Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.33K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#PIIMA #Press_tur #Taqdimot

"Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar: malakali kadrlar, shaffoflik va qulaylik" mavzusidagi press-tur va malakali pedagoglarni tanlash maqsadida tashkil etilgan job.piima.uz veb-saytining taqdimotiga start berildi.

⚡️Jarayon davom etmoqda...

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#PIIMA #Press_tur #Taqdimot

⚡️Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabida press-tur bo'lib o'tdi. Unda:

▶️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan yaratilgan job.piima.uz sayti va mazkur sayt uchun tayyorlangan ijtimoiy video-rolik taqdimoti o'tkazildi.
▶️ Maktabdagi pedagog kadrlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi.
▶️ Maktab kutubxonasi, robototexnika xonasi, musiqa xonasi, yotoqxona va chet ellik o‘qituvchilar yashaydigan mehmonxonadagi sharoitlar bilan tanishtirildi.
▶️ Davra suhbatida jurnalistlar savollariga javob berildi.

👉 Batafsil

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#PIIMA #Press_tur #Taqdimot

🔹Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda pedagog kadrlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan OAV va jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Toshkent shahridagi Prezident maktabiga press tur tashkil etildi.

🔹Press turda ishtirok etgan OAV vakillariga Agentlik nomidan minnatdorlik bildiramiz!

Ushbu press tur jarayonlari videolavhada.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Янги Ўзбекистон университети бўйича тақдимот билан танишди.
Бу университетда таълим жараёни дунёнинг энг нуфузли олий ўқув юртлари билан ҳамкорликда ташкил этилади. Унда 5 та – муҳандислик, табиий фанлар, бошқарув, агротехнологиялар ва ахборот технологиялари факультетлари бўлади.
Давлатимиз раҳбари қабул ва таълим жараёнини сифатли ташкил этиш бўйича кўрсатмалар берди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией об университете «Новый Узбекистан».
Образовательный процесс в новом университете будет организован совместно с ведущими вузами мира. В нем будут пять факультетов – по инженерному делу, естественным наукам, менеджменту, агротехнологиям и информационным технологиям.
Глава государства дал указания по качественной организации процессов приема и обучения.

#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #universitet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yangi_darsliklar #Taqdimot

ZAMONAVIY DARSLIKLAR TAQDIMOTI O'TKAZILDI

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Yangi uslubdagi darslik - zamonaviy ta'lim garovi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ikkita "Adabiyot" va 1 ta "Matnshunoslik" darsliklari, shuningdek "Maktab maslahatchisi" dasturi taqdimot qilindi.

🔸Hilola Umarova, Agentlik rahbari:
"Ta'lim tizimini isloh etish yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish, tizimga yangi innovatsion uslublarni joriy etish bilan uzviy bog'liq".

🔸Zulxumor Mirzayeva, filologiya fanlari nomzodi: "Yangi darsliklarni ishlab chiqishda noan'anaviy nostandart uslublarga murojaat qildik".

🔸Rahimboy Jumaniyozov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent: "O'zbek adabiyoti tarixining deyarli 1300 yili eski o'zbek yozuvi bilan bog'liq. Bu yozuvni o'rganish birinchi navbatda, tariximizni yanada yaxshiroq o'rganish hamdir".

👉Olimlar va mualliflarning fikrlari bilan saytimizda tanishing.
#Taqdimot
#Fizika

✔️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TOMONIDAN TAYYORLANGAN FIZIKA FANI TA’LIM DASTURI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI

Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan dastur taqdimotida Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi mas’ul xodimlari, shuningdek, amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

📝 Fizika fani chuqurlashtirib o‘tiladigan maktablar uchun mo‘ljallangan ushbu dasturni ishlab chiqishda xalqaro tajriba, xususan, IGCSE va A-level (Kembrij), International Baccalaureate, NIS-Programme dasturlari, Avstraliya, Rossiya, Belarus singari davlatlar ta’lim standartlari va PISA, SAT xalqaro imtihonlar mazmuni tahlil qilindi.

📌 Ma'lumot o'rnida, dasturda, shuningdek, hozirgi zamon fanining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda yangi, shu paytgacha o‘quv dasturlari va darsliklarida aks etmagan mavzular ham kiritilgan.
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълим ва мактаб таълими тизимини ривожлантириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию системы дошкольного и школьного образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabtalimi #maktabgachatalim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Prezident_maktabi
#taqdimot

⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Nodirabegim Qosimovaning "Orzu bekati" nomli yangi kitobi  taqdimoti o‘tkazildi.

   Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibi Sodiq Sayhun, Ibrohim Mahkam, Gulsinoy To‘laboyeva, Manzura Abdullayevalar ishtirok etdi.

Ta'kidlash lozim, Nodirabegim Qosimova 2019-yil shaxsan Yurtboshimizning topshiriqlari asosida Namangan Prezident maktabiga o'qishga qabul qilingan edi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdimot

Erkin Vohidov ijod maktabida "Ijod bo‘stoni" nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yangi kitobda Ijod maktabi o‘quvchilarining she’r va hikoyalari o‘rin olgan.

Kitob Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi homiyligida "Farg‘ona" nashriyotida chop etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#taqdimot

⚡️O‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan ilk onlayn ta'lim platformasi yaratildi

"Vatandoshlar" jamoat fondi tashabbusi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘zbek tili onlayn ta'lim platformasi yaratildi.

15-mart kuni Toshkent shahrida ushbu platformaning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Ta'kidlanganidek, til – millat ko‘zgusidir. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi. Hozirgi globallashuv va axborot davrida ona tilimizni sofligicha saqlash va uni kelajak avlodga bezavol yetkazish – barchamizning muqaddas burchimizdir.

O‘zbek tilini o‘rganish platformasi, avvalambor, o‘z yurtidan yiroqda yashayotgan barcha vatandoshlarimizga mo‘ljallangan.

Xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan ko‘pgina platformalar mavjud bo‘lib, aynan o‘zbek tilini o‘rganishga mo‘ljallangan bu kabi yaxlit platforma ilk bor ishlab chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача ва мактаб таълими сифатини ошириш, педагоглар малакасини ошириш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по повышению качества дошкольного и школьного образования, совершенствованию системы повышения квалификации педагогов.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#mening_birinchi_kitobim
#taqdimot
#ijod_maktablari

IJOD MAKTABLARI OʻQUVCHILARINING ILK KITOBLARI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari oʻquvchilarining "Mening birinchi kitobim" loyihasi doirasida chop etilgan birinchi kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Azamat Kamolov, Agentlikning mas’ul xodimlari, ijodkor o‘quvchilar, shoir-yozuvchilar, ota-onalar va talabalar ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 1-apreldagi "Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida ijod maktablari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini doimiy chop etish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilab berilgan.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida ijod maktablari o‘quvchilari Nigina Rustamboyevaning "Baxt gullari", Gulsevar Umrzoqovaning “Yomg‘ir”, Zulhayo Mingboyevaning "Istak", Nurdana Biysenbayevaning "Qo‘shiq ham gurrinler", Rohila Ro‘zimannopovaning "Barglar nidosi", Mohira Diniqulovaning "Yurakka maktub", Marjona Eshqulovaning "Iftixor", Odina Rustamjonovaning “Orzularim”, Muxlisaxon Haydarovaning "Moviy orzular" nomli kitoblari chop etildi.

Tadbirda mualliflarga birinchi kitoblari va qalam haqqi topshirildi. Xonandalar va ijod maktabi o‘quvchilarining badiiy chiqishlari namoyish qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube