Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi rasmiy kanali
2.88K subscribers
4.77K photos
453 videos
7 files
1.73K links
Kanal OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI BOSHLIG'I X.M.TURG'UNBOYEV TASHABBUSI BILAN YARATILDI.
Download Telegram
#kitobxonlik tadbiri

📚Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 14-sonli maktabda "Kitobim-oftobim" deb nomlangan ma'naviy-marifiy tadbir bo'lib o'tdi.

📘📕Kitob-insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.

📚Tadbirda taniqli adiblarimizning badiiy va tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, eng ommabop kitoblar va barcha elektron kitoblar namoyish etildi.

📚O'quvchi-yoshlarga kitob mutolaasi, asarlar mazmun-mohiyatini anglash insonni komil, zukko, teran tafakkur sohibiga aylantirib bera olish har bir insonnig vazifazi va burchi hisoblanadi.

✏️Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
——————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
💯1
#ONLAYN
#Kitobxonlik yarmarkalari

Ayni damda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobxonlar safini kengaytirish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida umumta'lim maktablarida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" shiori ostida kitobxonlik yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

📚Bugun, 8-aprel kuni bo‘lim tasarrufidagi 3-4-5-10-12-14-16-18-20-23-sonli maktablarda tashkil etilgan ushbu yarmarkalarga o‘quvchilar, ularning ota-onalari, pedagog-hodimlar taklif etilgan.

📌Ma'lumot o‘rnida: Kitobxonlik yarmarkalari ertaga ya'ni 9-aprel kuni 1-2-7-8-11-15-17-19-21-22-sonli maktablarda davom etadi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
1
#ONLAYN
#Kitobxonlik yarmarkalari

Ayni damda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobxonlar safini kengaytirish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida umumta'lim maktablarida "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" shiori ostida kitobxonlik yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

📚Bugun, 9-aprel kuni bo‘lim tasarrufidagi 1-2-7-8-11-15-17-19-21-22-sonli maktablarda tashkil etilgan ushbu yarmarkalarga o‘quvchilar, ularning ota-onalari, pedagog-hodimlar taklif etilgan.

📌Ma'lumot o‘rnida: Kitobxonlik yarmarkalari doirasida o‘quvchilar va ularning ota-onalari, maktablarning pedagog-hodimlari tomonidan o‘zlari qiziqtirgan sermazmun kitoblardan harid qilishlari mumkin. Ushbu yarmarkalar bugun soat 14-00ga qadar davom etadi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍41🔥1
#kitobxonlik bayramlari

Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 22-sonli umumta'lim maktabida joriy yil 16 aprel kuni o'quvchi yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va kitob o'qishga jalb etish maqsadida maktab kutubxonasida 1-sinflar o'rtasida "Kitobim-oftobim" tanlovi bo'lib o'tdi.

📚Tanlovda 1-sinf o'quvchilar berilgan shartlarga ko'ra bellashdilar. Har bir sinfdan bir nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Tanlovda "Furqat"MFY raisi M.Turdiyeva ham ishtirok erdi va ha'yat a'zolari tomonidan o'quvchilar odilona baholandilar. Bajargan shartlariga ko'ra 1"B"-sinf Xurramova Durdona g'olib deb topildi.

Tanlovda ishtirok etgan o'quvchilar maktab ma'muriati tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍3👏1
📚#KITOBXONLIK
📚“Eng faol kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovi
📍Olmaliq shahar

➡️Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-11-sinf kitobxon o‘quvchilari o‘rtasida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

➡️Ushbu ko‘rik-tanlov shahar maktabgacha va maktab ta’limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Tanlovda maktablarning eng faol va g‘olib kitobxon o‘quvchilari ishtirok etdilar.

➡️Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini, kitobxonlar sonini oshirish, adabiyot fanidan berilgan darsdan tashqari o‘qish uchun tavsiya etilgan asarlar mazmunini puxta o‘zlashtirish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, o‘quvchilarga milliy adabiyotni tizimli targ‘ib qilish orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish hamda axborot olish madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.

➡️Ishtirokchilar 2 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar va tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra:
📌1-o‘rinni 16-sonli umumta’lim maktabning 10-sinf o‘quvchisi Xasanova Durdona;
📌2-o‘rinni 18-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ho‘jaeva Xonzoda;
📌3-o‘rinni 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Mingboeva Sarvaralar qo‘lga kiritdi.
🏆G‘oliblar maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍2
#kitobxonlik

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitobxonlarni har tomonlama rag‘batlantirish, o‘quvchi yoshlarni yozgi ta'tilda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli IDUMda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Zukko kitobxon" ko‘rik-tanlovining birinchi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari bo‘limi, FHDYo bo‘limi rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar. Shuningdek tadbirda 19-20-sonli IDUMning 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

⚡️Natijalarga ko‘ra:
1⃣-o‘rin M.Ataqulova (20-IDUM);
2⃣-o‘rin D.Rahimjonov (20-IDUM);
3⃣-o‘rin O.Sayidg‘aniyev (20-IDUM).

📌Shungdek barcha ishtirokchilar nominasiyalar bo‘yicha sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍3
#kitobxonlik festevali.

Kuni kecha Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

Olmaliq shahar 8-sonli musiqa va sa'nat maktabida bo‘lib o‘tgan ushbu festivalga Respublikaning barcha viloyat bolalar kutubxonasi direktorlari, Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat bolalar kutubxonasi hodimlari, maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi darsliklar bo‘yicha metodistlari, maktab kutubxonachilari, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar tashrif buyurishdi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi:
“Ijodkor bolalar”
“Eng yaxshi kitobxon oʻquvchi”
“Eng yaxshi kitobxon maktab”
“Eng faol kutubxonachi”
“Eng yaxshi kitobxon oila”

⚡️Ushbu yo‘nalishlarda o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida 3 ta naminatsiya bo‘yicha Olmaliq shahar o‘quvchi-yoshlari faxrli o‘rin egalladi hamda g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

"Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichining 1⃣-o‘rin sohibi 16-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchisi Xasanova Durdona Atham qizi I-darajali diplom va televizor;

"Eng yaxshi kitobxon maktab" ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichining 2⃣-o‘rin sohibi 10-sonli umumta'lim maktabi kitobxon jamoasi II-darajali diplom va chang yutgich;

"Eng faol kutuxonachi" ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichining 3⃣-o‘rin sohibi 14-sonli umumta'lim maktabi kutubxonachisi Ergasheva Dilnavoz III-darajali diplom va minipech.

Shu o‘rinda alohida e'tirof etadigan bo‘lsak viloyat bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida 3 ta naminatsiya bo‘yicha Olmaliq shahar o‘quvchi-yoshlari faxrli o‘rinlarni egallab, Toshkent viloyati miqyosida tuman (shahar) reytingga ko‘ra 1-o‘ringa ko‘tarildi.


⚡️Festival davomida Olmaliq shahar musiqa va sa'nat maktabi hamda Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchi-yoshlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍3
#kitobxonlik

Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 14-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilarning qishki ta'til davrida bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil eilgan kitobxonlik to‘garaklaridan fotolavhalar...

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍3
#kitobxonlik

Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 22-sonli umumta'lim maktabi kutubxonasida joriy yil 6-yanvar kuni o'quvch-yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va qishki ta‘tilni mazmunli o'tkazish maqsadida  4-B sinf kitobxon o'quvchilari ishtirokida bolalar yozuvchisi A.Obidjon kitoblari haqida davra suhbati o'tkazildi.

📚 Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar A.Obidjonning ko'plab qissa va hikoyalari bilan tanishib, "Dahshatli meshpolvon" doston-qissasini o'qib o'rgandilar.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍3
#kitobxonlik_tadbiri
#qishki_ta'til

Olmalq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli umumta'lim maktabi o'quvchisi, "Chambil" MFY Istiqlol ko‘chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi Igamberdiyev Sardor va uning oila a'zolari uchun yashash honadonida ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Ushbu oila a'zolariga hamda uyda ta'lim oluvchi o‘quvchining qishki ta'tilda kitob mutolaasiga e'tiborli bo‘lishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun qiziqarli kitoblar tavsiya qilindi. Jumladan "Jadid adabiyoti" namoyondalariga bag’ishlab chop etilgan adabiyotlardan namunalar taqdim etildi. Oila a’zolari ham maktab kutubxonasiga a'zo bo‘ldilar.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍2
#kitobxonlik_tadbiri
#qishki_ta'til

Olmalq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 14-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari, "M.Behbudiy" MFYdagi Sh.Rashidov ko‘chasi 16-uyda istiqomat qiluvchi Kamoliddinova Fotima va Abdurahmonov Behruzlar uchun yashash honadonida ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Ushbu oila a'zolariga hamda o‘quvchilarning qishki ta'tilda kitob mutolaasiga e'tiborli bo‘lishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun qiziqarli kitoblar hadya qilindi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍2
#kitobxonlik tanlovlari

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni intellektual salohiyatini va ma‘naviyatini yuksaltirish maqsadida 2025-yil 11-fevral kuni Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ijodkor bolalar ” ko‘rik tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shahar axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tanlovda o‘quvchilar belgilangan Nizomga asosan 2 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1⃣-o‘rin 10-sonli umumta‘lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Akbarova Odina;
2⃣-o‘rin 2-sonli umumta‘lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Zoyirxonova Ra'noxon;
3⃣-o‘rin 5-sonli umumta‘lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Iskandarov Dilmurod egalladi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍3🔥21
#kitobxonlik festivali

🏆Eng faol kitobxon o‘quvchi🏆

Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasaruffidagi 22-sonli umumta‘lim maktabida joriy yilning 25-fevral kuni "Kitobxonlik festivali" doirasida 8-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Eng faol kitobxon o‘quvchi" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📚Tanlovni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari belgilangan Nizomga ko‘ra olib bordilar. Tanlov 2 shartdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar shartlarga ko‘ra javob berdilar. Tanlov haqqoniy va shaffof tarzda o‘tkazildi.

