Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB DASTURI KOʻNIKMALARI OʻRGANILDI

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari Xalqaro bakalavriat (IB) dasturini joriy etish boʻyicha muhim bosqichlardan oʻtgan boʻlib ayni yoʻnalishdagi ishlarning davomi sifatida har ikkala taʼlim muassasasi oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan mazkur seminar-treningda ishtirokchilar IB asosidagi oʻrta yosh dasturini joriy etishda qoʻshimcha resurslar va manbalardan foydalanish boʻyicha bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, seminar-trening doirasida IB boʻyicha topshiriqlarni yaratishda sun’iy intellektdan oqilona foydalanish boʻyicha ham yoʻriqnoma oʻtkazildi. Qayd etilganidek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish oʻquv jarayonini soddalashtirib, moslashtirilgan oʻquv materiallari va mashqlarni taklif qilishi mumkin.

Shuningdek, oʻyinlar, simulyatsiyalar va boshqa interfaol vositalar yordamida oʻrganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa oʻquvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishini kuchaytiradi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolangan.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. Oʻquvchilar turli xil maʼlumot manbalari bilan ishlashni oʻrganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot koʻnikmalarini rivojlantiradilar.

Shuningdek, IB dasturi oʻquvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki oʻquvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil oʻrganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
⌛️ "Eco-Schools Uzbekistan" tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "Eko Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🏫 Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari, shuningdek, Toshkent shahridagi "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi ishtirokchilari bo‘lgan maktablar qatnashdi.

🎯 Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — ekologik bilimlarni ommalashtirish va tabiatga g‘amxo‘rlik madaniyatini shakllantirish edi.

🥇 Musobaqa yorqin va qiziqarli o‘tdi. Unda ishtirokchilar ekologiya muammolari, tabiatni muhofaza qilish va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdilar.

🏆 G‘oliblar bilan bir qatorda barcha jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

~~~

⌛️ По инициативе Eco-Schools Uzbekistan в Ташкенте, в школе творчества имени Абдуллы Кадыри, прошла интеллектуальная игра «Эко Заковат».

🏫 В мероприятии приняли участие ученики школ, в системе Агентства специализированных образовательных учреждений, а также школы-участники проекта Eco-Schools Uzbekistan в Ташкенте.

🎯 Цель мероприятия — популяризация экологических знаний и формирование культуры заботы о природе.

🥇 Состязание прошло ярко и интересно, в ходе которого участники расширили свои знания о проблемах экологии, охране природы и других важных аспектах.

🏆 Помимо победителей, все команды были награждены почетными грамотами и памятными подарками.

😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maʼrifat shuʼlasi | Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik hayoti va ijodi yoshlar nigohida
#samarqandMTRK

📍Samarqand shahridagi Prezident maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 7-sinf oʻquvchishi Julduz Jumabayeva 2011-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 5 yoshidan sportning badiiy gimnastika turi bilan shugʻullanadi.

Julduz Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod, Respublika va xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi.

Maʼlumot oʻrnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2024-уil 22-iyuldagi PF-94-son Farmoniga koʻra Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkazilib, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi etib qayta nomlandi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul tartibi, takomillashtirilgan oʻquv rejalari, shtatlar jadvali ishlab chiqildi hamda Gimnastika maktabining 1-8-sinflariga qabul kvotalari belgilandi.

Joriy yilning 7–25-avgust kunlari ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni amalga oshirildi.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilib, jami 399 ta ariza kelib tushdi.

Kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etilib, talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik, psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha sinovlardan oʻtdi.

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan 74 nafar oʻquvchi Gimnastika maktabiga qabul qilindi.

Bugungi kunda ixtisoslashtirilgan sport maktabida 1-8-sinflar kesimida 139 nafar oʻquvchi badiiy hamda sport gimnastikasi boʻyicha mahoratini oshirish bilan birga zamonaviy taʼlim standartlari asosida bilim olmoqda. Jami 7 nafar rahbar, 12 nafar pedagog va 10 nafar murabbiy xodimlar faoliyat olib borishmoqda.

Joriy yilda ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari sport gimnastikasi boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 1 ta bronza hamda Oʻzbekiston kubogida 1 ta oltin, 5 ta kumush, 3ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_tavalludining_215_yilligi

📆 17-DEKABR – MUHAMMAD RIZO ERNIYOZBEK O‘G‘LI OGAHIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, hassos muarrix, mutafakkir, olim, mohir xattot Muhammad Rizo Ogahiy 1809-yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida tavallud topgan.

Ogahiy Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining ijodkori va peshqadami edi. U Nizomiy, Dehlaviy, Saʼdiy, Jomiy, Hiloliy va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga sheʼriy tarjima qilgan.

Ogahiyning g‘azallari nafaqat o‘z zamonining, balki o‘sha davr adabiyotining o‘ziga xos va yuksak namunalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari, zamonlar o‘tib borishiga qaramay, bugungi kunda ham yosh avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Ogahiy 1874-yilda 65 yoshida vafot etgan.

Maʼlumot o‘rnida, 2019-yilda Agentligimiz tizimida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tashkil etilgan. Mazkur taʼlim muassasasida Ogahiy ijodiy merosiga munosib izdosh bo‘luvchi yoshlar tahsil olmoqda.


Yuqoridagi g‘azalni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Zuhra Otajonova o‘qigan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM