ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
344 subscribers
9.26K photos
1.03K videos
48 files
1.9K links
Олмалиқ шаҳрининг қайноқ ҳаётига оид энг сўнгги ва энг ишончли хабарлар ва лавҳаларни биз билан кузатиб боринг. Шунингдек, аҳолидан келиб тушган мурожаатларнинг ижросини ҳам бериб борамиз.
Download Telegram
#Muhokama
#Doimiy_komissiya

Haqiqiy mohokama maydoni - doimiy komissiya!

Joriy yilning 31-iyul kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining ayrim doimiy komissiyalari qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda quyidagi masalalar sessiyaga qadar dastlabki tarzda ko'rib chiqildi:
"Ipoteka-bank" ATIB Olmaliq filiali boshqaruvchi o'rinbosari A.Choriyevning murojati.
Olmaliq shahridagi ayrim geografik obyektlarni nomlash va yangi nom berish to'g'risida.
Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash va boshqa masalalalar muhokama qilindi.

Majlisda muhokama qilingan ayrim masalalarning navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi bo'yicha hulosa qabul qilindi. Doimiy komissiya qarori bilan hal etiladigan masalalar bo'yicha esa tegishli mansabdorlarga taklif va tavsiyalar, vazifalar belgilab berildi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya
#Muhokama

Fuqarolar murojjatlari bilan ishlashda ko'zbo'yamachilik qilgan xodimlarga chora ko'rilishi so'raldi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 76-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada deputatlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmaliq shahridagi Xalq qabulxonasi axboroti eshitildi. Axborotda keltirilgan "Navro'z" mahallasining Afrosiyob ko'chasi aholisining ichimlik suvi bosimi bilan bog'liq murojaatlari bilan ishlashda qo'pol xatolikka yo'l qo'ygan "Toshkent suv taminoti" korxonasining Olmaliq filiali mas'ul xodimlarining lavozimida qolish-qolmaslik masalasini ko'rib chiqish bo'yicha qaror qabul qilindi.

@olmaliq_deputatlari
#Muhokama

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri axboroti asosida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi rahbari, kotibiyati mudiri, deputatlar tomonidan tashkilot va idoralarga yuborilgan deputatlik so'rovlari, murojaatlar va vazifalarning ijrosi bo'yicha tanqidiy-tahliliy muhokama bo'lib o'tdi. Mas'ullarga ogohlantirishlar berilib, tegishli hulosalar qabul qilindi. Bu kabi muhokamalar muntazam davom ettirilishi, har bir murojaat ortida fuqarolarning manfaatlari turganligi ta'kidlandi.

@olmaliq_deputatlari
#Muhokama
#Qarorlar_ijrosi

Sessiya qarorlari ijrosi jiddiy nazorat qilinmoqda

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko'rsatish masalalari bo'yicha hamda Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining qo'shma muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining ayni sohalarga oid yo'nalishlarda 2023-yilda qabul qilingan qarorlari ijrosi muhokama qilindi.

@olmaliq_deputatlari
#Muhokama
#Qarorlar_ijrosi

Kengashning sud-huquq, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati va ayollar masalalariga doir qarorlar ijrosi muhokama qilindi

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, Talim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasining qo'shma muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining mazkur komissiyalar nazoratidagi sohalarga oid yo'nalishlarda 2023-yilda qabul qilingan qarorlari ijrosi muhokama qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Muhokama
#Qarorlar_ijrosi


Joriy yilning 7-noyabr kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Talim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo'shma muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining mazkur komissiyalar nazoratidagi sohalarga oid yo'nalishlarda 2023-yilda qabul qilingan qarorlari ijrosi hamda moddiy ko'makka muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash masalalari dastlabki tarzda muhokama qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama

"Avtobuslarni ishga chiqarishga 15-dekabrgacha muddat berganman"

Toshkent viloyati Transport boshqarmasi boshlig'i Muhiddin Suyunov Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi doimiy komissiyalarining qo'shma muhokamasida deputatlarning Toshkent shahridan beg'araz olib kelingan avtobuslar qani? degan savoliga javob berarkan, tadbirkorlarga 15-dekabrga qadar ishga chiqarishga muddat berganini maʼlum qildi.

P.S. 15-dekabrga 3 kun qoldi.

@olmaliq_deputatlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama

Olmaliq shahar hokimi o'rinbosari Sohib Ahmedov:

"Shahardagi ayrim yo'lovchi tashish bilan shug'illanuvchi avtotransport vositalari ohirigacha bormaydi"

Hokim o'rinbosari viloyat Transport boshqarmasidan buni nazoratga olishini so'radi.

@olmaliq_deputatlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama

Deputat Jumagul Bo'ronova Toshkent viloyati Transport boshqarmasi boshlig'i Muhiddin Suyunovga e'tirozli savoli. (video)

P.S. Hammani qiynayotgan savollardan biri. Ammo yana o'sha javob "harakat qilyapmiz, bartaraf qilamiz, vakolatimiz yo'q..." va hakazo.

@olmaliq_deputatlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama

Shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jalik bo'limi boshlig'i Ilhom Shokirov

Ayrim xonadon egalarining injiqliklari haqida.

@olmaliq_deputatlari
#Muhokama

Alisher Samadov: Ajrimlarning oldini olishda mahalladagi "yettilik" birdek ishlashi kerak.

@olmaliq_deputatlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama

Deputatlarimiz Oilaviy poliklinikadagi Rendgen apparatini ishlatishni talab qilyapti

Olmaliq Tibbiyot birlashmasi Nizomiddin Gaffarov Oilaviy poliklinikadagi Rendgen apparati ishlatilmayotgani bo'yicha deputatlarning savoliga javob berdi.


@olmaliq_deputatlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama

Deputat, texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori Adham Xasanov bitiruvchi sinf o'quvchilarining dars vaqtida repititorga ketib qolayotgani bo'yicha fikr bildirdi.

@olmaliq_deputatlari
#Muhokama
#Doimiy_komissiya

Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash masalalalari muhokama qilindi.

📌 Joriy yilning 26-fevral kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda shahar sektorlari va mahallalari tomonidan tavsiya etilgan moddiy ko'makka muhtoj oilalarni qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rish, berilgan tavsiyalarni haqqoniyligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi. Majlisda komissiya a'zolari va sektor kotiblari, mahalla raislari ishtirok etdilar

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama
#Targ'ibot
#Deputat_mahallada

Yaqinlaringizning ovozi bilan telefon qiladi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi rahbari, shahar hokimi Qobil Xamdamov hozirda ommalashib borayotgan kiberjinoyatlarning yangi turi haqida o'z mulohazalari va uchrayotgan holatlar haqida gapirib, aholini ogohlikka chaqirdi.

Shuningdek, "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlik doirasida shahardagi barcha mahallalarga borib, "Yettilik" faoliyati bilan tanishib,, aholining murojaatlarini tinglab, mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilanmoqda.


Video: "Shosh-Iloq" mahallasidagi hamshaharlarimiz bilan muloqotdan.


@olmaliq_deputatlari
#Sessiya
#Muhokama

Xizmatlar sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash masalalari
muhokama qilindi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 91-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada shaharda xizmatlar sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Deputatlar shahar miqyosidagi rejalar yaxshi bajarilayotgani ammo ayrim mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan o'zlariga berilgan rejalarni bajarishda nima uchun qiyinchilikka uchrayotgani yuzasidan izoh so'radilar. Muhokamalar natijasida Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Muhokama
#Doimiy_komissiya

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining doimiy komissiyalari qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Videokonferensiya aloqa orqali o'tkazilgan majlisda Kengashning navbatdagi sessiyasiga kun tartibiga tavsiya etilayotgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Doimiy_komissiya
#Muhokama

Халқ депутатлари Олмалиқ шаҳар Кенгашининг Маҳаллий буджет, тадбиркорликни ривожлантириш, иқтисодий ислоҳотлар, қурилиш ва коммунал соҳа масалалари бўйича доимий комиссиянинг сессияга қадар дастлабки муҳокамалари бўлиб ўтди.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy