XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bobur_540_yilligi

⚡️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Bobur ijodining jahon adabiyoti va madaniyati ravnaqiga qo'shgan hissasi" mavzusida viktorina o'tkazildi.

🇸🇱 Viktorinada maktabning
▪️8-01- "Yuksalish"
▪️8-02- "Akobirlar"
▪️8-03- "Bobur izdoshlari" jamoalari qatnashdi.

✳️ Bellashuvda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, badiiy asarlari xususida qizg'in bahs-munozara o'tkazildi. Bobur hayotiga oid rang-tasvir san'ati bo'yicha ham tanlov o'tkazildi.

🏆 Tadbirda"Bobur izdoshlari" guruhi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_540_yilligi

🪐 Bugun Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida

“Nazm ichra bir gavhar” nomli ma'naviy-ma'rifiy kecha bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan g‘azallar, she’r va raqslar, badiiy-musiqiy chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_540_yilligi

🔸Xonqa tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida

✔️ 6- sinflar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Bellashuvda shoh va shoir, buyuk mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi to'g'risida savollar berildi. O'quvchilar savollarga zukkolik bilan javob berib o'z bilimlarini namoyish qildilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_540_yilligi
#Hamkorlik

🔰 Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tuman hokimi maslahatchisi F.Usmonova, maktab rahbari D.Ro‘zmetov, tuman madaniyat bo‘limi, tuman ma’naviyat bo‘limi rahbari v.b. M.Yusupovalar hamkorligida Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayev ishtirok etib, buyuk siymo hayoti, uning  umrboqiy ijodiy merosi hamda davlatchiligimizni shakllantirishdagi xizmatlari, axloqiy-vatanparvarlik qarashlari haqida so‘z yuritdi. O‘quvchilar tomonidan Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar ijro etildi.

⚡️Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlariga boy bo‘lgan ma'naviy kechada  yuksak axloqiy qadriyatlar talqin etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Alisher_Navoiy_582_yilligi
#Bobur_540_yilligi
#Bahs_munozara

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Alisher Navoiyning 572 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining  540 yilligi munosabati bilan 5-,6-,7-,8- sinflar o‘rtasida

"Bir asrning ikki dahosi" mavzusida bahsli munozara tashkil qilindi.

📄 O‘quvchilar guruhlarga bo'lingan holda topshiriqlarni bajarishdi.

📚Guruhlar tomonidan g'azallar hamda sahna ko'rinishlari ijro qilindi. O'quvchilar o'zlari o'qigan asarlarini hikoya qilib berishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_540_yilligi

🔸 Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mahliyo Abdullayeva 5-B sinfida "Bobur avlodimiz'' nomli ta'limiy musobaqa tashkil qildi.

Musobaqada "Bobur avlodlari" jamoasi 1- o'rinni egalladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_540_yilligi

⚡️ Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8-9 sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

🏆 Bellashuv natijalariga ko'ra:

🥇 I-o'rin 8-"D" sinf
🥈 II-o'rin 9-"D" sinf
🥉 III-o'rin 9-"B" sinf o'quvchilari qo'lga kiritdilar.

✳️ Bellashuvda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va badiiy asarlari asosida tuzilgan  savollarga ishtirokchilar aniqlik bilan javob berdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_540_yilligi

👑 Shoh va shoir Bobur lirikasi  insonning go‘zalligi va muhabbati haqidagi qo‘shiqdir. U o‘z asarlarida chin, halol, vafodor insonni ulug‘laydi. Adolatli va munosib odamni yuksaltiradi.

📖 Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari shoir g'azallarini sevib mutolaa qiladilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_540_yilligi

Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabning ijodkor 6-B sinf o'quvchisi

Aslbek Yusupov Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga ham oila a'zolari bilan hamkorlikda sahna ko'rinishi tayyorladi.

🌟 Aslbekning o‘qishlariga omad tilab, bundan keyin ham ajoyib sahna ijrolari yaratishiga tilak bildiramiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Bobur_540_yilligi

🔰Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan fevral oyining 14-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da

"Bobur kabi seving vatanni" mavzusida o'tkazilgan madaniy-ma'rifiy tadbirdan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_540_yilligi

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan

#chellenj 👏👏👏👏👏

🌐 Telegram | Facebook
#Onlayn_olimpiada
#Sarhisob
#Bobur_540_yilligi


✳️ Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchi va o'quvchilari 2023-yil 14-fevral kuni Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va Alitest Group bilan hamkorlikda o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Siz Boburni bilasizmi?" mavzusida o‘tkazilgan onlayn olimpiadada faol ishtirok qilib maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar:

1. Komiljonova Dilnura - 8-A sinf o'quvchisi - 95 ball

2. Xusinov Oybek - Ona tili adabiyot fani o'qituvchisi - 90 ball

3. Raxmatullayeva Zuhra - Ona tili adabiyot fani o'qituvchisi - 80 ball

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Bobur_540_yilligi

💠 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Asalxon Yuldasheva 5-01 sinf o'quvchilari bilan Adabiyot fanidan "Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi hamda uning ruboiylari tahlili" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazdi.

🔷 Ochiq darsda "Loyiha ishi", "Mozaika", "Matn bilan ishlash", "Klaster" metodlaridan foydalanildi.

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha_ishi
#Bobur_540_yilligi

📹 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 5-01 sinf o'quvchilari tomonidan Adabiyot fanidan "Loyiha ishi" bo'yicha "Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylarini oilada o'rganamiz" mavzusida tayyorlangan videorolik.

🌐 Telegram | Facebook