🏆Tanlovda 10"V"-sinf o‘quvchisi Mamatqulova Gulsevar belgilangan shartlarga to‘liq javob berdi va shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

📌Ma'lumot o‘rnida: Ushbu ko‘rik-tanlovning shahar bosqichi joriy yil 26-fevral kuni shahar axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
1
#kitobxonlik ko‘rik-tanlovlari...

O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni intellektual salohiyatini va ma‘naviyatini yuksaltirish maqsadida 2025-yil 26-fevral kuni Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktablarining 6-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” ko‘rik tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shahar axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tanlovda o‘quvchilar belgilangan Nizomga asosan 2 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

⚡️Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1⃣-o‘rin 16-sonli umumta‘lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Xasanova Durdona;
2⃣-o‘rin 5-sonli umumta‘lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Iskandarov Dilmurod;
3⃣-o‘rin 23-sonli umumta‘lim maktabi 7-sinf o‘quvchisi Mamatkarimova Maftuna egalladi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍2
#kitobxonlik

Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 22-sonli umumta'lim maktabida o'quvchi-yoshlarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida joriy yil 4-mart kuni maktab kutubxonasiga "Kutubxona-nurxona" shiori ostida 1-"V" sinf o‘quvchilari maktab kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

📚Bilimga chanqoq o‘quvchilar kutubxona mudirasi N.Ergasheva tomonidan kutubxona fondi, kutubxona qoidalari bilan tanishtirildi. O‘quvchilar bilan kitoblar to'g'risida she'rlar aytildi, savol-javoblar o'tkazildi. Maktabning MMIBDO‘ M.Umarova o‘quvchilarga kitobxonlik yorqin kelajaklarining kafolati ekanligini o'z so‘zida ta'kidlab o'tdi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍2
#kitobxonlik...

Kitob–ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.

🗓Joriy yilning13-mart kuni Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 18-sonli umumta'lim maktabi kutubxonasida "Yosh kitobxon" toʻgaragi a'zolari ishtirokida "Mushoira kechasi" tashkil etildi. Oʻquvchilar tomonidan  shoirlarning eng sara sheʼrlarini yoddan aytib, soʻzlashuv va nutq madaniyati rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik tadbirlari...

"Kitobxonlik festivali" doirasida joriy yilning 2-22 aprel kunlari "Eng kitobxon maktab" ko'rik-tanlovining shahar,viloyat bosqichlari o'tkaziladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 17-aprel kuni Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktablari o‘rtasida ko'rik-tanlovning shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda jami 23 ta umumta'lim maktablarining kitobxon jamoalari ishtirok etdi.

📌Belgilangan Nizom asosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda quyidagicha natija qayd etildi.

1️⃣-o'rinni 10-sonli umumta'lim maktabi
2️⃣-o'rinni 16-sonli umumta'lim maktabi
3️⃣-o'rinni 21-sonli umumta'lim maktabi jamoalari egalladi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Telegram | instagram | Facebook
👍3
#Kitobxonlik

"O‘zbekiston kitobxonlar yurti" shiori ostida yurtimizning barcha hududlarida tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, bugun "Ilm – ko‘kka yetkazar" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 100 nafardan ortiq kitobsevar yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 19-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirokida she'riy chiqishlar, raqs namoyishlari taqdim etildi.

Ushbu tadbirdan maqsad – o‘quvchilarda milliy g‘urur, tarixiy merosga hurmat va adabiyotga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat.

🖊🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Telegram | instagram | Facebook
#kitobxonlik...

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda kitobxon yoshlarning ishtirokini kengaytirish hamda 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 22-may kuni Olmaliq shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari va maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 19-sonli maktab o'quvchilari ishtirokida "Tabiat qo'ynida mutolaa" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbati davomida ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi haqida malumotlar berildi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Telegram | instagram | Facebook
👍2
Forwarded from Olmaliq shahar hokimligi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#E’tirof
#kitobxonlik

KITOBXONLIK TANLOVI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

O‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab "Kitobxonlik festivali" o‘tkazib kelinmoqda.

Festivalning Toshkent viloyati bosqichida tanlov g‘oliblari taqdirlandi. Ular orasida Olmaliq shahri vakillari ham bor.

Eng kitobxon o‘quvchi” -
16-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Durdona Xasanova;

“Eng faol kutubxona mudiri” - 14-sonli umumta'lim maktabi kutubxona mudiri Dilnavoz Ergasheva;

“Eng kitobxon maktab” - 10-sonli umumta'lim maktabining kitobxon jamoasi;

“Eng kitobxon oila” - Alijonovlar oilasi (19-maktab)

Telegram I Vebsayt I Instagram I Facebook I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1