XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#sarhisob
#tanlov

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida eng ko'p kitob o'qigan o'quvchilar o'rtasida o'tkazilgan
📚 "𝐊𝐈𝐓𝐎𝐁-𝐌𝐄𝐍𝐈𝐍𝐆 𝐃𝐎'𝐒𝐓𝐈𝐌𝐒𝐀𝐍"
nomli tanlovi g'olibalari aniqlandi va taqdirlandilar.
🥇-o'rin: 7-"E"sinf o'quvchisi
𝐉𝐮𝐦𝐚𝐛𝐨𝐲𝐞𝐯𝐚 𝐎𝐳𝐨𝐝𝐚
🥈-o'rin: 7-"A" sinf o'quvchisi
𝐑𝐮𝐬𝐭𝐚𝐦𝐨𝐯𝐚 𝐒𝐡𝐚𝐫𝐢𝐟𝐚𝐣𝐨𝐧
🥈 7-"E" sinf o'quvchisi 𝐎𝐭𝐚𝐧𝐚𝐳𝐚𝐫𝐨𝐯𝐚
𝐌𝐮𝐱𝐥𝐢𝐬𝐚
🥉-o'rin: 7-"E" sinf o'quvchisi
𝐒𝐚'𝐝𝐮𝐥𝐥𝐚𝐲𝐞𝐯𝐚 𝐃𝐢𝐥𝐱𝐮𝐦𝐨𝐫 egalladi.


𝘉𝘢𝘳𝘤𝘩𝘢 𝘨'𝘰𝘭𝘪𝘣𝘭𝘢𝘳 𝘧𝘢𝘹𝘳𝘪𝘺 𝘺𝘰𝘳𝘭𝘪𝘲𝘭𝘢𝘳 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘣𝘪𝘳𝘪𝘯𝘤𝘩𝘪 𝘰'𝘳𝘪𝘯 𝘴𝘰𝘩𝘪𝘣𝘢𝘴𝘪 𝘦𝘴𝘢 𝘱𝘶𝘭 𝘮𝘶𝘬𝘰𝘧𝘰𝘵𝘪 𝘣𝘪𝘭𝘢𝘯 𝘵𝘢𝘲𝘥𝘪𝘳𝘭𝘢𝘯𝘥𝘪𝘭𝘢𝘳.

📖Kitob o'qishdan to'xtamang aziz o'quvchilar!

🌐 Telegram | Facebook
#Sarhisob
#Vatanparvarlik_oyligi

🏆 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil qilingan "Men Jaloladdin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalar avlodiman!" shiori ostida o'tkazilgan ijodiy tanlov g'oliblari aniqlandi va taqdirlandilar.

Tanlovning insho yo'nalishi bo'yicha:

🥇1-o'rin 9-sinf o'quvchisi G'ayratova Muazzam,
🥈2-o'rin 6-b sinf o'quvchisi Ozodova Nozima,
🥉3-o'rin 6-b sinf o'quvchisi Abdullayev Asrorbek

📝 Maqola yo'nalishi bo'yicha:

🥇1 o'rin 10 sinf o'quvchisi Bekturdiyeva Farangiz,
🥈2 -o'rin 6b sinf o'quvchisi Soborboyeva Muxlisa,
🥉3-o'rin 7b sinf O'quvchisi Ismoilov Og'abek

📜 She'riyat yo'nalishi bo'yicha:

🥇 1-o'rin 6-b sinf o'quvchisi Fayzullayev Nosirbek
🥈 2-o'rin 5-a sinf o'quvchisi Otanazarova Shohruza
🥉 3-o'rin 6-b sinf o'quvchisi Saparboyeva Muxlisalar g'oliblikni qo'lga kiritdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi
#Sarhisob

🇺🇿 Joriy yilning 31-yanvar kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi "Vatanparvar" tashkiloti o'quv sport texnika klubi tirida Vatanparvarlik oyligi doirasida o'q otish sport turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqada Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Atanazarova Alfiya faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

🏆 Tashkil qilingan turnirda ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilaridan Baxtiyarov Jaloliddin, Sotimov Elbek, Axmedova Marjonalar faol qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Sarhisob

🌞 2023-yil 4-fevral kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Tuproqqal'a tumani    ixtisoslashtirilgan maktabida "Men Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalar avlodiman" mavzusida o‘tkazilgan rasmlar tanlovi g‘oliblari munosib taqdirlandilar.

🎨 Tadbirda maktab direktori L.Matyaqubova, vatanparvarlik ruhida yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Eshchonov va tasviriy san'at fani o‘qituvchisi X.Atajonovlar ishtirok etdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Tanlov #Sarhisob
#Alisher_Navoiy_582_yilligi

🏫 Shovot tuman ixtisoslashtitilgan maktab-internatida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan maktab-internat ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari Z.Atajonova va N.Sultonovalar tomonidan "Navoiyni anglash" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
🏆Tanlovda quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇I o‘rin 9-"B" sinf o‘quvchisi Ismoilova Sabina;
🥈II o‘rin 8-''A'' sinf Baxtiyorova Shahzoda;
🥉III o‘rin 9-"B" sinf o‘quvchisi Nurmetova Indira va 9-"B" sinf o‘quvchisi Ahmedjonova Mehribon

🌐 Telegram | Facebook
#Onlayn_olimpiada
#Sarhisob
#Bobur_540_yilligi


✳️ Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchi va o'quvchilari 2023-yil 14-fevral kuni Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va Alitest Group bilan hamkorlikda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Siz Boburni bilasizmi?" mavzusida o‘tkazilgan onlayn olimpiadada faol ishtirok qilib maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar:

1. Komiljonova Dilnura - 8-A sinf o'quvchisi - 95 ball

2. Xusinov Oybek - Ona tili adabiyot fani o'qituvchisi - 90 ball

3. Raxmatullayeva Zuhra - Ona tili adabiyot fani o'qituvchisi - 80 ball

🌐 Telegram | Facebook
#Shaxmat
#Sarhisob

6-13- fevral kunlari Urganch sharar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida shaxmat turniri e'lon qilingan edi.

