Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
1.23K subscribers
7.39K photos
1.25K videos
41 files
1.97K links
Download Telegram
#Robo_coding
#Agentlik_bosqichi

🤩 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Maktablarda sun’iy intellektni o‘qitishning ahamiyati. Yangi avlodni sun’iy intellekt boshqaradigan dunyoga tayyorlash" mavzusida taqdimot qildi.


Unda sun’iy intellektning istiqboli va tarixi, turli sohalar rivojidagi o‘rni haqida, qolaversa, "Sun’iy intellektni o‘rgatish qanday foyda beradi?", "Sun’iy intellektni ta’limda qanday joriy qilish mumkin?" singari bir qancha savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuvda mazkur olimpiada ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari bilan bir qatorda Agentlik faoliyati bilan bog‘liq taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
#STEM_olimpiadasi
#Agentlik_bosqichi
#birinchi_kun

⚡️STEM fanlari boʻyicha olimpiadaning Agentlik bosqichi oʻtkazilmoqda

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻrtasida STEM fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi boʻlib oʻtmoqda.

📶 Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha 3 bosqichda: yozma ish, test va laboratoriya ishi shaklida oʻtkazilmoqda.

💫 Natijalar markazlashgan holda Toshkent shahrida Hakamlar hayʼati tomonidan tekshiriladi va gʻoliblar aniqlanadi.

🗣Maʼlumot uchun, shu yilning 15-mart kuni STEM fanlari bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari oʻtkazilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3