Olmazor tumani hokimligi
6.21K subscribers
32.5K photos
5.86K videos
13 files
15.1K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🎬🎬🎬🎬

OGOH BO’LING!
Har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham kuchli
‼️

😄Davlatimiz Rahbari raisligida 2023-yil 27-oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda respublikada 2 million 400 mingdan ortiq xonadonning egalik hujjati yo‘qligi, ularning kadastr hujjati qilinsa, odamlarga huquqiy, iqtisodiy zamin bo‘lishi ta’kidlanib, hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish bo‘yicha qonun loyihasini yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

❗️Ammo hali qonun qabul qilinmagan bo‘lsada, hujjat qilib olish umidida ayrim fuqarolar tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish qilish holatlari kuzatilmoqda.

Batafsil video lavhada.

#kadastr #ijtimoiy_rolik #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #maqola
HAR BIR QARICH YERNING HISOBI BOR

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani bo‘lim boshlig‘i Umidjon Mirzaliyevning xuddi shu sarlavha ostidagi maqolasi Ochun.uz internet nashrida e'lon qilindi.

💻 Maqolada Olmazor tumanida yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berilgan.

👉 Batafsil Ochun.uz maqolasida 👈

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #yer_nazorati
TOSHKENT SHAHRIDA YER NAZORATI TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA OLIB BORILMOQDA

🏢 Bugungi kunda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

🔷 Boshqarmaning Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari Yangi Sebzor MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 75 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #yer_nazorati #Olmazor
NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va bartaraf qilish borasidagi zarur chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Olmazor tumani bo‘limi mas’ul xodimlari "Yangi Sebzor" MFY 9-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 50 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladilar.

📝 Shundan soʻng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

⚠️ Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🌎🌎🌎🌎

NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

⭐️ Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari “Yuqori Sebzor” MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida Sebzor M17/18 dahasi, 2a-uy oldida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 36 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqlaydilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

🤔 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada bugungi kunda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

#Kadastr #yer_nazorati #Olmazor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
🌎🌎🌎🌎

YER NAZORATI TADBIRLARIDA DRONLARDAN FOYDALANILMOQDA

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi inspektorlari tomonidan hududlarda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

🔵 Jumladan,📍Olmazor tumanining “Ahil” hamda “Olimpiya” MFYlarida zamonaviy texnologiyalar yordamida fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olib, noqonuniy qurilish qilingan holatlarni aniqlash ishlari tashkil etildi.

▶️ Tafsilotlar haqida batafsil maʼlumot beriladi.

❗️Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

#Kadastr #yer_nazorati #dron #Olmazor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения».

#Mirziyoyev #qonun #yer #tanolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X