Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
48.8K subscribers
16.9K photos
2.18K videos
70 files
6.34K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.iss.one/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 [email protected]
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Yangi_darsliklar #Taqdimot

ZAMONAVIY DARSLIKLAR TAQDIMOTI O'TKAZILDI

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Yangi uslubdagi darslik - zamonaviy ta'lim garovi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ikkita "Adabiyot" va 1 ta "Matnshunoslik" darsliklari, shuningdek "Maktab maslahatchisi" dasturi taqdimot qilindi.

🔸Hilola Umarova, Agentlik rahbari:
"Ta'lim tizimini isloh etish yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish, tizimga yangi innovatsion uslublarni joriy etish bilan uzviy bog'liq".

🔸Zulxumor Mirzayeva, filologiya fanlari nomzodi: "Yangi darsliklarni ishlab chiqishda noan'anaviy nostandart uslublarga murojaat qildik".

🔸Rahimboy Jumaniyozov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent: "O'zbek adabiyoti tarixining deyarli 1300 yili eski o'zbek yozuvi bilan bog'liq. Bu yozuvni o'rganish birinchi navbatda, tariximizni yanada yaxshiroq o'rganish hamdir".

👉Olimlar va mualliflarning fikrlari bilan saytimizda tanishing.
#OAV_biz_haqimizda
#Yangi_darsliklar

"Ma'rifat" gazetasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan yaratilgan “Adabiyot” darsligi haqida "Adabiyot darsligida yangicha yondashuv" nomli maqola chop etildi.

⚡️Mazkur darslik ijod maktablari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, u ilk bor badiiy matn mutolaasi, "o'quvchi-matn" dialogining o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

👉Maqolani batafsil saytimizda o'qing.
#Yangi_darsliklar
#Ijod_maktablari

YANGI ADABIYOT DARSLIKLARI - TA'LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUV!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari uchun yangi yondashuvdagi 8- va 9-sinf Adabiyot darsliklari ishlab chiqildi.

Ushbu darslik:
▶️o‘quvchilarning ijodkorlik,
▶️yaratuvchanlik,
▶️kreativ fikrlash,
▶️didaktik tahlil va asar matni ustida mushohada yuritish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

❗️Bundan tashqari, birinchi marta adabiyot darsligiga “Adabiy laboratoriya” kiritildi.

🔰Mazkur adabiyot darsliklarida o'quvchilar nafaqat mutolaa qilish, balki audio matnlarni ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_darsliklar

PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI HUZURIDAGI ILMIY-METODIK KENGASHNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan 5-sinf Matematika, 8-9-sinf Adabiyot darsliklari, tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun agrotexnologiya, aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablar uchun robototexnika va sun'iy intellekt bo‘yicha ishlab chiqilgan elektiv kurs dasturlari olimlar va amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan muhokama etildi.

❗️Bundan tashqari Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tayyorlangan metodik qo‘llanma, o‘qituvchilar uchun zamonaviy ta'lim texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan malaka oshirish kurs dasturlari ko‘rib chiqildi.

👉Agentlik tomonidan yaratilgan yangi darsliklar haqida mutaxassislar fikri bilan saytimizda batafsil tanishing.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#yangi_darsliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agеntligida Ilmiy-mеtodik kеngashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Mazkur yig‘ilishda nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi o‘qituvchilari va darsliklarni tuzuvchi-mualliflar ishtirok etishdi.

📚 Kengash yig‘ilishida Agentlik tizimidagi maktablarning turli sinflari uchun ishlab chiqilgan Informatika, Matematika, O‘zbekiston tarixi, Ona tili, Fizika, Biologiya, Adabiyot darsliklari hamda ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablar uchun Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani ta’lim dasturlari muhokama etilib, ularning taqdimoti o'tkazildi.

📌 Yig‘ilish so‘ngida, Ilmiy-metodik Kengash muhokamasiga kiritilgan darsliklarni nashrga tavsiya etish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM