Otabek Hasanov
21.7K subscribers
2.32K photos
686 videos
3 files
772 links
Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари,
сиёсий фанлар доктори

Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75
Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
Download Telegram
«Hellados»
#kechki_mutolaa

Atoqli guruzin adibi Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasi (vaqti 00:28:43)

Nodar Vladimirovich Dumbadze asarlaridagi voqealar tizimi kuchli dramatizmi bilan birgalikda, samimiy yumir ufurib turganligi bilan ham o‘quvchi ongiga singib qoladi. Nodar Dumbadze ijodidagi qadriyatlarga sodiqlik, keksalarni ulug‘lash, vatanga mehr kabi umuminsoniy g‘oyalar mujassamligi adibni ko‘plab o‘zbek kitobxonlarining ham sevimli yozuvchilaridan biriga aylantira olgan.

E'tiboringizga havola etilgan “Hellados” hikoyasi ham adibning aynan o‘shanday — o‘zbek kitobxonlari uchun qimmatli bo‘lgan asarlari sirasiga kiradi.

https://t.iss.one/otabek_khasanov
Audio
#Kechki_mutolaa

O‘tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi.

“Menga desa otib tashlamaydimi? “ deb o’yladi yana o’shanday zarda bilan. Shu topda negadir bolalarini emas, xotinini ham emas, ukasini o’yladi. Shone’mat bolaligida ham zaifgina edi. Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib kelar, ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab o’tirardi. Otasi o’lganida Shoikrom oltinchida, ukasi ikkinchida o’qirdi. O’shanda Shone’mat yig’lamagan, ammo ichikib kasal bo’lib qolgandi. Ona-bola uni avaylab katta qilishdi. Endi bo’lsa, besh kunligi qoldimi yo’qmi, aka bo’lib xabar ham ololmaydi.

https://t.iss.one/otabek_khasanov
Anoyining jaydari olmasi
Erkin A'zam
#kechki_mutolaa

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’ZAMning "Anoyining jaydari olmasi" hikoyasi.

“Anoyining jaydari olmasi” bu – girya. Mungli, hazin hikoyani o‘qib yengil tortasiz. Ramazon sizning ham qayg‘ularingizni aritgandek bo‘ladi. Bir qarasang afandi, bir qarasang hotamtoy. U dunyoni beg‘ubor, sodda tasavvuri ila ko‘radi, qarichlash kerak bo‘lganda, ochiq qo‘llarini uzatadi. Taassufki, ustoz Abdulla Oripov aytmoqchi, “Soddalik yaxshi-yu, lekin ko‘pincha, ishi yurisharkan qitmir odamning”.

https://t.iss.one/otabek_khasanov
Audio
#kechki_mutolaa

O'lmas Umarbekov, "Qiyomat qarz" hikoyasi

Olamgir Abdiyev o‘qidi

https://t.iss.one/otabek_khasanov