"Aql gimnastikasi" deb ataluvchi sportning shaxmat turi bellashuvida maktabning 150 dan ortiq o'quvchisi g'oliblikka talabgor sifatida qatnashdilar.

📌 Qizg'in davom etgan bellashuvda final g'olibligi sharafi:

⚡️10-01 -sinf o'quvchisi Hayitboyeva Hayriniso,

⚡️9-02 sinf o'quvchisi Hayitboyeva Mo'tabar,

⚡️6-02 sinf o'quvchisi Sharipov Dilshod,

⚡️9-01 sinf o'quvchisi O'razmatov Jo'rabeklarga nasib qildi.

🏆 Bugun 16-fevral sanasida g'olib o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🌐
Telegram | Facebook
#Sarhisob

❇️ Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabi da 3-chorak yakuni bo'yicha o'quvchilarning natijalari sarhisob qilindi.

⚡️Maktabning 11-sinf o'quvchisi Olloyorova Sevinchoy bu yil "Zulfiya" mukofotiga sazovor bo'ldi. Maktab jamoasi Sevinchoyni chin yurakdan qutlab, uning kelgusidagi o'qishlariga omad va zafarlar tiladilar.

✔️Shu bilan birga turli ko'rik-tanlovlar, fan olimpiadalari bo'yicha yuqori natijalarni qayd etgan o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Sarhisob

📍Urganch shahar 1-son ixtososlashtirilgan maktab-internatida "Yoshlar Prezidenti" ga nomzodlar orasidan eng ko'p ovoz to'plab 9-03 sinf o'quvchisi Komiljanova Komila saylandi.

💢 Bugun ertalabki saflanishda maktab direktori tomonidan Komiljanova Komilaga maktab "Yoshlar Prezidenti" sertifikati topshirildi.

⭕️ Komilaga mas'uliyatli faoliyatida omad tilab, maktab yoshlarini birlashtirib, o'quvchilar g'oyalarini qo'llab-quvvatlashiga ishonch bildiramiz.

📌 Eslatib o'tamiz , "Yoshlar Prezidenti" saylovida jami 6 nafar nomzod qatnashgan edi.

🌐 Telegram | Facebook
#Sarhisob

HILOLA UMAROVA: “O'TGAN YIL DAVOMIDA ERISHGAN BARCHA YUTUQLARIMIZDA SOHA FIDOYILARINING O'RNI BEQIYOS”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida vazirlikning joriy yil faoliyati sarhisobi hamda kelgusi yildagi istiqboldagi rejalarni amalga oshirishga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

❗️Vazir Hilola Umarova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda vazirlik hamda tizim tashkilotlari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi va kelgusi faoliyat rejalari belgilab olindi.

Vazir vazirlik muassisligidagi nashrlarga noutbuk va fotoapparat jamlanmalarini topshirdi


🖥 Tadbir doirasida vazirlik muassisligidagi bosma nashrlar — “Ma’rifat” – “Учитель Узбекистана”, “Tong yulduzi”, “Класс!” gazetalari, “Xalq ta’limi”, "Til va adabiyot ta'limi" – " Преподавание языка и литературы " – "Language and literature teaching”, “Boshlang‘ich ta’lim”, “Gulxan”, “G‘uncha” jurnallari tahririyatlariga noutbuk va fotoapparat jamlanmalari taqdim etildi.

👏 Shuningdek, joriy yilda faol va samarali mehnat qilgan vazirlik hamda tizim xodimlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sarhisob
#Tabriknoma

🔺Kanalimizning hurmatli obunachilari!

Xabaringiz bor, 2023-yilning 30-dekabr kuni kanalimizda #Tabriknoma rukni ostida Ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan jami 10 ta Yangi yil tabriklari taqdim qilngan edi.
Tabriklar taqdim qilib, faollik ko'rsatgan maktab jamoalariga minnatdorchilik bildiramiz.

📊 Natijalarga ko'ra, eng ko'p ovoz to'plab, olqishlarga sazovor bo'lgan tabriknomalarni qayd qilib o'tamiz:

🥇1-o'rin - Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - 304 ovoz
🥈2-o'rin -
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati - 180 ovoz
🥉3-o'rin -
Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan  maktabi - 105 ovoz

⭐️ G'oliblarimizga yanada yuksalish va muvaffaqiyatlari bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar sarhisobi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Sarhisob

2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni joriy etishga doir 23 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Xususan, tizimga oid 2 ta qonun, Prezidentimizning 4 ta farmoni va 8 ta qarori, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari shular jumlasidandir.

Hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM