Оhangaron shahar hokimligi
3.65K subscribers
38.9K photos
2.5K videos
67 files
8.74K links
Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati

Мurojaat va takliflar uchun:
https://t.iss.one/hokimlikbot
Download Telegram
#Ehtirom

📌“Navbahor” MFYda Hayit ayyomi uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.

❇️Mahalla raisi Botirxon Munavvarovning tashkilotchiligi bilan hamkor va homiy tashkilotlar ko‘magi bilan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun hayitliklar ehson qilindi.

Shuningdek, “Shohsaroy” korxonasi homiyligida mahalla qariyalari uchun 80 nafar fuqarolarga hayitlik dasturxoni yozildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#shukuh
#ehtirom

Shahrimizdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi faol nuroniylar Toshkent shahriga sayohatga olib borildi.

Otaxonlar dastlab “Shodmalik ota” ziyoratgohida bo‘lishib, so‘ngra, poytaxtimizga yo‘l olishdi.

Yangi yil shukuhi kezib yurgan poytaxt ko‘chalarini nuroniylar hamrohlikda aylanishdi.

Shuningdek, Magic city shaharchasida ham bo‘lishdi


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#Ehtirom

Ohangaron "Saxovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyida buyuk bobokalonlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur va Alisher Navoiyning tavallud kuni munosabati bilan Olmaliq shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot texnikumi talabalari tomonidan badiiy kecha oʻtkazildi.

https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ehtirom

❇️Ohangaron "Saxovat" keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyida yashovchi vasiylikka olinganlar "Yangi Oʻzbekiston Bogʻi", "Amir Temur muzeyi" va "Ashxabod sayilgohiga" olib borildi.

U yerda otaxon va onaxonlar sayr qilib, maroqli dam olib qaytishdi.


https://t.iss.one/ohangaronshahar
#ehtirom

Xotira va ehtirom naqadar ulug‘ tushuncha. Shu bois 4-sektor hududidagi “Navbahor” MFYda Ikkinchi jahon  urushi  qatnashchisining turmush o‘rtog‘i 97 yoshli Xabilova Halima onani mahalla yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda tibbiyot xodimi yoʻqlab xonadoniga borishdi.


📌 Nuroniy onaxon urush vaqtlarida boshidan oʻtkazgan ogʻir kunlarini soʻzlab berdi.

⚡️ Onaxon masʼullarning eʼtiboridan mamnun ekanini yashirmadi.

@ohangaronshahar
#Xotira_va_qadr
#ehtirom

Qutlug‘ sana  munosabati bilan,  "Baxt" mahallasi raisi, hokim yordamchisi, yoshlar уetakchisi va mahalla  xotin-qizlar faoli  tomonidan mahallaning yoshi ulug‘i, mehnat faxriysi, 1937 yilda tug‘ilgan Konavalova Valentina Grigorevnaning holidan xabar olindi.


📌 Onaxon mas’ullar bilan uzoq suhbatlashdi, bugungi dorilamon kunlarga shukronalar aytdi.

@ohangaronshahar
#xotira
#ehtirom

Bugun shahrimizdagi “Saxovat” uyida  xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda vasiylikka olingan nuroniylar ishtirokidagi bayram paradi ham tashkil etildi.

Shuningdek,  shahar Prokuraturasining yordami va hamkorligida bayram dasturxoni yozilib, vasiylikka olinganlar uchun palov taomi pishirilib,  dasturxonga tortildi. Tadbir soʻngida vasiylikka olingan  keksa otaxon va onaxonlarga qutlugʻ kun munosabati bilan  masʼullarning esdalik sovgʻalari topshirildi.

@ohangaronshahar
#xotira_va_qadrlash
#ehtirom

❇️Joriy yilning 8-may kuni Ohangaron shahar hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Ohangaron shahar bo'linmasi, Ohangaron shahar "Nuroniylar" jamg'armasi, shahar "Ma'rifat" targ'ibotchilar guruhi a'zolari, I.Karimov nomidagi TDTU-Olmaliq filiali, Mashinasozlik fakulteti o'qituvchi va talabalari bilan birgalikda Ohangaron shahar "Yangiobod" mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi, 1927-yilda tug'ilgan Mirzayev Nuriddin ota xonadoniga borishdi.

Uchrashuv jarayonida Nuriddin ota urush yillaridagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berdi, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi.

⚡️Suhbat so'ngida otaxonga mehmonlar tomonidan esdalik sovg'a taqdim etildi.

@ohangaronshahar
#ehtirom

Kuni kecha "9 may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Majnuntol" majmuasida Taʼlim va fan xodimlarni Kasaba uyushmasi Ohangaron shahar Kengashi boʻlinmasi tomonidan shahrimiz taʼlim fidoyilari, faxriy ustozlar uchun "Faxriylarimiz  eʼzozda" nomli bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda bir guruh nafaqadagi ustozlar ishtirok etishdi. Tadbirga Ohangaron shahar hokimi - A.Eshonqulov, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi - Sh.Ismatova, Ohangaron shahar maktabgacha va maktab talimi boʻlimi mudiri A.Xamrayevlar ham ishtirok etib tadbir qatnashchilarini taʼlim sohasidagi mehnatlari va xizmatlarini eʼtirof etib ularga oʻz samimiy tabriklarini bildirishdi.

🎗Tadbir ishtirokchilari shahar hokimligi va Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ohangaron boʻlinmasi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

@ohangaronshahar
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
#ehtirom

Bugun Chirchiq shahrida Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Dunyoni maʼnaviy tanazzuldan qutqara oladigan mutafakkir” mavzusida  tadbir o‘tkazildi.
Tadbir  avvalida ulug‘ shoir siymosi poyiga gullar qo‘yildi.
Tadbir Chirchiq Davlat pedagogika universitetida davom etib, uni shahar hokim D.Xidoyatov ochib berdi.
Tadbirda universitet rektori G.Muxamedov, O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo’limi rahbari S. Fayziyeva, Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi R.Sheraliyevlar shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, asarlarida ulug‘langan ezgu g‘oyalar xalqimiz, yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.
Tadbirda viloyat maqom ansambli xonandalari hamda universiitetning iqtidorli talabalari tomonidan Navoiy va Bobur ijodiga mansub g‘azallar va kuylar ijro etildi.


https://t.iss.one/AOKBToshvil