#Xotira_aziz

⚡️Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan #Sharaf_lentalari chellenjiga start berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

TIZIMDAGI KADRLAR MENEJERLARI OʻZARO TAJRIBA ALMASHDI

Nukus shahridagi Prezident maktabida Agentlikning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi bilan hamkorlikda hududdagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kadrlar boʻyicha menejerlari faoliyatini tizimli tashkil etish hamda huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi.


Unda kadrlar bilan ishlash boʻyicha hujjatlarni yuritish, hrm.argos.uz  va EDO.IJRO.UZ platformasida ishlash tartiblari kabi masalalar yuzasidan zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari oʻz ish faoliyatlari boʻyicha tajriba almashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#New_Uzbekistan_university

⚡️Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi yurtimizdagi barcha davlat oliy ta'lim muassasalariga joriy qilinmoqda

Prezident Sh.Mirziyoyev huzurida oliy ta'lim tizimi bo‘yicha taqdimot o‘tkazilib, unda barcha davlat oliy ta'lim muassasalarida ta'lim grantlari bir yilga ajratilishi va har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi belgilandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur tizim 2022-yildan joriy qilingan bo‘lib, o‘zini to‘laqonli oqlaganligi va talabalar orasida ta'lim olish bo‘yicha sog‘lom raqobatni shakllantirganligi sababli qolgan oliy ta'lim muassasalariga ham tatbiq etilmoqda.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan muhandislik sohasida ta'lim sifatiga ham alohida e'tibor qaratildi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti muhandislik sohasida eng zamonaviy va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan yo‘nalishlarda tahsil olish imkonini beradi.

#Prezident #grant #muhandislik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM