O'zMU | Rasmiy kanal
11.9K subscribers
17.8K photos
1.85K videos
114 files
6.17K links
O'zbekiston Milliy universitetining rasmiy Telegram kanali

Rasmiy sayt: nuu.uz

📲facebook.com/nationaluniversityuzbekistan
📲instagram.com/nuu.uz
📲youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tum., Universitet k., 4-uy.
Download Telegram
❗️#DIQQAT
📢#TANLOV

🔰Hurmatli talabalar!

🎭 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi oliy ta’lim muassasalarida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovini e'lon qiladi.

O'zbekiston Milliy universiteti
“Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining universitet bosqichi(fakultetlararo)ga start berdi.

Hurmatli talabalar! Endi siz tanlovda o'z fakultetingiz nomidan jamoaviy ishtirok etishingiz mumkin.

Fakultet jamoalari O'zMU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi U.H.To'xtayev (universitet bosh binosi 322-xona) ga murojaat qilishingiz mumkin.

Ro'yxatga o'tish: 31-mart soat 17:00 ga qadar
#DIQQAT
#TANLOV

O'zbekiston Milliy universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi hamda universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang`ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlarning qishki ta'tilni maroqli tashkil etish maqsadida onlayn tanlovlar e'lon qiladi.

⚡️Tanlovlar bilan tanishing👇👇👇

📝"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" mavzusida insholar tanlovi

🎨Barchamiz Vatan ravnaqiga dahldormiz” shiori ostida rasmlar tanlovi

🕺💃Iqtidoringni namoyon qil” erkin ijodiy tanlovini

🎭Aktyor shou” ijodiy tanlovi

📸Yurtimda qish tarovati” eng chiroyli foto va videoroliklar tanlovi

🤩Tanlov g'oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o'rin: 1000 000
so'm pul mukofoti va diplom;
2-o'rin: 700 000 so'm pul mukofoti va diplom;
3-o'rin: 500 000 so'm pul mukofoti va diplom.

OʻzMUning rasmiy sahifalari:
web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#Eʼlon
#Tanlov

⚡️Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha “Eng yaxshi darslik” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

Tanlov o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish

Tanlovda yuqorida keltirilgan fanlar bo‘yicha tayyorlangan darsliklar talab etilgan hujjatlar birgalikda yig‘ma jildli papkada joriy yilning 10-avgust kuniga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markaziga taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍8
#Tanlov
#Fidoyi_ustoz

🔹 Mamlakatimizda ustoz-pedagoglarning obro‘-e’tiborini yanada oshirish, ularning mehnatini munosib taqdirlashga hissa qo‘shish maqsadida “Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan “Eng fidoiy ustoz – II” tanlovi e’lon qilinadi.

🔸 Tanlov g‘oliblari Uzbekistan GTL zavodida malaka oshirishlari, ilmiy ish va izlanishlar olib borishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, 30 milliondan 70 milliongacha bo’lgan pul mukofotlari va UzGTL logotipi tushirilgan noutbuklar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Shu 👉 havola 👈 orqali so‘rovnomada ishtirok eting.

Tanlovda ishtirok etish shartlari batafsil 👉 shu yerda

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍51
#Eng_yaxshi_darslik
#Tanlov_natijalari

O’zMU professor-o’qituvchilari “Eng yaxshi darslik” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

🔹 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi darslik” tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi.

🔸 E’lon qilingan 25 ta fanning 15 tasi bo‘yicha tanlovga kelib tushgan 45 nomdagi darsliklar tegishli ekspertlar tomonidan belgilangan mezonlari asosida adolatli, xolis va shaffof tarzda baholanib, 13 nafar tanlov g‘olibi aniqlandi.

🔹 Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari R.H.Murtazayeva, D.M.Inoyatova, A.A.Odilov, M.M.Xaydarov, A.A.Ermatov, K.D.Saipova O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bo‘yicha tanlov g'olibi, Biologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Sh.S.Tashmuxamedova, Z.A.Kadirova esa Biotexnologiya fani bo‘yicha tanlov g‘olibi deb topildi.

O'zMUning rasmiy sahifalari:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍92
#islohotlar_bilimdoni
#tanlov_natijalari

O‘zbekiston Milliy universiteti pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Tanishing 👉 tanlov g'oliblari

Biz bilan bo'ling:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
Natijalar (IMT).pdf
814.4 KB
#Tanlov_natijalari

📘 "Yangi Konstitutsiya — taraqqiyot qomusi" mavzusida o'tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovining universitet bosqichi natijalari e'lon qilindi.

📚 Tanlov nominatsiyalari:
📝 "Eng yaxshi maqola"
📝 "Eng yaxshi xulosa va takliflar berilgan maqola"
📝 "Eng yaxshi mavzu yoritilgan va ilmiy asoslantirilgan maqola"


✔️ Tanlov natijalariga ko'ra yuqori ball olgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan, faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

👉 Batafsil

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍13
#Tanlov_natijalari

Viloyatlar milliy qadriyatlari va urf-odatlari namoyishiga bag‘ishlangan “Talabalar bahori” tanlovi natijalari aniqlandi


Xabaringiz bor, kuni kecha O‘zbekiston Milliy universitetida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida “Talabalar bahori – 2024” an’anaviy festivali o‘tkazildi.

Festivalda barcha fakultetlar tomonidan talabalar turar joylari kesimida respublikamiz viloyatlarining urf-odatlari, milliy qadriyat va an’analari namoyish etildi.

Hakamlar hay’ati a’zolarining baholari umumiy natijasiga ko‘ra mazkur tanlovda 6 ta jamoa g‘olib deb topilib, sovrindor bo‘ldi:

1-o‘rin: Bilologiya va Kimyo (18-sonli TTJ) — Xorazm viloyati;

2-o‘rin: Matematika va Geografiya (14-sonli TTJ) — Qashqadaryo viloyati;
2-o‘rin: Ijtimoiy fanlar (5-sonli TTJ) — Surxondaryo viloyati;

3-o‘rin: Iqtisodiyot va Geologiya (3-sonli TTJ) — Samarqand viloyati;
3-o‘rin: Taekvondo hamda Amaliy matematika (12-sonli TTJ) — Andijon viloyati;
3-o‘rin: Fizika va Gidrometreologiya (2-sonli TTJ) — Buxoro viloyati.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanadi (1-o‘rin – 10 million so‘m, 2-o‘rin – 7 million so‘m, 3-o‘rin – 5 million so‘m).

👉 Batafsil

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36👏52🎉2🔥1
#Tanlov_taqdirlash

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida
tanlov o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug‘ullanayotgan yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyat yaratish, talabalarning nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish maqsadida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Mazkur tanlov huquqiy madaniyat, intellektual salohiyat, bilim-ko‘nikmalarni oshirish, vatanparvarlik hissini shakllantirishga qaratilgan 10 ta yo‘nalishlar kesimida olib borildi.

Ahamiyatli jihati, taqdirlash marosimida talabalarning ota-onalari ham oflayn va onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
#Tanlov

🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.

🗄 Tanlov ishtirokchilari o‘zaro 3 ta: “Bilimdon kitobxon”, “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” shartlari bo‘yicha bellashishdi.

🗄 Tanlov g‘olib va sovrindorlari universitet tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin 👉 Muslima Saidova, Xorijiy filologiya fakulteti "Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili" yo‘nalishi 1-kurs talabasi;
2 o‘rin 👉 Nafisa Abdurahmonova, O‘zbek filologiyasi fakulteti "Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili" yo‘nalishi 3-kurs talabasi;
3 o‘rin 👉 Sirojiddin Choriyev, Ijtimoiy fanlar fakulteti "Psixologiya" yo‘nalishi 1-kurs magistranti.

Ma’lumot o‘rnida, tanlov 4 bosqichda fakultetlararo (guruh), oliy ta’lim muassasasi, hududiy saralash, yakuniy respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.


Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19
#tanlov #Prezident_nomli_stipendiya

2024/2025-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovining respublika bosqichi boshlandi

28-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli stipendiyalar tanlovining yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirilgan ekspertlariga tanlov nizomi hamda talabgorlarning ilmiy ishlarini ko‘rib chiqish mezonlari bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi.

So‘ng O‘zbekiston Milliy universitetida ekspertlar tomonidan Prezident davlat stipendiyalariga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqildi hamda natijasi stipendiya.edu.uz tizimida shakllantirildi.

Eslatma: talabgorlar ekspertlar tomonidan qo‘yilgan baholar bilan elektron tizimdagi shaxsiy kabinetlari orqali tanishishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍31
#Tanlov

🇺🇿 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi hamda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Ijtimoiy fanlar fakultetida "Huquqiy fanlar" kafedrasi "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi 3-bosqich talabalari tashabbusi bilan "Huquqiy bilimlar" tanlovi o'tkazildi.

‼️ Tanlovda mazkur guruhning 5 ta jamoasi 3 ta shart bo'yicha bellashdi:
1-o'rin: "Gladio" jamoasi
2-o'rin: "32" jamoasi
3-o'rin: "Lider" jamoasi
4-o'rin: "Remontada" jamoasi
5-o'rin: "Paradoks" jamoasi


🗣 G'oliblar diplom, esdalik sovg'alari va pul mukofoti (1-o'rin — 900 000 so‘m, 2-o'rin — 600 000 so‘m, 3-orin — 300 000 so‘m) bilan taqdirlandilar.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🎉6👏53
#Tanlov

O‘zbekiston Milliy universitetida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovi o‘tkazildi.


Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ulligida tashkil etilgan mazkur tanlov natijalari quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin 👉 Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Nozima Murodullayeva;

2-o‘rin 👉 Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Aziza Yo‘ldosheva;

3-o‘rin 👉 Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Ruxshona Karvonova.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube Talabalar kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥3🎉2🤩2🙏1
#Tanlov

Ijtimoiy fanlar fakultetida “Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi


🇺🇿 Tanlovni Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ish bo‘yicha dekan muovini A.Jaysanov, “Huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri v.v.b. Sh.Saidov, professor A.Utamuradov va falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent J.Yusubovlar baholab bordi.

🎓 Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan tuzilgan “Test”, “Mantiqiy savollarga javoblar”, “Krossvord”, “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” viktorinasi va “Taqdimot” shartlaridan iborat bo‘lib, unda 5 nafar a’zodan iboran 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Tanlov yakunida jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin: “Taraqqiyot” jamoasi;
2-o‘rin: “Yangi O‘zbekiston” jamoasi;
3-o‘rin: “Ziyokor” jamoasi;
4-o‘rin: “Sharq ma’rifati” jamoasi;
5-o‘rin: “Bilimdon” jamoasi.


Batafsil 👉 nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov

🎓 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan konseptual g‘oyalar va Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini to‘laroq o‘zlashtirib olish maqsadida Ijtimoiy fanlar fakultetida “Prezident asarlari bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
#Behbudiy_saboqlari #Tanlov

O'zMUda o'tkazilgan "Mahmudxo'ja Behbudiy saboqlari" mavzusidagi insholar tanlovi g'oliblari aniqlandi

🎓O'zbekiston Milliy universitetida talaba yoshlarning jadid adabiyotiga qiziqishini oshirish maqsadida "Mahmudxo'ja Behbudiy saboqlari" mavzusida insholar tanlovi bo'lib o'tdi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan o'tkazilgan ushbu tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan saralab olingan iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

📰 Tanlovning shaffofligini ta'minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universitetidan taklif etilgan hay'at a'zolari talabalarning insholarini baholadilar. Tanlov nizomi bilan tanishtirilgan ishtirokchilarga insholarini yozish uchun bir yarim soat vaqt ajratildi.

Tanlov natijalari:


1-o'rin: Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi Sarvar Ametov;
2-o'rin: Tarix fakulteti talabasi 2-kurs Orzubek O'ralov:
3-o'rin: Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti 4-kurs talabasi Kibriyona Sobirova.

G'oliblar va faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍2
#Tanlov

“Men giyohvandlikka qarshiman!”


🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Men giyohvandlikka qarshiman!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

🖌 Adabiyot yo‘nalishi — (o‘zbek tilida) yozilgan she’r, hikoya, esse, dramatik asar va insho
1-o‘rin 👉 Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Mirjalol Nurmamatov

🎨 Tasviriy san’at yo‘nalishi — plakatlar, rasmlar, grafik ishlanmalar, akvarel va boshqa tasviriy san’at turlari
1-o‘rin 👉 Xorijiy filologiya fakulteti 2-kurs talabasi Bobirbek Shomatov

⭐️ Amaliy san’at yo‘nalishi – naqqoshlik, o‘ymakorlik, qo‘lda ishlangan buyumlar va boshqa amaliy san’at turlari
1-o‘rin 👉 Fizika fakulteti 1-kurs talabasi Nodirbek Sodiqov

📷 Foto yo‘nalishi – fotohikoyalar
1-o‘rin 👉 Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Davlatbek Xaybullayev

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1🎉1
#Eʼlon #Tanlov #Dolzarb90kun

Yoz mavsumida yosh innovatorlarni kashf qilamiz!

Ilmiy-texnik axborot markazining “INNOVATOR” jurnali #Dolzarb90kun doirasida “Raqamli texnologiyalar yoshlar nigohida” tanlovini e’lon qildi.

❗️Tanlov shartlari juda oddiy:
🟢Atrof-muhit uchun foydali ixtirolarni o‘ylab topib, ularni qog‘ozga tushirish lozim.
🟢O‘z ishlanmalariga ega qatnashchilar ham tanlov shartiga muvofiq, ixtirolarining foydali jihatlari aks etgan videorolik (surat)larni ilova qilishlari mumkin.
🟢Videorolik (surat) talablari: Ishtirokchining to‘liq ism-sharifi, yoshi va manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

📩 Videorolik (surat)larni 2025-yil 15-avgustga qadar “INNOVATOR” jurnalining @innovator_jurnali adminiga yuborishingiz kerak bo‘ladi.

G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida “INNOVATOR” jurnalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

🏆 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari qimmatbaho sovg‘alar va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Tanlov #IjtimoiyTaraqqiyot

📣 Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari "Ijtimoiy taraqqiyot uchun" tadqiqot ishlari tanlovi g‘olibi bo’ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida ilk bor tashkil etilgan “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi nihoyasiga yetdi.

🇺🇿 Tanlovda mamlakat bo‘ylab 27 nafar bitiruvchi talaba o‘z bitiruv malakaviy ishi va dissertatsiyalari bilan ishtirok etdi. Ular orasidan eng dolzarb, chuqur tadqiq qilingan va amaliy takliflarga boy 10 ta ish saralab olindi. Tanlovning yakuniy – taqdimot bosqichida 10 nafar talaba o‘z tadqiqot ishlarini hakamlari hay’ati oldida taqdim qilishdi.

Taqdimot bosqichidan so‘ng, 10 nafar ishtirokchilar orasidan quyidagi talabalar g‘olib deb topildi. Quvonarlisi, ularning ichida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti talabalari ham bor:

🥇 1-o‘rin: Kuvatova Gulbonu — O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” yo’nalishi magistranti
🥈 2-o‘rin: Butayeva Tamara — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
🥉 3-o‘rin: Gumerova Sabina — O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” yo’nalishi 3-kurs talabasi

🤝 Shuningdek, Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” yo’nalishi 3-kurs talabalari Obidjonov Javohir va Azimova Komilaxonning tadqiqot ishlari alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.

👑 G‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz va ilm yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1