ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
344 subscribers
9.26K photos
1.03K videos
48 files
1.9K links
Олмалиқ шаҳрининг қайноқ ҳаётига оид энг сўнгги ва энг ишончли хабарлар ва лавҳаларни биз билан кузатиб боринг. Шунингдек, аҳолидан келиб тушган мурожаатларнинг ижросини ҳам бериб борамиз.
Download Telegram
#Sessiya

Davlat Dasturi ijrosi deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 90-sessiyasida deputatlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasing “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat Dasturining Olmaliq shahridagi ijrosi to‘g‘risidagi masalani ko'rib chiqdilar. Davlat Dasturi ijrosi bo'yicha Olmaliq shahar hokimining Qarori bilan amaliy tadbirlar rejalari ishlab chiqilgan bo'lib uning ijrosi har oyda Kengashning doimiy komissiyalarida, har chorak yakuni bilan esa sessiyada muhokama qilinadi.

Deputatlar Kengashi 1-chorak yakunlari bo'yicha hisobotlarni qabul qildi va mutasaddilarga navbatdagi vazifalarni belgiladi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

Oila va xotin-qizlar masalasi bo'yicha hisobot ko'rib chiqildi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 90-sessiyasida “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Fаrmоnning Olmaliq shahridagi ijrosi to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi. Masala yuzasidan shahar hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining hisoboti ko'rib chiqildi.

Masala bo'yicha sessiya qabul qilinib, mutasaddilarga navbatdagi vazifalar belgilab berildi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

Deputatlarning xorijga chiqish tartibi haqida Nizomi tasdiqlandi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 91-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada deputatlar “Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlarining xorijiy mamlakatlarga shaxsiy masalalar bo‘yicha chiqishi tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqladilar.

Endilikda deputatlar va Kengash kotibiyati xodimlari xorijiy davlatlarga chiqishdan oldin Kengash rahbariyatiga bildirishnoma beradilar. Shuningdek, Nizomda yana bir qancha tartiblar belgilangan.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya
#Muhokama

Xizmatlar sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi


Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 91-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiyada shaharda xizmatlar sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Deputatlar shahar miqyosidagi rejalar yaxshi bajarilayotgani ammo ayrim mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan o'zlariga berilgan rejalarni bajarishda nima uchun qiyinchilikka uchrayotgani yuzasidan izoh so'radilar. Muhokamalar natijasida Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya
#LIVE

Ayni damda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining
navbatdagi toʻqson toʻrtinchi sessiyasi boshlandi.


Viloyatda aholi bandligini taʼminlash, kam taʼminlangan oilalarni kambagʻallik darajasidan chiqarish, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan fuqarolar bilan ishlash, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va ularning masʼuliyatini oshirish, shuningdek, viloyatda “Sayhunobod tajribasi”ni samarali joriy etish boʻyicha 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida sektor rahbarlari oʻzlarining hisobotlari bilan qatnashmoqda.

Shuningdek, sessiya davomida kun tartibidagi  viloyat mahalliy budjetining joriy 1-chorakdagi ijrosi, Bekobod shahrida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash hamda olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlov tarifini belgilash, shuningdek, hududlardagi aholi muammolarini bartaraf etishda koʻrilayotgan choralar, viloyat hokimining kadrlar masalalariga oid qarorlarini tasdiqlash borasidagi bir qator masalalar koʻrib chiqiladi.

Sessiyani quyidagi havola orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin. 👇

👉 You Tube

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Танқид
#Мурожаатнома
#Сессия

Айрим маҳаллаларда аҳоли томорқа ерларидан оқилона фойдаланиш ишлари суст эканлиги айтилди

Депутатларнинг 95-сессиясида 6 ойлик якунлари таҳлил қилинди.

Олмалиқ шаҳар ҳокими - Халқ депутатлари шаҳар Кенгаши раҳбари Қ.Ҳамдамовнинг Мурожаатида «Ҳилол», «Бўстон» ва «Чамбил» МФЙларида томорқадан самарали фойдаланиш бўйича ишлар суст йўлга қўйилганлиги айтилди. Бу бўйича Маҳаллалар уюшмаси раҳбари У.Рўзимбетовга кўрсатиб ўтилган камчиликларни бартараф қилиш чорасини кўриш вазифаси топширилди.

@ona_shahrim_olmaliq
#Sessiya

“Sayxunobod”, “Uychi”, “Gʻijduvon” va “Zarbdor” tajribasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari 100-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibida bitta masala ko'rib chiqildi. Olmaliq shahar hokimining “Sayxunobod”, “Uychi”, “Gʻijduvon” va “Zarbdor” tajribasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar to'gʻrisidagi hisoboti eshitildi. Shahar hokimi o'z hisobotida erishilgan natijalar bilan bir qatorda kamchiliklarga yo'l qo'yayotgan ayrim mutasaddilar, bank rahbarlari va hokim yordamchilari haqida to'xtaldi. Deputatlar mas'ullar oldidagi navbatdagi dolzarb vazifalarni belgilash bilan birga kamchiliklarga yo'l qo'yib kelayotgan mas'ullarga chora ko'rish haqida qaror qabul qildilar.

Kengash kotibiyati.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
#Сессия Шаҳар сайлов комиссияси раиси Баҳодир Дўсимбетов вилоятга сайлов ўтказувчи комисисялар ҳақида: "Халқ депутатлари Тошкент вилояти Кенгаши депутатлигига сайлов ўтказиш учун вилоятда жаъми 60 та сайлов округи ташкил етилган бўлиб, шулардан 3 таси, яъни…
#Sessiya

Шаҳар сайлов комиссияси раиси Баҳодир Дўсимбетов:

Халқ депутатлари Олмалиқ шаҳар Кенгаши депутатлиги учун 25 та сайлов округлари тузилган бўлиб, мазкур сайлов округлари маҳаллаларимиз чегараларини инобатга олиган ҳолда ташкил этилганлиги сайловчилар учун ҳам, номзодлар ва ташкилотчилар учун ҳам қулай бўлди, десак адашмаймиз.
Шаҳар Кенгаши учун тузилган 25 та сайлов округи учун 5 та сиёсий партиялар томонидан 100% номзодлар кўрсатилди. 5 нафардан жаъми 125 нафар номзодлар ўзаро кураш олиб бордилар. Сиёсий партиялар ва уларнинг номзодлари учун тенг шароит ва имкониятлар яратиб берилди. Сиёсий партиялар ва уларнинг номзодлари шаҳримиздаги маҳаллалар, корхона, ташкилот ва муассасаларда, аҳоли гавжум жойларда жаъми 250 дан ортиқ ўз тарғибот тадбирлари ва сайловолди учрашувларини ўтказдилар.

@ona_shahrim_olmaliq
ОНА ШАҲРИМ - ОЛМАЛИҚ / ЎЗИНГ ЎЗГАРМАСАНГ ОЛАМ ЎЗГАРМАС
#Sessiya Шаҳар сайлов комиссияси раиси Баҳодир Дўсимбетов: Халқ депутатлари Олмалиқ шаҳар Кенгаши депутатлиги учун 25 та сайлов округлари тузилган бўлиб, мазкур сайлов округлари маҳаллаларимиз чегараларини инобатга олиган ҳолда ташкил этилганлиги сайловчилар…
#Sessiya

Шаҳар сайлов комиссияси раиси Баҳодир Дўсимбетов:

Халқ депутатлари Олмалиқ шаҳар Кенгаши депутатлигига номзодлар учун овоз бериш натижаларига кўра тегишли қарор қабул қилиниб, 25 нафар номзод Халқ депутатлари Олмалиқ шаҳар Кенгаши депутати сифатида рўйхатга олинди.
Сайланган депутатларнинг 32% - аёллардир.
Ёш кесимида: 30 ёшгача - 12%, 30 ёшдан 45 ёшгача - 40%, 45 ёшдан 60 ёшгача - 36%, 60 ёшдан юқори бўлганлар эса -12% ни ташкил этади.
Миллатлар кесимида: Депутатларнинг 92% - ўзбек, 8% бошқа миллат вакиллари.
Маълумоти бўйича: Депутатларнинг 96% - олий маълумотли.
Мутаҳассислик кесимида: 40% - мухандис, 24% педагоглар. Иқтисодиёт, ҳуқуқ, тиббиёт, қишлоқ хўжалиги вакиллари 4% дан иборат. 20% эса бошқа соҳа мутаҳассиссларидир.
Соҳалар бўйича: 8% - “маҳалла еттилиги”, 24% - таълим ташкилотлари, 12% - партия ходимлари бўлса, 56% - бошқа соҳалардан.
Партиявийлик бўйича: 32% - ЎзЛиДеП, 20% - ХДП, 16% - ЎзМТДП, 16% - “Адолат” СДП, 16% - ЕП ҳиссасига тўғри келади.
Депутатларнинг 4 нафари илмий даража ва унвонга эга бўлса, 7 нафари давлат мукофотлари соҳибларидир.

@ona_shahrim_olmaliq
#Rasman
#Sessiya


XALQ DEPUTATLARI OLMALIQ SHAHAR KENGASHINING 3-SESSIYASI YAKUNLARI TO'G'RISIDA AXBOROT

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VII chaqiriq 3-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida bitta masala, yaʼni shaharda barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida “Yashil xiyobon” tashkil etish masalasi koʻrib chiqildi. Deputatlar “Yangi Oʻzbekiston” massivida 1,05 gektar yer maydonida “Yashil xiyobon”ni tashkil etishni maʼqullash haqida qaror qabul qildilar.

Kengash kotibiyati.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya
#Rasman

VII chaqiriq Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 4-sessiyasi 2024-yil 10-dekabr (seshanba) kuni soat 14:00ga shahar hokimligi 3-qavat kichik majlislar zaliga chaqiriladi.

Batafsil.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya
#Rasman

VII chaqiriq Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 4-sessiyasi 2024-yil 10-dekabr (seshanba) kuni soat 14:00ga shahar hokimligi 3-qavat kichik majlislar zaliga chaqiriladi.

Batafsil.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya_qarori

AHOLI MUROJAATLARI OSHIB KETGAN MAHALLALARDAGI MAS'ULLAR OGOHLANTIRILDI

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining sessiyasida deputatlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmaliq shahridagi Xalq qabulxonasi mudirining axborotini eshitdi. Deputatlar Kengashi tomonidan “Olmaliqsoy”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, “Alisher Navoiy”, “Saxovat”, “Islom Karimov”, “So‘fi Olloyor” mahallalaridagi mas'ullar aholi murojaatlarining ko'pchiligi mahallalarda hal etilishi mumkin bo'lishiga qaramay, hal etishda sustkashlikka yo'l qo'yganligi, murojaatlarni yetarlicha tahlil qilib, tizimli ish tashkil etmaganligi sababli ogohlantirildi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy