Otabek Hasanov
12.3K subscribers
2.47K photos
731 videos
3 files
799 links
Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари,
сиёсий фанлар доктори

Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75
Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
Download Telegram
Bugun Xalqlar do‘stligi kuni mamlakatimiz keng nishonlanmoqda.

Boisi xalqimiz o‘zi azaldan bag‘rikeng, do‘stlikni qadrlab, boshqa millat va elatlar bilan ahl-inoq yashab keladi.

Sana munosabati bilan milliy madaniy markazlar pavilonining ochilish marosimida ishtirok etdik.

Pavilon mamlakatimizda yashab kelayotgan barcha millat va elatlarning o‘z madaniyati va urf-odatlari, an’analarini o‘zida aks ettirgan.

Tadbirda yurtimizdagi 157 ta milliy madaniy markazlarning ko‘rgazmalari, musiqiy dasturlari namoyish etildi.

Madaniyatlar xilma-xil, biroq Vatanimizdagi barcha millat va elatlarning ulkan maqsadlari bir – Yangi O‘zbekistonda birdam, hamjihat, ahl yashash.

Barchamizga do‘stlik ayyomi muborak bo‘lsin!

@otabek_khasanov
👍16🔥82👏1🤝1
Bugungi sana munosabati bilan
"Umummilliy hamjihatlikni mustahkamlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim asosi" mavzusida xalqaro konferensiya ham tashkil qilindi.


Unda nafaqat, mamlakatimiz ziyolilari, balki turli mamlakatdan, xususan, Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy, Rossiya, AQShdan tashrif buyurgan olimlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda umummilliy hamjihatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida e’tirof etdi.

Xalqaro konferensiya doirasida "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston tinchlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik diyori" kitob-albomi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

@otabek_khasanov
👍248👏1
#safar

Navoiy viloyatida safarda bo‘lib, sohaga mas’ul rahbar xodimlar bilan muloqot qildik.


Muloqotimiz davomida hududdagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar holati,  soha oldida turgan muhim masalalar,  yechimini kutayotgan muammolar, kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritdik.

Navoiy viloyati bugun mamlakatimizdagi yangi o‘zgarishlar, yangi islohotlarga mos ravishda rivojlanmoqda. Bu rivojlanishlar hududdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi bilan yanada yangi bosqichga ko‘tariladi.

Shu bois, tizimda faoliyat ko’rsatayotgan barcha rahbar-xodimlarni o‘z ustida ishlashi,  yangilikka intilishi,  yangi tashabbus va maqsadli loyihalarni amalga oshirishi muhim ekanligi ta’kidlandi.

@otabek_khasanov
👍141👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_27_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!

Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

O‘quv soatini youtubedagi https://youtu.be/IDH3dRDX5co sahifamizda tomosha qiling.

@otabek_khasanov
👍24👏1