Olmazor tumani hokimligi
5.99K subscribers
32.5K photos
5.86K videos
13 files
15.1K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari

Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatlari faqat DXM yoki YIDXP orqali amalga oshiriladi.

Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

▫️ yuridik shaxslar uchun – 4 yil;
▫️ jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

🔰Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun quyidagicha yig'im undiriladi:

▫️jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (60 ming so'm);
▫️hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning 15 foizi (45 ming so'm);
▫️yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (450 ming so'm) miqdorida.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga belgilangan yig'imning 50 foizi miqdorida chegirma qo'llaniladi.

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site