Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Oʻquvchimiz IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi

🤩 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchisi Farruh Samigullayev IELTS imtihonidan 8 ballga ega boʻldi.

💫 Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

OʻQUVCHIMIZ RESPUBLIKA INSHOLAR TANLOVIDA GʻOLIB BOʻLDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi "Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qaror ijrosi doirasida ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli hayoti va ijodiga bagʻishlab oʻtkazilgan Respublika insholar tanlovida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Hulkar Toʻrayeva 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizni ushbu gʻalaba bilan qutlab, kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xorazm 24 | Ogahiy tavalludining 215 yilligi
#xorazmMTRK

📍Ogahiy nomidagi ijod maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_mahorat_darsi

ASTRONOM-KASHFIYOTCHI OLIMDAN MAHORAT DARSI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi  ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA Astronomiya instituti direktori, akademik Shuhrat Egamberdiyev bilan mahorat darsi tashkil qilindi.

Muloqotda akademik oʻquvchilarga Oʻzbekiston tarixida astronomiyaga oid tadqiqotlarning ildizlari eng qadimgi davrga borib taqalishi, shuningdek oʻrta asrlar davrining buyuk mutafakkirlari Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, ayniqsa Mirzo Ulugʻbekning matematika va astronomiyaning rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgani haqida soʻzlab berdi.

Sh.Egamberdiyev Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining tashkil etilish tarixiga ham alohida toʻxtalib, ayni jarayonda davlatimiz rahbarining tashabbus va koʻrsatmalari mustahkam poydevor boʻlganini alohida taʼkidladi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabrdagi "Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabni va "Astronomiya va aeronavtika" bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qaroriga koʻra, iqtidorli yoshlarning astronomiya va aeronavtika faoliyati sohasidagi milliy va umumjahon ilm-fanining yangi yutuqlarini oʻrganish va oʻzlashtirishga boʻlgan intilishini rivojlantirish, yoshlarni aeronavtika fani va texnika asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Shuningdek astronom olim, mamlakatimiz va jahondagi tadqiqotlar, yangi kashfiyotlar, ixtirolar, zamonaviy observatoriyalar haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

Ma’lumot oʻrinda, akademik Sh.Egamberdiyev mamlakatimizda astronomiya fani rivojiga katta hissa qoʻshgan. 150 dan ortiq ilmiy maqolalar (80 dan ziyodi nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan) muallifi. Uning rahbarligida Maydanak observatoriyasida “Samarqand” sayyorasi kashf etilgan, oʻta-yangi yulduz chaqnashi hodisasi aniqlangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube