Olmazor tumani hokimligi
12K subscribers
37.5K photos
6.62K videos
14 files
17.3K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
Olmazor tumanida chuqurlashtirilgan sayyor tibbiy ko‘riklar davom etmoqda

Olmazor tumanidagi mahallalarda o‘tkazilayotgan chuqurlashtirilgan sayyor tibbiy ko‘riklarning asosiy maqsadi — kasalliklar balansini shakllantirish, davlat hisobidan davolanishi lozim bo‘lgan bemorlarni aniqlash va ularni keyingi bosqichda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul muolajaga yo‘naltirishdan iborat.

Navbatdagi sayyor tibbiy ko‘rik “Qorasaroy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi uchun tashkil etilib, uni 19-sonli oilaviy poliklinikaning malakali tibbiyot xodimlari amalga oshirdi.

#Dolzarb_90_kun

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
“Baxtli hayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Abdullayeva hamda 29-sonli musiqa va san’at maktabi hamkorligida mahallalarda yashovchi xotin-qizlar va o‘quvchilar ishtirokida “Baxtli hayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda oilaviy qadriyatlar, sog‘lom turmush tarzi, xotin-qizlarning faolligi hamda yoshlarda ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

D. Abdullayeva o‘z nutqida bilim, tarbiya va madaniyatning ayollar hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishlandi.

#Dolzarb_90_kun

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
“Mehnat insonni ulug‘laydi” mavzusida tadbir tashkil etildi

Olmazor tumanida xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish hamda namunali ayol tadbirkorlarni keng jamoatchilikka tanitish maqsadida “Mehnat insonni ulug‘laydi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D. Abdullayeva, Kamabag'allikni qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i A. Hamidov, “O‘zLiDeP” Toshkent shahar Kengashi va “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi — xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni oilaviy va kichik biznesga jalb etish, ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilish hamda faol ayollarni rag‘batlantirishdan iborat.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

⚡️ Poytaxtdagi Madaniyat markazlaridan birida “Har bir bola - VIP mehmon” tadbiri o’tkazildi

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Olmazor tumani Madaniyat markazida “Har bir bola - VIP mehmon” tadbiri o‘tkazildi!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM