Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta'limi rasmiy kanali
2.88K subscribers
4.77K photos
453 videos
7 files
1.73K links
Kanal OLMALIQ SHAHAR MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO‘LIMI BOSHLIG'I X.M.TURG'UNBOYEV TASHABBUSI BILAN YARATILDI.
Download Telegram
#kitobxonlik tadbiri

📚Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 14-sonli maktabda "Kitobim-oftobim" deb nomlangan ma'naviy-marifiy tadbir bo'lib o'tdi.

📘📕Kitob-insonning eng yaxshi do‘sti va maslahatchisi, uning donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni qadrli, obro‘li, muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.

📚Tadbirda taniqli adiblarimizning badiiy va tarixiy asarlari, jahon adabiyoti durdonalari, eng ommabop kitoblar va barcha elektron kitoblar namoyish etildi.

📚O'quvchi-yoshlarga kitob mutolaasi, asarlar mazmun-mohiyatini anglash insonni komil, zukko, teran tafakkur sohibiga aylantirib bera olish har bir insonnig vazifazi va burchi hisoblanadi.

✏️Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
——————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
💯1
#kitobxonlik_tadbiri
#qishki_ta'til

Olmalq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 24-sonli umumta'lim maktabi o'quvchisi, "Chambil" MFY Istiqlol ko‘chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi Igamberdiyev Sardor va uning oila a'zolari uchun yashash honadonida ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Ushbu oila a'zolariga hamda uyda ta'lim oluvchi o‘quvchining qishki ta'tilda kitob mutolaasiga e'tiborli bo‘lishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun qiziqarli kitoblar tavsiya qilindi. Jumladan "Jadid adabiyoti" namoyondalariga bag’ishlab chop etilgan adabiyotlardan namunalar taqdim etildi. Oila a’zolari ham maktab kutubxonasiga a'zo bo‘ldilar.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍2
#kitobxonlik_tadbiri
#qishki_ta'til

Olmalq shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi 14-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari, "M.Behbudiy" MFYdagi Sh.Rashidov ko‘chasi 16-uyda istiqomat qiluvchi Kamoliddinova Fotima va Abdurahmonov Behruzlar uchun yashash honadonida ko’chma kutubxona tashkil etildi.

Ushbu oila a'zolariga hamda o‘quvchilarning qishki ta'tilda kitob mutolaasiga e'tiborli bo‘lishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazishi uchun qiziqarli kitoblar hadya qilindi.

🖊Olmaliq shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
—————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing https://t.iss.one/olmaliqmmtb
👍2