Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#mahorat_darsi
#xalqaro_hamkorlik

TURKIYALIK OLIMLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI

Agentlik tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Turkiyaning Bartin universiteti professor va doktorlari Orhan Uzun hamda Ahmet Yirmibesh ishtirokida
mahorat darsi oʻtkazildi.

Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti hamkorligida va ijod maktabi turk tili oʻqituvchisi Ogun Yavuzda tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning jahon tamadduniga qoʻshgan hissasi, bugungi yosh avlod ana shunday buyuk ajdodlarga munosib voris sifatida ilm-fan choʻqqilarini egallashlari lozimligi taʼkidlandi.

Mahorat darsida turkiyalik olimlar oʻz sohalari boʻyicha yangiliklar, olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari, Turkiya oliy taʻlim tizimi, xorijiy talabalar uchun dasturlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Muloqotda mehmonlar oʻquvchilarimizning turk tili boʻyicha bilimlariga yuqori baho berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#new_Uzbekistan_university
#xalqaro_hamkorlik

🤩 “YANGI OʻZBEKISTON” UNIVERSITETIGA GERMANIYA DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI

Germaniyaning Bavariya federal oʻlkasi Davlat kanselyariyasi Xalqaro munosabatlar departamenti rahbari oʻrinbosari Kristof Shtyokle boshchiligidagi delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda delegatsiya a’zolari universitetning talabalarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻrgatishga qaratilgan ta’lim dasturlari bilan tanishdi.

Shuningdek, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvi, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda zamonaviy o‘quv dasturlarni ishlab chiqish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.

Kristof Shtyokle universitetning zamonaviy imkoniyatlarini yuqori baholadi va hamkorlikning yangi bosqichlari ochilishi uchun mustahkam asos mavjudligini taʼkidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Solih Al-Gahra Al-Otaibi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida turli sohalarda yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, soha doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik
#onlayn_dars

🤩 Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Koreya Respublikasining Busan shahrida joylashgan Millak boshlangʻich maktabi bilan hamkorlikda koreys tilini amaliy oʻrganish boʻyicha onlayn dars tashkil qilindi.

Unda Millak boshlangʻich maktabi oʻqituvchisi Shin Jong In oʻz ona tilida koreys madaniyati va urf-odatlari, koreyalik yoshlarning qiziqishlari, Busan shahri haqida maʼlumot berdi.

Dars jarayoni Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning koreys tili fani oʻqituvchisi Mashhura Sodiqova tomonidan olib borildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

XITOY XALQARO MAKTABI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Xitoyda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalar qatori ta’lim yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muloqot doirasida Agentlik mas’ul xodimlari mehmonlarni tizimdagi maktablar, oliy ta’lim muassasalari, tuzilmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, joriy yilda erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar borasida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida "Yinghua Academy Tianjin" xalqaro maktabi vakili Yan Zhou ham o‘z ta’lim muassasasi haqida taqdimot o‘tkazdi.

Qayd etilganidek, mazkur Xalqaro maktab 2000-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti va Xitoy milliy dasturlaridan foydalangan holda dars berib kelinmoqda. Ta’lim muassasasi xorijlik yoshlar uchun ham o‘quv dasturlari, kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar almashinuvi dasturi, o‘qituvchilar tajriba almashinuvi, xitoy tili mutaxassislarini jalb qilish borasida takliflar ilgari surildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik

IB DASTURI KOʻNIKMALARI OʻRGANILDI

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari
Xalqaro bakalavriat (IB) dasturini joriy etish boʻyicha muhim bosqichlardan oʻtgan boʻlib ayni yoʻnalishdagi ishlarning davomi sifatida har ikkala taʼlim muassasasi oʻqituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida oʻtkazilgan mazkur seminar-treningda ishtirokchilar IB asosidagi oʻrta yosh dasturini joriy etishda qoʻshimcha resurslar va manbalardan foydalanish boʻyicha bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, seminar-trening doirasida IB boʻyicha topshiriqlarni yaratishda sun’iy intellektdan oqilona foydalanish boʻyicha ham yoʻriqnoma oʻtkazildi. Qayd etilganidek, sun’iy intellektdan samarali foydalanish oʻquv jarayonini soddalashtirib, moslashtirilgan oʻquv materiallari va mashqlarni taklif qilishi mumkin.

Shuningdek, oʻyinlar, simulyatsiyalar va boshqa interfaol vositalar yordamida oʻrganishni yanada qiziqarli va samarali qilishi mumkin. Bu esa oʻquvchilarning motivatsiyasini oshiradi va ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishini kuchaytiradi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro bakalavriat (IB) tashkiloti oʻrtasida shartnoma imzolangan.

Xalqaro IB dasturi maktablarda tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantiradi va bolaning ijodiy salohiyatini ochib beradi. Oʻquvchilar turli xil maʼlumot manbalari bilan ishlashni oʻrganadilar, dunyoqarashlarini kengaytiradilar va muloqot koʻnikmalarini rivojlantiradilar.

Shuningdek, IB dasturi oʻquvchilarda dunyodagi deyarli har qanday universitetga kirish uchun imkoniyat beradi. Maxsus IB diplomi nafaqat xorijiy universitetga kirishga qaror qilgan talabalar uchun foydalidir balki oʻquvchilarda global dunyo muammolarini muhokama qilishga, mustaqil oʻrganishga, tanqidiy fikrlashga va muammolarni hal qilishga ijodiy yondashishga undaydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube