Olmazor tumani hokimligi
5.97K subscribers
32.5K photos
5.87K videos
13 files
15.1K links
Хокимият Олмазорского района
Download Telegram
#Qabul_2021

❗️“Super kontrakt”ning minimal miqdorlari belgilandi

☑️ 2021/2022-o‘quv yili qabulida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

🔰 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

2021/2022 o‘quv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi;

koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma beriladi.

Shunga ko‘ra, OTM bakalavriatining sirtqi yoki kechki taʼlim shakli bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va tahsil olayotgan hamda 2021 yil 1 noyabrgacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) berilishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇

Pdf qo'llanmani yuklab olish uchun shu yerga bosing!
#Qabul_2021

❗️Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabulga ruxsat berildi

🔰 Davlat OTMga 2021/2022-o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarni tegishli OTM tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qo‘shimcha qabul qilishga ruxsat berildi.

🗓 Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli OTM qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

💵 To‘lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.

➡️ Prezidentning PQ–5157-son qaroriga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul to‘lov-kontrakt miqdori bir talabaning o‘qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda OTM tomonidan belgilanadi.

🏢 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi

🎗 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

🌏 Telegram Instagram 🪙 Facebook 🎥 YouTube