ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
343 subscribers
9.27K photos
1.03K videos
48 files
1.9K links
Олмалиқ шаҳрининг қайноқ ҳаётига оид энг сўнгги ва энг ишончли хабарлар ва лавҳаларни биз билан кузатиб боринг. Шунингдек, аҳолидан келиб тушган мурожаатларнинг ижросини ҳам бериб борамиз.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya_qarori_ijrosi
#Obod_mahalla

Xabaringiz bor, kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Zarbuloq MFY va Olmaliqsoy MFY larni "Obod mahalla" dasturiga kiritish bo'yicha qaror qabul qilgan edi.

Shahar hokimi, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raxbari Hamdamov Qobil Murotqulovich boshchiligidagi mutasaddilar va jamoatchilik mazkur Zarbuloq mahallasini obod qilish bo'yicha amaliy harakatlarni boshlab yubordi.

Lavha: 8 mb.

@olmaliq_deputatlari
#Muhokama
#Sessiya_qarori_ijrosi

🛍"Sahovat va ko'mak" jamg'armasiga yo'naltirilgan sessiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi

📈Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov raisligida shahardagi sektor kotiblari va "Sahovat va ko'mak" jamg'armasi mas'ullari, shahar hokimligi iqtisodiyot bo'limi bosh mutahassisi ishtirokida muhokama bo'lib o'tdi.

📍Unda Kengashning XXXI Sessiyasi qarori bilan tasdiqlangan ro'yxatlar asosida fuqarolarni moddiy qo'llab-quvvatlash ishlari familiyabay muhokama qilindi.

@olmaliq_deputatlari
#Sessiya_qarori_ijrosi
#Temir_daftar
#Ayollar_daftari
#Yoshlar_daftrari

📍Sessiya qarori qog'ozligicha qolib ketadigan payt o'tdi!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri raisligida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi sessiyasining Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga doir 2 ta qarori ijrosi muhokama qilindi.

Muhokamada mas'ullar sessiya qarorida nomlari keltirilgan har bir fuqaro bilan qilingan ishlar yuzasidan birma-bir javob berdilar.

Kotibiyat mudiri ayrim soha rahbarlarini tanqid ostiga olib: "Qarorni o'zi ijro bo'ladi, deb kutib o'tiribsizmi?, Sessiya qarori qog'ozligicha qolib ketadigan payt o'tdi" deydi.

Sessiyaning mazkur qarorlari ijrosi ikkinchi bor muhokama qilinmoqda. Tan olish kerakki, avvalgi muhokamalardan so'ng qaror ijrosi 85 foizga bajarilgan. Bu galgi jiddiy ihihlantirish va tushuntirishlardan so'ng 💯 foizga bajarilishi ko'zda tutilgan.

@olmaliq_deputatlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya_qarori_ijrosi

Olmaliqqa qo'shilgan "Na'muna" MFY masalasi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri raisligida Piskent tumanidan Olmaliq shahri hududiga o'tkazilgan mahalla hududlarini optimallashtirish bo'yicha mas'ullarning takliflari dastlabki tarzda ko'rib chiqildi.

@olmaliq_deputatlari
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Deputatlar sayyor qabul tashkil qildilar...

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri E.Abdurayimov boshchiligida, Kengashning doimiy komissiyasi raisi Zafar Adilov va tashkilotlar ishtirokida Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan Namuna MFY ning Jaloir, Yangiobod va Toshqishloq hududlari aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.

Fuqarolarning anchadan beri to'planib qolgan ko'plab savollariga javob berildi. Barcha tegishli mutasaddilar, jumladan, kadastr, sog'liqni saqlash, ta'lim, maktabgacha ta'lim, suv, gaz, elektr ta'minoti, obodonlashtirish, yoshlar siyosati, ayollar va boshqa yo'nalishlardagi mas'ullari aholi murojaatlarini tinglab, vazifalarni belgilab, muddat oldilar.

Aholi qabul so'ngida bu ishlarni boshida turgan shahar rahbariyati va barcha tashkilot rahbarlariga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Hududda bo'lgan e'tibor kuchayganidan kayfiyat ham kundan-kun yaxshilanib borayotganidan hursand ekanliklarini bildirdilar.

@olmaliq_deputatlari
#Sayyor_qabul
#Sessiya_qarori_ijrosi

Fuqarolar sarson bo'lmaydi yohud barcha tashkilotlar mahallada!

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2022-yil 20-iyulda imzolangan VI-55-76-10-147-K/22 sonli qarori ijrosini ta'minlash bo'yicha bajarilayotgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Kengash kotibiyati mudiri Ergash Abdurayimov boshchiligidagi mutasaddilar Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o'tgan "Namuna" MFY ga qarashli Bo'ston, Eyvalak va Yangi qurilish hududlari aholisi bilan uchrashdi va fuqarolarning murojaatlarini tingladil. shuningdek, fuqarolarning hudud ko'chalarini yangidan nomlash, tashkiliy jixatdan choralarning ko'rilishi bo'yicha jamoatchilik fikri o'rganildi.

Qabul jarayonidan fuqarolarning 20 dan ortiq muammo va takliflari qabul qilindi. Sayyor qabul bayonnomasi tuzilib, mas'ullarga muddat va vazifalar belgilab berildi hamda ijroga qaratildi.

@olmaliq_deputatlari