Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.24K subscribers
7.38K photos
1.24K videos
41 files
1.96K links
Download Telegram
#Jarayon
#Robo_Coding

🛑Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda. Olimpiada Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida o‘tkazilib, har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabdan 8- sinf o'quvchilaridan Sultonmurodov Nasrulloh va Sherov Umar, 10 sinf o'quvchilaridan Muxammedov Abdullox va Patxullayev Asadullo qatnashmoqdalar. 7- sinf o'quvchisi Sultonmurodov Asadulloh jarayonda qatnashishdi.
Maktabimiz sharafi uchun kurashayotgan o'quvchilarimizga omad tilaymiz!


Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.
👍12👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ROBO_CODING_olimpiadasi
#Muhandislik_olimpiadasi
#Dasturlash_olimpiadasi

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Prezident, ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining o'quvchilari o'rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi.

Olimpiadada o'quvchilar ikki kishidan iborat jamoa shakllantirgan holda ishtirok etdilar.

O'quvchilar olimpiadada MUHANDISLIK, ROBOTOTEXNIKA, DASTURLASH yo'nalishlarida qatnashdilar.

✍️Hakamlar hay'ati a'zolari ishtirokchi jamoalarni olimpiada nizomiga muvofiq baholadilar.

🏆G'olib bo'lgan jamoalar shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Robo-Coding olimpiadasini o'tkazishdan maqsad o'quvchilarda kognitiv faollikni oshirish, muhandislik yo'nalishini o'rganishga qiziqtirish, ijodiy va eksperimental qobiliyatlarini rivojlantirish, hamda ularning eksperimental fizika sohadidagi ilmiy faoliyatga qiziqishlarini orttirish va rag'batlantirishdir.
✍🏻 Bizni kuzatib borishda davom eting!
https://t.iss.one/olmazor_ixtisoslashtirilgan
👏6
#Robo_Coding
#Taqdirlash_marosimi

👍👍👍

🤩 ROBO-CODING” OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI GʻOLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BOSHLANDI!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#Robo_coding
#Agentlik_bosqichi

🤩 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Maktablarda sun’iy intellektni o‘qitishning ahamiyati. Yangi avlodni sun’iy intellekt boshqaradigan dunyoga tayyorlash" mavzusida taqdimot qildi.


Unda sun’iy intellektning istiqboli va tarixi, turli sohalar rivojidagi o‘rni haqida, qolaversa, "Sun’iy intellektni o‘rgatish qanday foyda beradi?", "Sun’iy intellektni ta’limda qanday joriy qilish mumkin?" singari bir qancha savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda mazkur olimpiada ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari bilan bir qatorda Agentlik faoliyati bilan bog‘liq taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4