Оhangaron shahar hokimligi
3.62K subscribers
39.1K photos
2.51K videos
67 files
8.79K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Xotira_va_qadrlash_kuni

Bugun Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, Ohangaron shahar "Nuroniylar" jamg'armasi, shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi a'zolari, I.Karimov nomidagi TDTU-Olmaliq filiali, Mashinasozlik fakulteti, 99677-sonli Harbiy qism va shahar Madaniyat bo'limi bilan hamkorlikda universitet binosida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda nuroniy otaxonlarimiz talaba yoshlarga o'z hayotlaridagi mashaqqatli kunlari haqida so'zlab berdilar.

⚡️Tadbirda yoshlar tomonidan she'r, qo'shiq, sahna ko'rinishi va badiiy chiqishlar ijro etildi.

RMMM Ohangaron shahar boʻlinmasi.

@ohangaronshahar
#9_may
#Xotira_va_qadrlash


Xotira kuni munosabati bilan, "Bo‘ston" MFY raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi birgalikda mahallaning yoshi ulug‘i, 93 yoshni qarshi olgan Xadjimurotov Abduqodir ota hamda 91 yoshni qarshi olgan Xayrullayeva Pardabuvish ayalarning xonadonlariga borishib, bayram bilan muborakbod etib kelishdi.

📣 Abduqodir ota va Pardabuvish ayalar berilgan kichik e'tibordan juda ham xursand bo‘lishdi.


@ohangaronshahar
#9_may
#Xotira_va_qadrlash


Qutlug‘ sana  munosabati bilan, shahrimizdagi  2-sektor hududida joylashgan mahallalarning yoshlar yetakchilari   tomonidan hududdagi  yoshi ulug'  faxriy pedagog ustozlar holidan xabar olindi.

📣 Shuningdek, yoshlar yetakchilari mehnat faxriylari bilan suhbat o‘tkazishdi.

@ohangaronshahar
#xotira_va_qadrlash
#ehtirom

❇️Joriy yilning 8-may kuni Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, Ohangaron shahar "Nuroniylar" jamg'armasi, shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi a'zolari, I.Karimov nomidagi TDTU-Olmaliq filiali, Mashinasozlik fakulteti o'qituvchi va talabalari bilan birgalikda Ohangaron shahar "Yangiobod" mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi, 1927-yilda tug'ilgan Mirzayev Nuriddin ota xonadoniga borishdi.

Uchrashuv jarayonida Nuriddin ota urush yillaridagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi.

⚡️Suhbat so'ngida otaxonga mehmonlar tomonidan esdalik sovg'a taqdim etildi.

@ohangaronshahar